• Ko‘p pog‘onali vakuum-krisstalizator.
  • Mavhum qaynash qatlamli kristalizator




    Download 0,51 Mb.
    bet52/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Mavhum qaynash qatlamli kristalizator. Bunday kristalizatorlar katta o‘lchamli bir xil shakldagi kristallar olish uchun ishlatiladi. Mavhum qaynash qatlamli kristalizatorlarda kristallanish jarayoni eritma bir qismining bug‘latilishi yoki eritmaning sovitilishi bilan olib boriladi. Mavhum qaynash qatlamli bug‘latuvchi krisstalizatorming tuzilishi 33.3-rasmda ko‘rsatilgan. Bu qurilma qobiq quvurli sovitgich va sirkulyatsiya qiluvchi nasosdan iborat. Uzluksiz so‘riluvchi quvur orqali berilayotgan eritma qisman kristallardan ajralgan suyuqlik oqimi bilan aralashadi. Bu oqimning miqdori dastlabki berilayotgan eritmaning miqdoriga nisbatan bir necha marta ko‘p bo‘lganligi uchun aralashgan eritmaning konsentratsiyasi va harorati kam o‘zgaradi. Shu sababli sirkulyatsiyali nasos orqali aralashgan eritmani sovitgichga uzatib sovitilganda, eritma kamroq to‘yinadi. So‘ngra eritma qurilmaning pastki qismiga berilib, kelayotgan issiqlik oqimi bilan qurilmadagi kristallar qaynab, to‘yingan eritma hisobiga kristallar kattalashadi. O‘z tarkibida juda mayda kristallarni ushlagan, qisman kristallardan ajralgan suyuqlik qoldig‘i uzluksiz so‘ruvchi quvurga tushib, berilayotgan eritma bilan aralashib yana nasos orqali uzatiladi va sikl qaytadan takrorlanadi. Hosil bo‘lgan kristall mahsulotlari qurilmaning pastki qismidan ajratib olinadi. Sovitgichga kirayotgan va chiqayotgan suyuqlikning kerakli haroratini hosil qilish maqsadida qo‘shimcha sirkulyatsiya konturidan foydalaniladi.
    Ko‘p pog‘onali vakuum-krisstalizator. Sanoatda ko‘p miqdordagi kristallar olish uchun ko‘p pog‘onali krisstalizatorlar ishlatiladi. Bunda bir necha qurilma ketma-ket ulanib, vakuumning miqdori qurilmalarning soniga qarab asta-sekin oshib boradi (33.4-rasm). Har qaysi qurilma uchun ikkilamchi bug‘larni kondensatsiyalashga alohida yuzali kondensatorlar o‘rnatiladi.


    33.4-rasm. Ko‘p pog‘onali vakuum-krisstalizator: 1- issiq quyiqlashtirilgan eritmaning kirishi; 2 -suspenziyaning bir pog‘onadan ikkinchisiga o‘tishi; 3- mahsulotning chiqishi; 4-qurilma (pog‘ona); 5- ikkilamchi bug‘; 6- kondensat; 7-yuzali kondensator; 8,9- sovituvchi suyuqlikning kirishi va chiqishi.
    Kondensatorlar sovituvchi suvning oqim yo‘nalishiga qarab ketma-ket ulanadi. Issiq quyiltirilgan eritma uzluksiz ravishda birinchi qurilmaga berilib, qisman bug‘latiladi va vakuum hisobiga sovitiladi. Rasmda vakuum hosil qilish qurilmasi ko‘rsatilmagan. Birmuncha sovitish natijasida kristallar hosil bo‘lgan to‘yingan eritma, keyingi qurilmalarda ko‘proq vakuum bo‘lgani uchun ularga o‘z-o‘zidan oqib tushadi. Kristall mahsulotlari oxirgi qurilmadan barometrik quvur yordamida tortib olinadi. Pog‘onalar soni 15 ta gacha bo‘ladi, har bir pog‘onadagi haroratlar farqi 4-5°C, kristallarning o‘lchami esa 0,2-0,25 mm.

    Download 0,51 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavhum qaynash qatlamli kristalizator

    Download 0,51 Mb.