12-
dars
. CMS PLATFORMALARI BILAN TANISHISH
CMS platformalar vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
—
yuqori ixtisoslashgan.
Bu tizimlar alohida imkoniyatlarga ega bo‘lib, maxsus belgilangan
vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan platformalar (masalan, internet do‘konlarini tashkil etish:
bepul —
OpenCart, Magento
va b., tijorat maqsadida tarqatiladigan, ya’ni pullik —
BigCommerce,
Shop-Script
va b.);
—
universal
. Turli vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan platformalar (masalan,
WordPress,
Joomla, Typo3
).
WORDPRESS PLATFORMASI
WordPress
(https://wordpress.org/) dastlab bloglar yaratishga
mo‘ljallangan dunyoga mashhur platforma bo‘lib, hozir uning
imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Platformadan foydalanish
juda oson, ixtiyoriy saytni plaginlar va tayyor shablonlar
(minglab turlari mavjud) asosida xohlagan ko‘rinishda
sozlash mumkin. Platforma tarkibini boshqaruvchi muharrir
qismi yordamida sayt tuzilmasini yaratish va tahrirlash,
foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
42
III BOB.
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
Joomla
(https://www.joomla.org/) — o‘ta sodda, maxsus bilim talab qilmaydigan, sayt yaratishni
boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bepul tizim turi. Joomla matnli kontentga asoslanmagan
web-sayt yaratish uchun mo‘ljallangan, “maxsus xabar turlarini”, ya’ni ma’lum vaqt ochiq turishi
lozim bo‘lgan xabar turlarini boshqarish imkonini beruvchi platforma. Shuningdek, platforma
foydalanuvchilarga boshqarish uchun juda ko‘p funksiyalarni taklif etadi. Platforma tarkibida ko‘p
tilli qo‘llab-quvvatlash imkoniyati mavjud bo‘lib, sayt tillarini qo‘shish uchun plaginlar o‘rnatish
(WordPress kabi) shart emas. Platforma bir vaqtning o‘zida turli kontentlar uchun bir necha
shablon yoki mavzulardan foydalanish imkonini beradi.
JOOMLA PLATFORMASI
DRUPAL PLATFORMASI
Drupal
(https://www.drupal.org/) — to‘liq sayt yaratish uchun
o‘zida barcha elementlarni qamrab olgan, ko‘pfunksional,
nisbatan sekin ishlovchi platforma. Drupal ham Joomla
kabi “maxsus xabar turlari” bilan ishlashga moslashuvchan
platforma. Platforma foydalanuvchilarni hamda ko‘p tilli saytlarni
boshqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, mazkur platforma
WordPress va Joomlaga nisbatan xavfsizroq platforma
hisoblanadi.
|