50
III BOB.
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
1. OpenServer qanday dasturiy ta’minot?
2. OpenServer rasmiy saytining manzili qanday?
3. WordPress.com bilan WordPress.orgning farqli jihatlarini ayting.
4. Ma’lumotlar bazasi qaysi tizim yordamida yaratiladi?
5. Domen nima?
6. WordPress.comdan nima maqsadda foydalaniladi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
15
-dars
. AMALIY ISH.
1. OpenServer rasmiy sayti https://ospanel.io/
orqali kompyuter operatsion
tizimiga mos o‘rnatgichni yuklab oling va o‘rnating.
2. OpenServer lokal web-server dasturi bilan tanishib chiqing.
3. OpenServer lokal web-serverining menyusi orqali
Run server
tugmachasi yordamida
serverni yuklang,
Restart server
orqali
qayta yuklang,
Stop server
orqali server ishini
to‘xtating.
4. Maqsadga yo‘naltirilgan sayt uchun, sayt mavzusidan
kelib chiqqan holda, ma’lumotlar
bazasini yarating. Masalan, sport sayti bo‘lsa, db_sport yoki sport.
5. WordPress rasmiy saytidan platformaning oxirgi versiyasini
OpenServer lokal web-
serverining loyihalar papkasiga (Папка с проектами) yuklab oling. D:\openserver\
domains
6. Maqsadga yo‘naltirilgan sayt uchun domenning nomini tanlang va uni lokal web-server
ro‘yxatiga qo‘shing. Masalan, sport, sport.uz va b.
7. Brauzer yordamida domen nomiga kiring, WordPress platformasini o‘rnating va saytning
boshlang‘ich ma’lumotlarini kiriting.
AMALIY TOPSHIRIQ
WORDPRESSDA MAQSADGA YО‘NALTIRILGAN
WEB-SAYT YARATISH
51
16-
dars
. WEB SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH
16
-dars
. WEB-SAYT DIZAYNI BILAN ISHLASH
Odamlar dunyoqarashi hamda zamonaviy texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojlanishi
murakkab dizayn va tarkibga ega saytlarni yaratishda CMSdan foydalanish
zaruratini keltirib
chiqarmoqda. Sahifalari o‘zgarmas saytlardan muntazam yangilanib turuvchi saytlarga o‘tish
jarayoni kechmoqdaki, bunday jarayon ko‘plab biznes loyihalarning muvaffaqiyat kaliti rolini
o‘ynamoqda.
CMS platformalarining ishlash prinsipi ikki bosqich, ya’ni sayt
dizayni va uning tarkibi bilan ishlashdan iborat. Foydalanuvchi,
eng avvalo, sahifani bezash uchun sayt mavzusiga mos
tayyor shablonlardan birini tanlab oladi. Keyingi
bosqichda
esa saytni ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Ma’lumki, bu ishlarning
barchasi muharrir (administrator) bo‘limida bajariladi.
BUNI BILASIZMI?
Sayt dizayni qanday bo‘lishi lozim?
Sayt dizaynini sozlashda tayyor shablondan foydalansa
bo‘ladimi?
Sayt uchun menyular qanday shakllantiriladi?
DIQQAT
Web-saytning dizayni loyihaning mazmuniga mos, o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lishi,
loyihaning
asosiy mazmunini ifodalashi, tashrif buyuruvchilarning web-resurslar bilan oson
va erkin muloqot o‘rnatishini ta’minlashi, tasviri esa sayt mazmunini to‘liq va yorqin aks
ettirishi hamda loyiha dizaynida, mavzudan kelib chiqqan holda, foydalanuvchilarning yoshi
va psixologik holati nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Sayt dizayni
— saytni
yaratish va sozlashda
qo‘llaniladigan grafik
element, shrift
va ranglar
kombinatsiyasi.
Vidgets (vijet)
— saytning
turli qismlarida joylashgan
axborotli yoki funksional
blok. Mazkur blok banner,
qidiruv bo‘limlari, blog va
xabarlar hamda
sahifalarga
o‘tish murojaatlari kabilardan
iborat.
Web-sayt dizayni bilan ishlash
1. OpenServerni ishga tushiring
(Start server)
.
2. Brauzer manzil qatoriga
kitoblar/wp-admin
yoziladi hamda login va parol yordamida muharrir
bo‘limiga kiriladi.
3. Sayt mavzusiga mos shablonni tanlash uchun
Appearance
bo‘limidan
Themes
tanlanadi
(1)
.
4. Shablonni o‘rnatish uchun
Add New
tugmachasini bosib
(2)
,
Popular (mashhur), Latest (yangi),