|
VI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISHBog'liq 8-informatikaVI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
DIZAYNERLAR:
KONTENT
MENEJERLARI:
DASTURCHILAR:
WEB-DIZAYNERLAR
VA SAHIFALOVCHILAR:
– ichki va landshaft dizaynerlari;
– grafik dizaynerlar;
– banner, kalendar, kitob
muqovalari, vizit kartochkalari,
afishalar, infografika, logo va
boshqa turdagi grafiklar bilan
ishlovchi dizaynerlar;
– o‘yin dasturlari dizaynerlari.
Har qanday dizayner yuqori
didga ega bo‘lishi bilan bir
qatorda grafik dastur (Illustrator,
Photoshop, CorelDraw, 3D Max,
4Studio, MAX, Maya)lar bilan
ishlay olishi lozim.
– saytga ma’lumotlarni kiritish va
tahrirlash;
– kontent uchun maqola, yangilik va
anonslar yozish;
– saytdagi oddiy xatolarni bartaraf
etish;
– saytning muntazam ishlashini
ta’minlash;
– kontentni foydalanuvchi uchun
qiziq va qulay ko‘rinishga keltirish;
– turli reklamalar (banner, kontekst
va b.) yordamida saytga tashrif
buyuruvchilarni jalb etish;
– ijtimoiy tarmoqlarda saytni yuritish;
– web-tahlilni olib borish ishlari bilan
shug‘ullanadi.
– saytlarni yaratish, sahifalash va ularni
yuritish bilan shug‘ullanuvchi dasturchilar. Ular
dasturlash tillari (JavaScript, PHP, Perl, HTML,
CSS va b.), ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari lozim:
– dastur va skriptlarni yozuvchi dasturchilar
(Ruby, C, Phyton va b.);
– mobil ilovalar, o‘yin dasturlari, onlayn-
xizmatlar kabi turli dasturiy mahsulotlarni
yaratish va testlash bilan shug‘ullanuvchi
dasturchilar (Java, Phyton, Android, iOS va h.k);
– turli kontent boshqaruv tizimlari bilan ishlay
oluvchi mutaxassislar. Ular CMS (WordPress,
Joomla va h. k.)lar yordamida sayt, internet
do‘konlari, blog va boshqalarni yaratadilar.
– web-dizaynerlar g‘oyalar, uslublar bilan tanishadi
va ajoyib grafika hamda qulay navigatsiya
elementlaridan iborat sayt yaratadi. Web-
dizaynerlar foydalanuvchilar uchun qulay interfeys
va interfaol ilovalar qanday loyihalanishi va
yaratilishini bilishi kerak;
– web-sayt sahifalovchisi. Dastlab web-dizayner
tomonidan maket tuziladi. So‘ngra sahifalovchi
sayt strukturasi va elementlarini yaratadi
hamda web-sahifani joylashtirish kodini yozadi.
Shuningdek, sahifalovchi shrift, abzas, sarlavhalar
joylashtiriladigan sayt sahifasi skeletini ham
yaratadi. Sahifalovchi tizimning qidiruv talablarini
hisobga olgan holda web-resursning aniq,
mantiqiy va sodda navigatsiyasini yaratadi.
|
| |