• Barabanli kristalizator
  • Vakuum-kristalizator.
  • 33.2-rasm. Vakuum-kristalizator: 1-bug‘latgich; 2- barometrik quvur; 3-yig‘gich; 4 - nasos; 5- eritma beruvchi quvur; 6 - sirkulyatsiya quvuri; 7 - kristallardan ajralgan eritma chiqadigan patrubka.
  • 1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja




    Download 0,51 Mb.
    bet51/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Kristallizatorlarning tuzilishi
    Sanoatda kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun turli qurilmalar ishlatiladi. Ishlash prinsipiga ko‘ra kristalizatorlar bir necha turga bo‘linadi:
    1)erituvchining bir qismini bug‘latish yo‘li bilan ishlaydigan kristallizatorlar,
    2) eritmani sovitish bilan ishlaydigan kristalizatorlar;
    3) sovituvchi qurilmasi bo‘lmagan vakuum-kristalizatorlar;
    4) mavhum qaynash qatlamli kristalizatorlar.
    33.1-rasm. Barabanli krisstalizator:
    1-bandajlar; 2-tojli shesternya; 3-qobiq; 4-g‘ilof; 5- tayanch g‘ildiraklari.


    Barabanli kristalizator. 33.1-rasmda suv bilan sovitiladigan barabanli kristalizatorning sxemasi berilgan. Bunday krisstalizatorlar sanoatda eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, g‘ilof 4 bilan ta’minlangan silindrsimon qobiq 3 dan iborat. Baraban bandajlar 1, tayanch g‘ildirakchalari 5 va tojli shesternya 2 yordamida aylanma harakatga keladi. G‘ilofga sovitish uchun suv yoki havo beriladi. Eritma va sovituvchi suv qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Barabanli krisstalizatorning diametri 1,5 m va uzunligi 15 m gacha bo‘lganda uning qiyaligi 1:100 yoki 1:200, aylanish soni esa 10-20 ayl/min bo‘ladi. Bunday qurilma yordamida mayda kristalli cho‘kma olish mumkin. Kamchiligi - barabanning ichki yuzasiga kristallar yopishib qoladi.
    Vakuum-kristalizator. Eritmani qisman bug‘latish uchun u bug‘latish kamerasiga yuboriladi. Bug‘latkichda vakuum-nasos va kondensator yordamida vakuum (bo‘shliq) hosil qilinadi (33.2-rasm). Bug‘latgichda eritma barometrik quvur orqali yig‘gichga o‘tadi. Hosil bo‘lgan suv bug‘lari vakuum-nasos orqali tortib olinadi. Cho‘kma tushgan kristallar yig‘gichning pastki qismidan tushiriladi. Kristallardan ajralgan eritma yig‘gichning yuqorigi qismidan uzatiladi. Vakuum- kristallizatorlarda mayda o‘lchamli kristallar olinadi. Bunday qurilmalar uzluksiz ravishda ishlaydi.
    33.2-rasm. Vakuum-kristalizator: 1-bug‘latgich; 2- barometrik quvur; 3-yig‘gich; 4 - nasos; 5- eritma beruvchi quvur; 6 - sirkulyatsiya quvuri; 7 - kristallardan ajralgan eritma chiqadigan patrubka.


    33.3-rasm. Mavhum qaynash qatlamli kristalizator: 1-qurilmaning qobig‘i; 2 sirkulyatsion nasos; 3- uzatuvchi quvur; 4- eritma beriladigan patrubka; 5- kristall mahsuloti chiqadigan patrubka; 6- bug‘latkich; 7- ikkilamchi bug‘lar chiqadigan patrubka; 8- kondensat isituvchi bug‘ patrubkasi; 9- chiqadigan patrubka.



    Download 0,51 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja

    Download 0,51 Mb.