69
23-
dars
. LMS ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH.
MOODLE PLATFORMASI
23
-dars
.
LMS ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH.
MOODLE PLATFORMASI
So‘nggi yillarda o‘quvchilarda
mustaqil bilim olishga, maktab
dasturiga qo‘shimcha sifatida turli dasturlarni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda
o‘quvchilar tomonidan ularning qiziqishlari doirasida
videodarslarning qo‘yilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Hozirda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi yoshlarga
internet orqali o‘z qiziqishlari doirasida ta’lim olish
imkonini
bermoqda. Buning uchun ulardan rus va ingliz tillarini
suhbatlashish darajasida bilish, shuningdek, zamonaviy
internet
texnologiyalaridan xabardorlik, xususan, SMM,
LMS, CMS, MOOC kabi platformalarda ishlash bilim va
ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi.
BUNI BILASIZMI?
LMS platformalarida ro‘yxatdan o‘tish qanday bajariladi?
LMS platformalarida nazorat topshiriqlarini bajarish mumkinmi?
LMS platformalarida o‘qituvchi yoki do‘stlar bilan muloqot olib borish mumkinmi?
DIQQAT
Moodle platformasi haqida tushuncha
Moodle
— o‘quv materiallarini turli usullarda uzatish (15 turdagi interfaol vosita), bilimlarni
tekshirish va o‘zlashtirish monitoringini yuritish uchun mo‘ljallangan platforma. Moodle
platformasida o‘quvchilar mustaqil va erkin ravishda istagan bilimini olish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi bevosita uning
intellektual salohiyatiga
bog‘liq bo‘lganligi bois, ular tomonidan ko‘rgazmalilikning keng imkoniyatlaridan foydalanish
egallanayotgan bilim mohiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda,
bu tizim o‘zining ochiq kodliligi bilan har qanday dasturchiga istalgan ta’lim loyihasini o‘z
ehtiyojlariga “moslash” hamda unga yangi xizmat turlarini qo‘shish imkonini beradi. Bu
bepul tarqatiladigan platforma o‘zining
funksional imkoniyatlari, o‘rganish uchun oddiyligi va
foydalanishda qulayligi bilan foydalanuvchilarning har qanday talabini qanoatlantira oladi.
Quyida Moodle platformasining DEMO versiyasi bilan ishlashini ko‘rib chiqamiz.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
DEMO versiya
—
platformaning belgilangan
vaqt davomida ishlashi
mumkin bo‘lgan nusxasi.
Ochiq kodli dasturiy
ta’minot
—
dasturning kodi
ochiqligi sababli tegishli
o‘zgartirishlar kiritish
imkoniyati mavjud bo‘lgan
dasturiy ta’minot.