|
VI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISHBog'liq 8-informatikaVI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
33
-dars
. WEB-FREELANCE SAYTLARI BILAN
TANISHISH
So‘nggi paytlarda odamlarning ko‘pchiligida erkin faoliyat yuritish, ish joyiga muqim bog‘lanib
qolmaslik, qo‘shimcha daromad topish kabi istaklar paydo bo‘la boshladi. Erkin faoliyat yuritish — bu
imkon qadar o‘ziga mos grafikni o‘zi tuzishi va o‘ziga yoqqan sharoitlarda ishlash demakdir.
Oqibatda, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda freelancerlik ommalashib bormoqda.
Freelancerlik — iste’dod yoki sevimli mashg‘ulotni pulga aylantirishning eng yaxshi usullaridan
biri. Har bir shaxs o‘zi yoqtirgan va o‘ziga ma’qul kelgan loyihalar ustida ishlashi mumkin.
Freelancerlik sohasi shu qadar keng qamrovliki, har qanday inson o‘z qobiliyatini ishga solgan
holda internet orqali daromad topishi mumkin. Masalan, siz fotoapparatda suratga olishning
ustasimisiz? Marhamat, suratga olish xizmatini taklif etib, freelancerlik bilan shug‘ullaning!
Har bir insonda yashirinib yotgan qobiliyat yoki imkoniyat xuddi shunday tarzda internet orqali
daromad keltirishi mumkin!
BUNI BILASIZMI?
Freelance saytlari qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Freelance saytlari tekinmi yoki pullik?
CMS platformalarida yaratilgan qanday saytlarni bilasiz?
DIQQAT
Freelance web-saytlar — ish qidirayotganlar va ish
beruvchilar o‘z takliflarini joylashtiradigan platformalar.
Ushbu web-saytlardan foydalanish mustaqil karyera
yaratish uchun mustahkam poydevor qo‘yish, birinchi
mijozni topish va ish beruvchilar ishonchiga kirishga
yordam beradi. Shuningdek, freelancer har xil ish
beruvchilardan turli loyihalarni olib, o‘z mahoratini doimiy
ravishda oshirib borishi mumkin. Natijada, portfolio boyiydi
va ish bo‘yicha tushgan takliflar ko‘payadi.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
PR
(
ingl.
public
relations —
jamoatchilik bilan
aloqalar) — tashkilot
va jamoatchilik
o‘rtasidagi axborot
oqimini boshqarish.
PRning maqsadi
potensial iste’molchi
va boshqa manfaatdor
tomonlarda
tashkilotning ijobiy
imijini yaratishdan
iborat.
|
| |