|
A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassisBog'liq 8-informatika32-
dars
. WEB-FREELANCE HAQIDA TUSHUNCHA
Freelancerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan kasblar:
•
jurnalist;
•
huquqiy maslahatchi (yurist va advokat);
•
maslahatchi (biznes trener);
•
foto va video xizmatlar ko‘rsatish (fotosuratchilar,
illyustratorlar);
•
chizma va loyihalar tayyorlash (rassom, arxitektor va
muhandis-loyihalovchilar);
•
buxgalteriya, reklama, marketingga oid ishlarni amalga
oshirish (reklamachi, marketolog);
•
matn yozish, matn tahrirlash, tarjima qilish (kopirayterlar);
•
dastur va dasturiy ilovalar yaratish (dasturchilar);
•
turli saytlar yaratish va yuritish (SEO-mutaxassislar);
•
web-dizayn va illyustratsiya ishlari (dizayner);
•
3D-modellar yaratish (3D-modellashtirish bo‘yicha
mutaxassislar);
•
poligrafiya mahsulotlarini sahifalash (sahifalovchi) va
boshqalar.
O‘rta asrlardagi yollanma
jangchi (erkin nayzaboz)
lar freelancer nomi bilan
atalgan. Ular yuk tashishgan,
nufuzli odamlarni
qo‘riqlashgan, janglarda
qatnashgan va bajargan
ishlari uchun mo‘maygina
haq olishgan. Bu atama
ilk bor 1819-yilda Valter
Skottning «Ayvengo»
asarida «o‘rta asr yollanma
jangchisi»ga nisbatan
qo‘llanilgan.
ESLAB QOLING
Erkin ish tartibi.
Ixtiyoriy vaqtda mehnat qilishi mumkin. Yosh bolalari, parvarishga muhtoj
yaqinlari bo‘lgan shaxslar, ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ish bilan shug‘ullanmoqchi
bo‘lganlar hamda o‘quvchi va talabalar uchun ish vaqtini o‘zi belgilashi katta qulaylik
yaratadi.
Ish joyini o‘zi belgilashi.
Yosh onalar va imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, sog‘ligi
tufayli muammosi bor odamlar uyda yoki o‘zlari uchun boshqa qulay joyda mehnat qilishlari
mumkin.
Mablag‘ni tejash.
Ofisni ijaraga olish, kunlik transport xarajatlari, ko‘chada ovqatlanishga pul
sarflashning hojati yo‘qligi.
Eng qulay ish sharoitlari.
Shaxsiy ish joyi, kiyim-kechak, harorat, oziq-ovqat va boshqalar. Ish
va oila o‘rtasida eng maqbul muvozanatni yaratish.
Ishni mustaqil ravishda tanlash.
Faqat o‘ziga ma’qul bo‘lgan buyurtmalar bilan ishlash,
masalan, mehnatga yuqori haq to‘lanadigan davlatlardagi mijozlar bilan hamkorlik qilish.
FREELANCERLIKNING AFZALLIKLARI
|
| |