88
Kolloid zarracha hosil bo‘lish mexanizmi ikki bosqichda boradi: dastlab
sharsimon amorf kolloid zarrachalar hosil bo‘ladi, so‘ngra kolloid sistemaning
eskirishi natijasida bu zarrachalar ichida mayda kristallchalar vujudga keladi.
Natijada amorf zarracha ichida ma`lum kuchlanish paydo bo‘lib, zarracha
kristallanadi va bu kristallar mitsellaning yadrosini tashkil etadi.
Kolloid eritmalar oddiy elektrolitlar kabi elektr o‘tkazuvchanlik
qobiliyatiga ega. Ularning elektr o‘tkazuvchanligi ikkita tarkibiy qismdan
tashkil topadi. Biri kolloid zarrachalarning harakatidan kelib chiqqan elektr
o‘tkazuvchanlik, ikkinchisi dispers sistemalardagi elekrolitlar tufayli vujudga
keladigan elektr o‘tkazuvchanlikdir.