|
III BOB.
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARIBog'liq 8-informatikaIII BOB.
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
3
4
1
2
Web-sayt menyularini shakllantirish
1. Sayt menyulari
Appearanse
tarkibidagi
Menus
bo‘limi yordamida yaratiladi
(1)
. Sayt sahifalariga
o‘tish menyu yordamida amalga oshiriladi. Menyular bir-biridan farq qilishi mumkin, shu sababli ular
nomlari bilan ajratiladi. Masalan, yuqori menyu, chap menyu kabi.
2.
Edit menus
(2)
bo‘limi yordamida yangi menyu yaratish [
Create a new menu
(4)
] hamda menyu
tuzilmasini shakllantirish va menyu uchun elementlar qo‘shish mumkin.
3. Menyu elementlari sifatida sahifalar [
Pages
(5)
], xabarlar [
Posts
(6)
], turli sayt manzillari [
Custom
Links
(7)
] va boshqa elementlarni qo‘shish mumkin. Buning uchun tegishli element tanlanadi
(8)
va
Add to menu
tugmachasi bosiladi
(9)
.
4. Menyu tuzilmasini shakllantirishda, eng avvalo,
Mеnu Name
orqali menyuga nom beriladi
(10)
,
so‘ngra qo‘shilgan elementlar nomi tahrir qilinadi
(11)
va ortiqchasi
Remove
yordamida o‘chiriladi
(12)
.
5. Menyu tuzilmasi shakllantirilganidan keyin, u
Save menu
orqali saqlanadi
(13)
.
6. Saytning menyulari sahifaning yuqori, chap, o‘ng va quyi qismlarida joylashadi.
Manage
Locations
yordamida yaratilgan menyularni mos qismlarga (yuqori, o‘ng, chap va quyi bloklarga)
biriktirish mumkin
(3)
.
Web-saytni kontentlar bilan to‘ldirish
1. Muloqot oynasi yordamida sarlavha nomi va tarkibi sifatida
matn, rasm, audio va videolar kiritiladi. Matn muharriridagi
matndan nusxa olib, uni web-muharrirga ham kiritish mumkin
(1)
.
2. Kontent sifatida matn, tasvir, audio, video, ro‘yxat, jadval, iqtibos
va boshqa turdagi har xil bloklarni kiritish mumkin
(2)
.
3. Yangi kiritilgan sahifaning xususiyatlarini sozlash uchun o‘ng
blokdagi
Featured image
–
set featured image
orqali tasvirlar
kiritish,
Discussion – Allow comments
orqali izohlar qoldirishga
ruxsat berish hamda
Page Attributes
–
Рarent page
orqali obyekt
qaysi sahifaga tegishli ekanligini ko‘rsatish, parol qo‘yish hamda ularni qoralama sifatida saqlash,
tartibini ko‘rsatish va hokazo amallarni bajarish mumkin. Masalan,
kitoblar do‘konida mahsulot
sifatida badiiy, ilmiy va boshqa janrdagi kitoblar bor. Demak, saytning Badiiy kitoblar sahifasi
Mahsulotlar sahifasiga tegishli bo‘ladi
(3)
.
Sahifaning tarkibi kiritilib, xususiyatlari sozlangandan keyin
Publish
yoki
Update
tugmachasi bosiladi
(4)
.
|
| |