|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika14-
dars
. CMSDA MAQSADGA YO‘NALTIRILGAN
WEB-SAYTLARNI YARATISH
14
-dars
. CMSDA MAQSADGA YО‘NALTIRILGAN
WEB
-
SAYTLARNI YARATISH
WordPress Web-sayt yaratish uchun eng mashhur CMS platformalardan biridir. WordPress
yordamida turli murakkablikdagi tashrif saytlari, shaxsiy bloglar, xizmat ko‘rsatish saytlari, ko‘p
sahifali internet do‘konlari, biznes loyihalar uchun saytlarni yaratish mumkin. Eng mashhur
CMS imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rganib olganingizdan keyin, nafaqat o‘zingiz uchun,
balki buyurtma asosida ham sayt yaratishingiz va mavjud loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali
daromad topishingiz mumkin. E’tibor bering, WordPress platformasida faoliyat yuritadigan
mutaxassislarga bugungi kunda mehnat bozorida talab katta!
BUNI BILASIZMI?
CMS platformalar qanday o‘rnatiladi?
CMS platformalarni o‘rnatish uchun kompyuterlarga
qanday texnik talab qo‘yiladi?
DIQQAT
CMS platformalar keng funksional xususiyatlarga ega bo‘lib, ular konstruktor kabi bloklardan
maqsadga yo‘naltirilgan saytlarni yaratishda yordam beradi. CMSni shartli ravishda quyidagi
qismlarga ajratish mumkin:
sayt tarkibi, foydalanuvchilar va boshqa muhim obyektlar haqida ma’lumotlar joylashgan
ma’lumotlar bazasi;
sahifalarni tez va oson yaratishda yordam beradigan vizual muharrir;
turli mavzulardagi dizayn va tuzilmalarga ega shablonlar;
saytga qo‘shimcha funksiyalarni qo‘shish imkonini beruvchi modul va plaginlar.
Maqsadga yo‘naltirilgan sayt yaratish uchun CMS platformalaridan biri — WordPress
platformasini qanday o‘rnatish kerakligini ko‘rib chiqamiz.
WordPress platformasini o‘rnatish va undan foydalanishni uch xil usul bilan amalga oshirish
mumkin.
Birinchi usul:
Wordpress platformasida sayt yaratishni endi boshlayotgan foydalanuvchilar uchun
bepul xosting taklif etilgan bo‘lib, bunda WordPress.com orqali ro‘yxatdan o‘tish va sayt yaratish
mumkin.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Local web-server
—
mijozdan kelayotgan
so‘rovlarni qabul
qilib olib, ularga mos
javoblarni jo‘natadigan
dastur.
|
| |