• Quyonlardan sperma olish.
  • Parrandalardan sperma olish
  • -rasm. Sperma olish paytida sun’iy qinning holati




    Download 2,5 Mb.
    bet18/75
    Sana09.10.2024
    Hajmi2,5 Mb.
    #274377
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
    Bog'liq
    Akusherlik MT

    25-rasm. Sperma olish paytida sun’iy qinning holati
    Buqa va qo’chqorlar jinsiy a’zosini bir harakat bilan qinga kirgizadi va tezda (buqalarda 6-10, qo’chqorlarda 1-2 sekund) sperma ajratadi. Ayg’ir va erkak cho’chqalar bir necha friksion harakatlardan keyin eyakulyat ajratadi. Buqa va qo’chqor irg’ib turtki berganda texnik qinni mahkam ushlab uni hayvon harakatiga mos ravishda biroz oldinga surishi kerak.
    Eyakulyasiyadan keyin sun’iy qin nasldor erkak hayvon harakati bilan bir vaqtda chiqarib olinadi. So’ng sperma yig’gich pastga tushirilib, jumrak ochiladi va havo chiqariladi, sperma yig’gich ajratib olinadi. Uning og’zi etiketka yopishtirilgan qopqoq bilan yopilib, laboratoriyaga uzatiladi. Ishlatilgan sun’iy qin tog’ora yoki bankadagi 3%-li soda eritmasiga solib qo’yiladi.
    Quyonlardan sperma olish. Erkak quyonlardan sperma shisha qin yordamida olinadi. Buning uchun erkak quyon joylashgan katakda chap qo’l bilan urg’ochi quyonning bo’yin terisidan erkinroq ushlab turib, o’ng qo’lga sun’iy qin ushlanadi. Erkak quyon jinsiy aloqa qila boshlaganda jinsiy a’zoni sun’iy qinning teshigiga erkin kirishi uchun uning ochiq tomoni bilan urg’ochisining orqa oyoqlari orasida ushlanib, unga jinsiy a’zo yo’naltiriladi. Keskin turtki, ayrim vaqtlarda chiyillagan tovush chiqarish bilan tezda o’zini chetga tashlash erkak quyonda eyakulyasiya kuzatilganligidan dalolat beradi. Erkak quyonga 5-10 daqiqa dam berilib, ikkinchi marta (duplet) eyakulyat olinadi.
    V. N. Pomitko, A. V. Vladimirov, Yu. A. Grachyovlar (1973) yaratgan elektrik suniy qin ham shu tariqa qo’llaniladi. Uni maxsus tulumga o’rnatish ham mumkin.
    Parrandalardan sperma olishdan 10-30 kun oldin ular yayrash maydonchasi bo’lgan xonaga ajratib qo’yiladi. Xo’roz, g’oz, o’rdak va kurkalardan sperma olish uchun ularning orqasi beli va dumiga tomon 5-10 sekund davomida massaj qilinadi. Keyin kopulyativ a’zoning ereksiyasi kuzatilguncha ko’rsatkich va katta barmoqlar bilan ko’krak qafasidan boshlab qorinning orqa qismigacha 4-5 marta ohista silanadi. Xo’rozlar uchun dumini ko’tarish xos bo’lsa g’ozlarda olot tashqariga chiqadi.
    Xo’rozlardan asosan qul yordamida massaj qilish yo’li bilan sperma olinadi. Buning uchun ikki kishi bo’lishi talab etiladi. Bunda operatorlardan biri xo’rozning ikkala oyoqlari sonidan ushlab, bir quli bilan xo’rozning qorin soxasini tush suyagining oxiridan kloakasigacha yengil massaj qiladi. Ikkinchi operator xo’rozning kloakasi va uning atrofidagi terisiga 0,02%-li furasillin shimdirilgan tampon bilan ishlov beradi va xo’rozning dumi atrofini yengil massaj qiladi. 5-6 sekunddan keyin ereksiya kuzatilib, jinsiy aloqa a’zosi kloakadan burtib chiqadi. Shu paytda ikkinchi operator bosh barmog’i va ko’rsatkich barmog’i bilan ko’payish a’zosini yengil siqib, spermani sperma yig’gich (kichik stakancha, chetlari tekislangan kalta probirka, qo’chqorlar uchun sperma yig’gich va h.z.) yoki flakonga yig’ib oladi.
    G’ozlardan spermani elektr sperma yig’gich yoki “sperma yig’uvchi urg’ochi g’oz” yordamida olish mumkin. Keyingi usulda sperma “sperma yig’uvchi-urg’ochi g’oz”ning klaokasidan olinadi.
    Kurkalardan sperma olish uchun ham urg’ochisidan foydalanib, uni maxsus stanokda ustiga maxsus to’r tashlab fiksasiya qilinadi. Urg’ochisini ko’rib erkak kurkada jinsiy qo’zg’alish paydo bo’ladi va shu vaqtda qorinning yumshoq qismi ohista uqalansa tez orada spermaning ajralishi kuzatiladi.
    Xo’rozda jinsiy a’zo va jinsiy qo’shilish refleksi yo’q, shuning uchun eyakulyasiya juda tez kechadi. Sperma olish 5-10 sekundgacha davom etadi.
    O’rdaklarda jinsiy aloqa refleksi va eyakulyasiya 2-5 daqiqa davom etadi. Kurkada quchoqlashish refleksi urg’ochisini uzoq vaqt tepkilagandan keyin amalga oshiriladi.

    Download 2,5 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




    Download 2,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sperma olish paytida sun’iy qinning holati

    Download 2,5 Mb.