32
II BOB.
SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH
1.
Facebook
tarmog‘ida tadqiqot loyihangiz uchun sahifa oching. Loyiha
sahifasiga
nom bering, uning toifasini ko‘rsating va boshqa ma’lumotlarni kiriting.
2. Loyiha sahifasi uchun profil va jild rasm/videolarini joylashtiring.
3. Loyiha sahifasini yana ham takomillashtirish uchun turli xizmat va funksiyalarni taklif etuvchi
tugmachalarni o‘rnating.
4. Loyihaning
maqsadidan kelib chiqib, matn, tasvir yoki video ko‘rinishidagi kontentni
tayyorlang va uni sahifada chop eting.
5. Sahifaga do‘stlaringiz yoki boshqa foydalanuvchilarni
taklif eting, ular bilan muloqot
o‘rnating. Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikrlarni o‘rganing.
6.
Insights
bo‘limi orqali barcha amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib boring. Sahifani
rivojlantirish uchun yangi g‘oyalar o‘ylab toping va ularni qayd eting.
AMALIY TOPSHIRIQ
1. Facebook tarmog‘ida sahifa nima uchun ishlatiladi?
2. Facebook sahifasida qanday ma’lumotlar nashr ettirilishi mumkin?
3. Facebook sahifasida joylashtirilgan kontentlar uchun qoldirilgan izohlarni kuzatib borish
mumkinmi?
4. Loyiha mavzusiga mos qanday Facebook sahifasini yaratish mumkin?
5. Barcha olib borilgan ishlarni tahlil qilish mumkinmi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR