Huquqiy tarbiyani berish, amalga oshirish yo’llari nimalardan iborat?




Download 3,04 Mb.
bet64/190
Sana13.05.2024
Hajmi3,04 Mb.
#228471
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   190
Bog'liq
Umumiy pedagogika

Huquqiy tarbiyani berish, amalga oshirish yo’llari nimalardan iborat?
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya berishga jiddiy e’tibor berishi lozim. O’quvchi yoshlarga tarbiya berishda ularga yuksak fuqarolik his - tuyg’ularni sifat va xislatini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etgan. Maktabda o’qitiladigan har bir fanning o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanish o’qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, izlanishiga bog’liq. Ta’limiy-tarbiyaviy omil va vositalar ko’p. Shulardan biri davlat ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’rinli foydalanishdir. Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o’quvchilarga tushuntirish, ularning xulq atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda Davlat ramzlaridan foydalangan holda o’quv tarbiya ishlarini tashkil etish muhim masalalardan biri. Hayotga qadam qo’yuvchi har bir o’smir o’z respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O’quvchilarda O’zbekiston respublikasi Madhiyasi, Gerbi va Bayrog’iga nisbatan hurmat tuyg’ulari tarbiyalanishi zarur.
Hazirgi davrda bolalar va o’smirlar o’rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning yangi shakllari qo’llanilmoqda. Yoshlar o’rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1.Umumiy ta’lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ’ib qiladigan xonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berish.
2.Barcha maktablarning sud, prokuratura, advokatura, birinchi navbatda esa voyaga yetmaganlar inspeksiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar bilan aloqalarini mustahkamlash.
3.Doimiy ravishda yangi tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ularni hayotga keng tatbiq etish. To’plangan ilmiy bilimlardan pedagogik tajribalarda oqilona foydalanish, o’smirlarga davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko’nikmalarini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.
Asrlar davomida insoniyat bosqichma - bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umum e’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Insonning haq - huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. "Taraqqiyotning o’zbek modeli"- yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning chuqur ilmiy asoslangan tamoyillaridan birida shunday deyiladi: "Jamiyat hayotining burcha sohalarida qonunning ustuvorligi, demokratik yo’l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim"17.

Download 3,04 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   190




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Huquqiy tarbiyani berish, amalga oshirish yo’llari nimalardan iborat?

Download 3,04 Mb.