• Changlarni markazdan qochma kuch maydonida tozalash
  • - rasm.Inersion chang ushlagichlar sxemasi




    Download 0,51 Mb.
    bet47/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    13.2- rasm.Inersion chang ushlagichlar sxemasi.
    Bunday qurilmalarga chang markaziy quvurdan (a-sxema) yoki yon tomondan (b- va v-sxemalar) berilishi mumkin. Ushbu turdagi qurilmalarning ishlash prinsipi juda oddiy. Chang kirish patrubkasi orqali katta tezlikda (10 m/sek) dastlab qurilma tubiga tomon yo‘naltiriladi, so‘ngra gaz oqimi birdan yuqoriga burilib, orqaga qaytadi. Oqim yo‘nalishining o‘zgarishi natijasida gaz tezligi susayadi (1 m/sek), inersiya kuchlari qiymati ham kamayadi. Bunday holatda chang zarrachalari (30 d 100 mkm) gaz oqimidan ajralib, qurilmaning tubiga cho‘kadi. Inersion chang ushlash qurilmalarida havoning tozalanish darajasi 65-85% bo‘ladi.
    Changlarni markazdan qochma kuch maydonida tozalash
    Chang tarkibidan qattiq zarrachalarni markazdan qochma kuch maydonida ajratib olish uchun siklonlardan keng foydalaniladi.
    Siklonlar silindrik va konussimon qismlardan iborat bo‘lib, konsentratsiyasi 400 g/m3 gacha bo‘lgan changlarni markazdan qochma kuch maydonida ajratish uchun mo‘ljallangan. Chang qurilmaga 20-25 m/sek tezlikda beriladi, so‘ngra qurilma tubiga tomon spiralsimon aylanma harakat bilan yo‘naladi. Aylanma harakat natijasida hosil bo‘luvchi markazdan qochma kuch ta’sirida chang zarrachalari qurilma o‘qidan uning devori tomon yo‘naladi. Chang zarrachasi jihoz devoriga urilgach, o‘z kinetik energiyasini yo‘qotadi va devor yuzasi bo‘ylab, og‘irlik kuchi ta’sirida, pastga surilib tushadi. Siklonning quyi qismida gaz oqimi inersiya bo‘yicha spiralsimon harakatini davom ettiradi va uni qaytishi natijasida yuqoriga yo‘nalgan oqim paydo bo‘ladi. Shu sababdan tozalangan gaz oqimi markaziy truba orqali, jihozning yuqori qismidagi patrubkadan chiqib ketadi.
    NIOGAZ siklonlarida (13.3-rasm) chang kirituvchi to‘rtburchak kesim yuzali patrubka qurilma korpusiga qiya urinma shaklida joylashtirilgan. Ushbu tipdagi siklonlarning quyidagi uchta turi keng qo‘llaniladi: TSN-24 (qiyalik burchagi 24), TSN-15 (qiyalik burchagi 15) va TsN-11 (qiyalik burchagi 11). TSN-24 rusumli siklonlar chang oqimidagi katta o‘lchamli zarrachalarni tutadi, ularning ish unumdorligi yuqori, gidravlik qarshiligi esa kichik. TSN-15 rusumli tsiklonlarning gidravlik qarshiligi kichik, qavoning yuqori tozalanish darajasini ta’minlaydi.
    TsN-11 siklonlari eng samarali va universal chang tutgich sifatida tavsiya etilgan.
    Chang oqimi tarkibidagi abraziv va yopishuvchan zarrachalar ventilyatorni ishdan chiqarishi mumkinligini e’tiborga olib, aspiratsiya tarmoqiga dastlab siklon, so‘ngra esa ventilyator o‘rnatiladi.



    Download 0,51 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm.Inersion chang ushlagichlar sxemasi

    Download 0,51 Mb.