|
1-maruza mavzu. Kirish respublika xaiq xo'jaligida kimyo sanoatining ahamiyati reja
|
bet | 49/53 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #232891 |
Bog'liq Korxona jihozlari13.3-rasm. Elektrofiltr qurilmasi
13.4-rasm.Skruber qurilmasi.
Elektrostatik tozalash usuli. Bu usul aerozollarning (gazga aralashgan chang zarralarini) elektrodlar hosil qiladigan yuqori kuchlanishli elektr magnit maydoni orqali o‘tkazilganda, ionlanishi va zaryadlanishiga, ya’ni yemirilishiga asoslangan. Sanoatda keng qo‘llaniladigan turida katod vazifasini bajaruvchi elektr filtrining (15-rasm) bir metall tayoqcha bir necha ming volt yuqori kuchlanish berilganda katod yaqinidagi havo kuchli ravishda ionlanadi. Bu apparat orqali aerozol o‘tkazilganda, aerozol zarrachalari manfiy zaryadli zarrachalari quvurchalarining devorlariga urilib o‘zining zaryadini yo‘qotadi va neytral zaryadsiz kukun shaklida apparat devorlariga uriladi. Aerozolning yemirilishidan hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi esa gazlarni tozalashda qo‘llaniladigan usullari bilan ayrim-ayrim komponentlarga ajraladi.
Elektrodda o‘tirib qolgan changlarni qoqib yoki yuvib tozalash yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Elektrostatik tozalashning samaradorligi juda yuqori bo‘lib, asosan qora va rangli metallurgiya, issiqlik energetikasi, qurilish materiallari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqalarda keng qo‘llaniladi.
Havoni zararli moddalardan, tumanlardan va namlangan gazdagi begona aralashma zarrachalaridan tozalovchi ho‘l elektrofiltrlar ham quruq elektrofiltrdek ishlaydi.
15-rasm. Plastinkasimon elektrofiltr.
1-toq elektrodlar, 2-kvars naycha; 3-cho‘ktiruvchi elektrodlar; 4- changlarni tutuvchi mexanizm ;5- bunker, gaz oqimini to‘g‘rilagichi; 6-gaz oqim I regulyatori.
Nazorat savollari:
1. Aerozol birikmalarni ajratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nimalardan iborat ?
2. Gaz aralashmalarini (changlarni) tozalashning qanday usullarini bilasizq
3. Chang cho‘ktirish kameralarining qanday turlari mavjud? Ularning samaradorligini
qay tarzda orttirish mumkin?
4. Gazlarni changdan tozalanganlik darajasi qanday aniqlanadi?
5. Siklonni ishlash prinsipi haqida nimalarni bilasiz?
6. Batareyali siklonlardan qanday hollarda foydalaniladi? Ularning tuzilishi va ishlash
prinsiplarini tushuntirib bering.
7. Gaz tozalovchi filtrlarning qanday turlari mavjud? Gazlarni filtrla sh jarayoniningo‘ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
8. Yengli filtrlarning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirib bering. Nima uchun yengli filtrlarga mustahkamlik halqalari o‘rnatiladi?
9. Patronli filtrlarning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida nimalarni bilasiz? Elektr maydonida chang cho‘ktirish jarayonining mohiyati nimada?
12. Elektrofiltrning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirib bering.
13. Gazlarni namlab tozalash uslubining qanday ijobiy va salbiy tomonlari bor
14. Gaz yuvish qurilmalari - skrubberlarning qanday turlari mavjud? Skrubberlarda
gaz va suyuqlik fazalari o‘rtasidagi kontakt yuza qay tarzda hosil qilinadi?
15. Mavjud gaz yuvish qurilmalarining samaradorligi va gidravlik qarshiliklarini taqqoslay olasizmi?
13.Mavzu: Eritish qurilmalari.
Reja:
1.Eritish jarayonini kimyo sanoatidagi ahamiyati.
2.Ishqorlanish jarayoni.
3.Cheklangan hajmli davriy prosess
4. To‘g‘ri yoki qarama-qarshi yo‘nalishli jarayon
5.Qo‘zg‘almas qatlamli eritish.
6.Mavhum qaynash qatlamli eritish.
7.Eritish qurilmalarini konstruksiyasi.
Kimyoviy texnologiyada qattiq jismlarni suyuqlikda eritish jarayoni ham keng ishlatiladi.Qattiq jismning suyuq fazaga to‘la o‘tishi eritish deb ataladi.Bu jarayonda qattiq jismning erimay qoladigan inert negizi yo‘q.
Kimyo sanoatida erituvchilar sifatida ko‘pincha suv yoki ayrim anorganik kislotalarning eritmalari ishlatiladi, bunday jarayon ishqorlanish deb yuritiladi. Ishqorlanish mineral xomashyolarni kimyoviy qayta ishlash uchun birinchi bosqich hisoblanadi. Qayta ishlash orqali inert materiallardan qimmatbaho komponentlar olinadi. Dastlabki qattiq materialni erituvchi bilan o‘zaro ta’sir ettirish natijasida geterogen oquvchan sistemalar (pulpalar) olinadi.
Eritish odatda ko‘pchilik kimyoviy jarayonlarning boshlanishidan oldin amalga oshiriladi, chunki erigan molekulalarining harakatchanligi va kimyoviy aktivligi ortadi.
Qattiq jism va suyuqlikning o‘zaro ta’sirlashuviga ko‘ra kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan eritish jarayonlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Cheklangan hajmli davriy prosess;
2.To‘g‘ri yoki qarama-qarshi yo‘nalishli;
3.Qo‘zg‘almas qatlamli;
4.Mavhum qaynash qatlamli.
|
| |