|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika6-
dars
. SMMNI INTERNET TARMOG‘IDA HARAKATLANTIRISH
6-dars. SMMNI INTERNET TARMOG‘IDA
HARAKATLANTIRISH
Ijtimoiy media marketingni internet tarmog‘ida harakatlantirish eng samarali vosita hisoblanib,
har qanday biznes vakili ijtimoiy tarmoq, blog va forumlar orqali mijozlarni o‘z saytiga jalb etishi
mumkin. Shu bois, o‘z loyihalarini ijtimoiy media orqali yuritishni xohlovchilar soni kundan kunga
ortib bormoqda.
Internet tizimlarida ijtimoiy media marketingni harakatlantirish uchun quyidagilar amalga
oshiriladi:
•
turli media muhitlarda blog, guruh, kanal va sahifalar ochish, ularni loyiha haqidagi
ma’lumotlar bilan to‘ldirish va tanitish;
•
blog, guruh, kanal va sahifalarni doimiy ravishda yuritib borish;
•
blog, guruh, kanal va sahifalarda mahsulot yoki xizmatlar yuzasidan beriladigan savollarga
javob berish;
•
turli munozara va muhokamalarda ishtirok etish;
•
mahsulot yoki xizmat yuzasidan bildirilayotgan ijobiy va salbiy fikrlarni kuzatib borish;
•
mahsulot yoki xizmat bilan bog‘liq internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash.
BUNI BILASIZMI?
SMMni internet tarmog‘ida harakatlantirish qanday
amalga oshiriladi?
SMM loyihalarni yuritishning bosqichlari nimalardan
iborat?
SMM mutaxassisi qanday talablarga javob berishi kerak?
Internet tarmoqlarida ijtimoiy media marketingni harakatlantirish
deganda, mualliflik
materiallarini tayyorlash, reklama xabarlarini joylashtirish, mijozlar bilan muloqot olib borish,
raqobatchilar bilan samimiy munosabat o‘rnatish kabilar tushuniladi.
DIQQAT
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
SMM mutaxassisi
—
internet tarmog‘ida
ijtimoiy media
marketingni yurituvchi
shaxs.
SMMNI INTERNET TARMOG‘IDA HARAKATLANTIRISH BOSQICHLARI
1. Maqsadni aniqlash
.
Tadqiqot loyihalari, biznes muammolarni hal etish uchun kerakli barcha masalalar
ro‘yxati tuziladi va umumiy maqsad aniqlab olinadi.
|
| |