|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika11-
dars
. CMS (CONTENT MANAGEMENT SYSTEMS —
KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
11
-dars.
CMS (CONTENT MANAGEMENT SYSTEMS —
KONTENTNING BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
So‘nggi yillarda internet omma hayotiga shunchalik jadal ta’sir
ko‘rsatmoqdaki, bu bilan u nafaqat inson hayotining muhim
qismiga aylanmoqda, balki biznes loyihalarning rivojlanishida
hal qiluvchi omil vazifasini ham o‘tamoqda. Internet tarmog‘i
kompaniyalarga o‘z biznesini yuritish va rivojlantirishda katta
yordam berish bilan bu jarayonlarda asosiy rol o‘ynamoqda,
shuningdek, u barcha uchun tengi yo‘q aloqa vositasi hamdir.
Internet virtual axborot makoni bo‘lib, bu makon millionlab web-
saytlardan iborat.
Siz ham o‘z saytingizni yaratib, ushbu makonning bir qismiga
aylanishingiz mumkin. Buning uchun professional yoki tajribali
dasturchi bo‘lishingiz yoki g‘oyangizni amalga oshirish uchun
dizayner, dasturchi mutaxassislar jamoasini yollashingiz shart
emas, balki oddiygina CMSdan foydalanish ko‘nikmalariga ega
bo‘lsangiz kifoya.
BUNI BILASIZMI?
CMS deganda nimani tushunasiz?
Sizningcha, CMS nima uchun kerak?
CMS qanday imkoniyatlarga ega?
CMS platformalarini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Xaker
— maxfiy
axborotlarni ruxsatsiz
olish va ularni virus bilan
zararlash maqsadida
yopiq axborot tizimlari,
ma’lumotlar banki
kabi tarmoqlar himoya
tizimini buzib kiradigan
kompyuter dasturchisi.
Template (shablon)
—
mazmuni (matn, rasm,
multimedia va b.)
sayt tizimi mexanizmi
tomonidan to‘ldiriladigan,
o‘ziga xos dizayn va
tuzilmaga ega HTML
teglar to‘plamidan iborat
sahifa.
CMS (content management system
—
kontentni boshqaruv tizimi)
— tayyor shablonli
tuzilmalar, ma’lumotlarni kiritish va dizayn ishlariga mo‘ljallangan funksiyalar to‘plamidan
iborat platforma. Shuningdek, CMS matnli va multimediali sahifalardan iborat saytlarni qulay
va oson yaratish hamda o‘zgartirish (qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish) imkonini beradigan
boshqaruv tizimidir.
CMS saytda yangi sahifalar yaratish, mahsulotlar katalogini o‘zgartirish, buyurtma berish
kabi jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham beradi.
DIQQAT
|
| |