|
II BOB.
SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASHBog'liq 8-informatikaII BOB.
SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH
8-dars.SMM ASOSIDA TADQIQOT LOYIHALARINI
BOSHQARISH. YOUTUBE SAYTIDA KANAL OCHISH
Internetning kundan-kun ijtimoiylashuvi uning zamonaviy onlayn
muhit sifatida trendga aylanishiga sabab bo‘lmoqda. Bugungi
kunda internet sarhadlarida 10 000 dan ziyod muloqot qiluvchi,
yangilik tarqatuvchi, grafikli, blogli, videorolikli va h. k. ijtimoiy
tarmoq va xizmatlar faoliyat yuritmoqda. Shu sababli, har kuni
yangi-yangi loyihalar yaratilmoqda hamda ijtimoiy tarmoqlar
auditoriyasi kengayib bormoqda. SMMning asosiy vazifasi
loyiha uchun mos platforma tanlash va uni ijtimoiy tarmoqda
rivojlantirishdan iborat. Har bir platforma o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Platformaning kuchli jihatlarini hisobga olgan holda, bir necha
ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish SMM loyihalarini
rivojlantirishning eng maqbul yo‘lidir.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Logotip
— loyiha
mavzusiga mos
maqsadni ifodalovchi
tasvir.
BUNI BILASIZMI?
Tadqiqot loyihalarini rivojlantirish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?
Facebook tarmog‘ida tadqiqot loyihasi uchun sahifa yaratish qanday amalga oshiriladi?
Videorolikli reklama uchun qaysi SMM platformasini tanlagan ma’qul?
Instagram sahifalarida brend qanday rivojlantiriladi?
YouTube saytiga qiziqarli videoning joylashtirilishi va mijozlar tomonidan uning
ko‘p marta ko‘rilishi natijasida daromad olish internet orqali pul topishning oson
yo‘llaridan biri sanaladi. Buning uchun ko‘pchilikka manzur bo‘ladigan qiziqarli
videoni topish va unga mos sarlavha qo‘yish talab etiladi. Bu videoni qancha ko‘p
mijoz tomosha qilsa, saytdan olinadigan daromad ham shuncha yuqori bo‘ladi.
YouTube
saytida kanal ochish uchun tarmoqqa
Google
akkaunti bilan kirish lozim.
YOUTUBE SAYTIDA SHAXSIY KANAL OCHISH
YouTube saytida kanal ochish
1.
YouTube
saytiga akkaunt yordamida kiriladi va
YouTube Studio
bo‘limi tanlanadi
(1)
.
2.
Use YouTube as...
oynasi yordamida kanal nomi yoziladi. Kanal nomi sifatida ism, familiya
yoki kompaniya, firma va brendning nomi kiritilishi mumkin. Masalan,
internet.marketing
(2)
.
3.
Create channel
tugmachasi orqali kanal yaratiladi.
(3)
.
|
| |