|
Veterinariya akusherligi
|
bet | 19/75 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 2,5 Mb. | | #274377 |
Bog'liq Akusherlik MTMachalka yordamida (Gubochnыy). Bu usul ham I. I. Ivanov tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, ayg’ir, buqa va qo’chqorlardan sperma olishda qo’llanilgan. Bunda jinsiy aloqadan oldin urg’ochi hayvon qiniga machalka o’rnatilgan, jinsiy aloqadan keyin machalka sqilib, undagi sperma maxsus stakanga yig’ib olinadi.
Mastrubasiya usuli. Bu usul xozirgi vaqtda ko’proq itlarda qo’llaniladi. Mexanik yo’l bilan jinsiy a’zoning boshchasini pripusiya xaltasiga ishqalash bilan undagi reseptorlarning ta’sirlanishi hisobiga sperma olishdir. Bu paytda nasldor hayvon yonida kuyga kelgan hayvonlar bo’lsa yanada yaxshiroq sperma beradi.
Fistula yordamida. Bu usul birinchi bo’lib 1923 yilda professor L. S. Sapojnikov tomonidan taklif etilgan. Bunda siydik kanali teshik qilinib (uretrostomiya) fistula o’rnatiladi. Bu operasiyani 1936-1938 yillarda X. I. Jivotkov ayg’irdan sperma olish uchun bajargan. Bunda bir necha kundan keyin ayg’ir xudi biyalarga o’xshash sikdik ajratish pozasini qabul qilib, siydik ajratadi. Operasiyadan 3-4 hafta o’tgach naslli hayvondan fistula orqali sprma olinishi mumkin.
S perma yig’gichga sperma olish (rezinadan tayyorlangan). Bu usulni birinchi bo’lib A. A. Zalsman va V. K. Milovanovlar taklif etishgan. Spermani maxsus rezinali xaltachaga yig’ib olish bo’lib, ikki usulda bajariladi: 1- usulda rezinali xaltacha biyani qiniga kiritilib, maxsus qistirgichlar yordamida jinsiy lablarga mahkamlanadi. 2- usulda ereksiya kuzatilganda xaltacha ayg’irning jinsiy a’zosiga kiygiziladi va xaltachadagi sperma tukib olinadi. Bu usullar operator uchun juda xavfli bo’lganligi uchun hozir qo’llanilmaydi.
27-rasm. Ayg’irlar siydik-jinsiy kanaliga fistula o’rnatish (X. I. Jivotkov bo’yicha).
Massaj yo’li bilan sperma olish usulini 1934 yil Amerikada Myuller va Evaneolilar taklif etishgan. Bu usulda sperma olish uchun buqaning to’g’ri ichagi axlatdan tozalanadi va qo’l unga 17-25 sm chuqurlikka tiqilib urug’ yo’lining ampulasi 2-3 daqiqa davomida massaj qilinadi. Lekin bu usulda sperma olinganda sperma ancha ifloslangan holda, ba’zan siydik aralash ham chiqishi mumkin. Xo’rozlardan massaj usulida sperma olish uchun ularning orqa tomoni va qorin sohasi massaj qilinadi. Ularda patlarning ko’tarilishi bilan kloakasi biroz siqilib, sperma probirkaga tukib olinadi.
|
| |