Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning massasi elektrolitdan o'tgan zaryadning miqdoriga to'g'ri proporsionaldir.
Ya'ni:
m = kq, (1)
bunda, m — ajralib chiqqan moddaning massasi; q — zaryad miqdori; к — proporsionallik koeffitsienti bo'lib, moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deb ataladi.
Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti elektroliz vaqtida ajralib chiqqan har bir modda uchun har xildir.
Agar (1) formulada q = 1С deb olinsa, к = m bo'ladi. Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti son jihatdan elektrolitdan bir kulon zaryad o'tganda ajralib chiqqan modda massasiga tengdir. Bu demakki, moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti 1 kg/C da o'lchanadi. Bu juda kichik birlik bo'lgani uchun amalda uning o'rniga lmg/C birligidan foydalaniladi. Masalan, moddaning kimyoviy ekvivalenti kumush uchun 1,118 mg/C, xlor uchun 0,367 mg/C, mis uchun 0,328 mg/C, nikel uchun 0,304 mg/C, aluminiy uchun 0,094 mg/C qiymatga ega.
(1) formulada q = I At ekanligini hisobga olsak, elektrodlarda ajralib chiqqan modda massasi m ning elektrolitdan o'tayotgan tok kuclii I ga va tokning o'tish
vaqti At ga bog'liqlik ifodasini olish mumkin:
m = kl∆t. (2)
Faradeyning birinchi qonuni tajri- bada quyidagicha tekshirib ko'rilgan. Uchta elektrolit vannaga bir xil А, В va С elektrolitlar quyilib, ularning elek- trodlari bir-biri bilan 120- rasmda ko'r- satilgandek ulangan. Rasmga ko'ra, A elektrolitdan o'tayotgan IA tok kuclii Bva С elektrolitlardan o'tayotgan /в va Ic tok kuchlarining yig'indisiga teng bo'ladi. Agar (2) formula o'rinli bo'lsa, А, В va С elektrolitlar elektrodlarida ajralib chiqadigan moddalarning mA, mB va mc massalari mA - mB + mc nisbatda bo'lishi kerak.
|