91
31-
dars
. AMALIY ISH.
31
-dars
.
AMALIY ISH.
1. Khan Academyning o‘zbek tiliga mahalliylashtirilgan loyihasiga kiring
(https://uz.khanacademy.org/ manzili orqali).
2. O‘zingizga yoqqan biron-bir kursni tanlang. Kurs tarkibi qancha bo‘lim va
mavzudan
iborat ekanligini ko‘zdan kechiring.
3. Har bir bo‘limda berilgan o‘quv materiallari, videodarslar, amaliy topshiriqlar va nazorat
testlari bilan tanishib chiqing.
4. Bo‘lim tarkibidagi bitta mavzuni tanlab olib, ma’ruza
materiali, videodarslarni ko‘rib
chiqing.
5. Mavzuni mustahkamlash uchun mashqni bajaring.
6. Bo‘lim bo‘yicha berilgan oraliq testni topshiring.
AMALIY TOPSHIRIQ
KHAN ACADEMY PLATFORMASIDA TA’LIM OLISH
92
V BOB.
MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR
Khan Academy asoschisi Salmon Xon
Xon akademiyasi (Khan Academy) МООС platformasi asoschisi
Salmon Xon sharafiga shunday nomlangan. Salmon Xon Yangi Orlean
(AQSH)da tug‘ilib, voyaga yetgan. U 4 ta: Massachusets texnologiyalar
institutida olgan matematika bo‘yicha, elektr
texnikasi va kompyuter
fanlari bo‘yicha bakalavr, kompyuter fanlari bo‘yicha magistr hamda
Garvard biznes maktabida olgan BAM akademik darajasiga ega.
2004-yilda Salmon Xon tahlilchi lavozimida
faoliyat yuritar ekan,
boshqa shtatda istiqomat qiluvchi jiyani Nadiyaga masofadan turib
matematikani o‘rgatishni boshlaydi. Jiyani o‘lchov birliklarini tarjima qilishning uddasidan
chiqa
olmaganligi sababli, unga mavzu bo‘yicha chuqurlashtirilgan kursni o‘rgatish qiyin
kechadi. Nadiya Yangi Orleanda, Salmon esa Bostonda yashar, shuning uchun ular telefon
orqali muloqot qilishar, grafik va formulalarni esa Yahoo Doodle hamkorlik bloknotida chizib
o‘rganishar edi. Dars jarayoniga Nadiyaning ikki aka-ukasi va boshqa oila a’zolari ham
qo‘shiladi. Hammasi bilan telefon orqali muloqot olib borish juda ko‘p vaqt talab qilar edi.
Vaziyatdan oson chiqish uchun Salmon mavzu bo‘yicha bir necha videoni yozib oladi va
2006-yilda ularni YouTubega joylashtiradi. Oddiy va tushunarli izohlar
tufayli videolarning
mashhurligi kundan-kunga ortib boradi, jarayon esa kamtargina tahlilchi Salmonning
xobbisiga aylanadi.
Vaqt o‘tar ekan, video ko‘ruvchilar auditoriyasi ham kengaya boradi. Foydalanuvchilar video
ostida o‘zlarining fikrlarini qoldira boshlaydilar. Bolalar va ularning
ota-onalaridan tinimsiz
kelayotgan minnatdorchilik maktublari va ularning tilaklari Salmonning fikri va maqsadini
keskin o‘zgartirib yuboradi. U o‘zi uchun muhim qaror qabul qiladi: tahlilchilik faoliyatini to‘xtatib,
butun vaqtini yanada ko‘proq va qiziqarliroq o‘quv video roliklarini yaratishga bag‘ishlaydi.
Bir yilga yetmasdan, notijorat ta’lim tashkiloti tomonidan Xon loyihasiga ilk daromad kelib
tushadi. Hozirda Xon akademiyasi Google va Microsoft singari yirik kompaniyalar tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmoqda, loyihani kengaytirish va o‘quv materiallarini ingliz tilidan boshqa
tillarga tarjima
qilish uchun guruhlar tuzilib, ularda ko‘ngillilar ishtirok etishmoqda.
2015-yilda yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri AT&T yangi Xon akademiyasi
uchun mobil platforma va ilovalar ishlab chiqishga 2,25 mln dollar mablag‘ ajratadi.
Nisbatan qisqa vaqt ichida Salmon Xon o‘zining darslariga dunyo bo‘yicha millionlab bolalar
va kattalarni jalb qila oldi. Hozirda u dunyodagi eng mashhur iqtidorli o‘qituvchilardan biridir.
QIZIQARLI FAKT
VI BOB. WEB-FREELANCE—INTERNET
ORQALI DAROMAD OLISH
O‘QUV MAQSADI
Bu bobda:
Freelance haqida tushunchaga ega
bo‘lasiz va:
Freelancer faoliyati;
Freelancening afzalliklari vа
kamchiliklari;
Freelance saytlari;
Freelance saytlaridan eng samaralisini
tanlab olish haqida bilib olasiz.
KO‘NIKMA
Bob yakunida Siz:
Freelancer faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Freelance saytlari bilan ishlash;
Freelance saytlarida ro‘yxatdan o‘tish;
Freelance saytlarida portfolio yaratish;
Freelance saytlarida o‘z
xizmatlarini sotish
ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz.
VOSITALAR
Fiverr.
Upwork.
Freelancer.com