|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika33-
dars
. WEB-FREELANCE SAYTLARI BILAN TANISHISH
INTERNET FREELANCERLIK BILAN SHUG‘ULLANUVCHI SOHALAR
– matn (maqola, yangilik, e’lon, elektron kitob, tarqatma material, buklet, maxsus hisobot,
ariza va h. k.) yaratadigan kopirayterlar;
– mutlaqo yangi materialni yaratish uchun tayyor maqolalarni qayta ishlaydigan yozuvchilar
(rerayterlar);
– saytni materiallar bilan to‘ldirish uchun javobgar kontent menejerlari;
– maqolalar matnining uslubi, imlo va tinish belgilarini tekshiradigan va tuzatadigan muharrir
va musahhihlar;
– turli texnik va tasvirli adabiyot, web-sayt va boshqalarning tarjimonlari.
Ushbu soha egalaridan chet tillarni bilishdan tashqari, psixologiya, marketing va tahlil
sohalarida bilim ham talab etiladi.
– tarmoq administratori tarmoq, axborot xavfsizligi, web-server, sayt boshqaruvi bo‘yicha
qo‘yilgan masalalarni hal etadi;
– ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarni yoki loyihalarni boshqaradigan loyiha administratorlari
barcha harakatlarni onlayn ravishda kuzatib boradi, jumladan, spam va boshqa reklamalarni
olib tashlash; tinglovchilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish; guruh a’zolarining muloqoti
va guruh kayfiyatini kuzatish; ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish; so‘rov va sharhlarga
zudlik bilan javob berish; muhitning samimiy va ijobiyligini kuzatib borish; qoidabuzarlarni
ogohlantirish va ularning tarmoqqa kirishini cheklash; reklama va murojaatlarni nashr
etish; bevosita sotish uchun havolalar joylashtirish; auditoriya qiziqishlarini aniqlash uchun
so‘rovnoma o‘tkazish; jamoat sahifasiga joylashtirish uchun maqolalar buyurtma qilish;
matn, videokliplar tayyorlash.
Turli fan mutaxassislari tomonidan o‘quv xizmatlari taklif etiladi. Jarayon onlayn formatdagi
web-seminar, videoaloqa, suhbat yoki chat orqali amalga oshiriladi. Bilim oluvchiga qaysidir
mavzuni puxta o‘rgata olish, tug‘ilgan savollarga o‘z vaqtida va ishonchli javob berish hamda
mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati shular jumlasiga kiradi.
MATNLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUTAXASSISLAR:
ADMINISTRATORLAR:
MURABBIYLAR
|
| |