|
Elektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash
|
bet | 55/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tElektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash galvanostegiya deb ataladi.
Buyumlarni elektroliz usulida nikellash jarayonini ко'rib cliiqaylik. Buning uchun buyum sirti yog' va kirlardan tozalanib, elektrolitik vannaga tusliiriladi.
Vannadagi elektrolit (NH4)2S04NiS04-6H20 tuzning ammiakli eritmasidan iborat. Anod sifatida nikel plastinkalar olinadi. Nikellanadigan buyumlar katod vazifasini bajaradi. Elektrolitdan ma'lum vaqt davomida tok o'tkazib turilsa, buyum sirti nikel bilan qoplanadi (122- rasm).
B
uyum sirtiga kumush yugurtirish uchun elektrolit sifatida kumush tuzlari eritmasi, anod sifatida kumush plastinka olinadi. Oltin yugurtirishda esa, elektrolit uchun oltin tuzlari eritmasi, anod uchun 122- rasm oltin plastinka islilatiladi.
Elektroliz yordami bilan murakkab sirtli naqsh va
buyumlarning metall nusxalarini olish mumkin.
Masalan, taxtaga o'yib ishlangan naqslining nusxasini olish kerak bo'lsin. Buning uchun taxtaning naqsh solingan qismiga juda yupqa qilib grafit surkaladi, natijada uning bu tomoni tok o'tkazadigan bo'lib qoladi. Tayyorlangan taxta mis kuporosi eritmasiga tushiriladi. Bu taxta sirtidagi grafit sim orqali manbaning manfiy qutbiga ulanadi, ya'ni grafit qatlam katod vazifasini bajaradi. Anod sifatida esa elektrolitga mis plastinka tushiriladi. Elektrolitdan tok o'tkazilganda elektroliz natijasida ajralib chiqqan mis taxta sirtidagi grafit ustiga o'tiradi. Grafit usti yetarli darajadagi mis qatlami bilan qoplangandan keyin elektroliz jarayoni to'xtatiladi va mis qatlam taxtadan ajratib olinadi. Bunda mis qatlamning shakli taxta sirtidagi naqslining negativ (teskari) tasviridan iborat bo'ladi. Taxtadagi chuqur joylar mis negativda qavariq bo'lib, qavariq joylar esa negativda chuqur bo'lib chiqadi.
Bunday tarzda olingan negativ tasvir matritsa deb ataladi. Matritsa lotincha so'z bo'lib, onci degan ma'noni anglatadi. Matritsa bosmaxonalarda terilgan harflarning nusxasini quyish, medal, tanga, shtamp kabilarni tayyorlash uchun ishlatiladigan qolipdir.
|
| |