• Rivojlantiruvchi maqsad
  • Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet54/94
    Sana15.01.2024
    Hajmi7,54 Mb.
    #138030
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
    Bog'liq
    8-s-f-d-i-t

    8-sinf Fizika
    Sana:“A”«__»________ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» _______ 201__ y.
    Darsning mavzusi: Elektrolizning qo'llanilishi
    Darsning maqsadi :

    • Talimiy maqsad: O’quvchilarga elektrolizning qo'llanilishi xaqida ma’lumot berish.

    • Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

    • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza
    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
    IV. Darsning xronologik tuzilishi:



    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi
    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
    3.Yangi mavzuning bayoni:
    Elekrotexnikada sof mis ko'p ishlatiladi. Misga ozgina boshqa moddalar aralashgan bo'lsa, uning elektr tokini o'tkazish xususiyati yomonlasliib ketadi. Misni turli aralashmalardan quyidagi usul bilan ajratib olinadi.
    Katta elektrolit vannasi mis kuporosining eritmasi bilan to'ldiriladi. Uning ichiga sof misdan tayyorlangan yupqa plastinkalar parallel ravishda tusliiriladi. Elektr manbaning manfiy qutbiga ulanadigan bunday sof mis plastinkalari katod vazifasini bajaradi. Katodlar orasiga parallel ravishda qalin anod plastinkalar tushuriladi. Anod vazifasini bajaradigan plastinkalar tozalanmagan misdan tayyorlangan bo'ladi.
    Elektroliz jarayonida mis kuporosi eritmasidan ajralib chiqqan sof mis katodga o'tiradi. Anod erib, undagi mis eritmaga o'tadi, begona aralashmalar esa vanna tubiga cho'kadi. Vaqt o'tislii bilan katod plastinkalar qalinlasha boradi, anod plastinkalar esa yupqalashadi. Ma'lum vaqtdan keyin katod va anodlar vannadan olinib, ular o'rniga yangisi qo'yiladi. Vannadan chiqarib olingan qalin plastinka sof misdan iborat bo'ladi.
    Anoddan ajralib, vanna tubiga cho'kkan slilam deb ataladigan cho'kmada platina, oltin, kumush kabi nodir metallar ham bo'lislii mumkin. Ular boshqa maxsus usullar bilan ajratib olinadi.
    Misdan tashqari, aluminiy, magniy, natriy, kaliy, kalsiy kabi metallar ham elektroliz usulida olinadi. Ulardan eng ko'p ishlatiladigani aluminiydir. Agar aluminiyni laboratoriya usuli bilan olinsa, u oltin kabi juda qimmatga tushar edi. Uni elektroliz usuli bilan olingani uchun nisbatan arzon metall liisoblanadi. Aluminiy ruda konlari Yer yuzida ko'pdir. Jumladan, mamlakatimiz tog'larida ham aluminiy ruda konlari mavjud. Aluminiy rudalardan elektroliz usulida olinislii arzon bo'lgani uchun bu metall keng miqyosda islilatiladi. Masalan, elektr uzatish tarmoqlarida o'tkazgich simlar, asosan, aluminiydan tayyorlanadi.
    Temirdan yasalgan buyumlar sirti oksidlanishi natijasida tez zanglaydi. Zang esa sekin-asta metallni yemiradi va buyum teshiladi. Odatda, oksidlanadigan metall buyumlar sirti qiyin oksidlanadigan boshqa metallar — nikel, rux, kumush, oltin kabilar bilan qoplanadi (yugurtiriladi). Nikellangan qoshiq, pichoq, choynak, turli idish-tovoqlardan foydalanamiz.

    Download 7,54 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.