|
Jihozlar: kodoskop, mavzuga oid turli diagramma va chizmalar
REJA
|
bet | 62/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaJihozlar: kodoskop, mavzuga oid turli diagramma va chizmalar
REJA
Fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida milliy istiqlol g’oyalarining mazmun, mohiyati.
O’zbekiston fuqarosining o’z Vatanini sevishi.
Qur’oni Karim va hadislarda huquqiy tarbiya.
Yagona o’quv - tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanparvarlik g’oyasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish yo’llari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’naviy-axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, o’zining qator asarlarida shu masalaga alohida to’xtalib o’tadi. Yurtboshimizning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992), «O’zbekiston buyuk kelajak sari» (1998), «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» (1992), «Ma’naviy yuksalish yo’lida» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q»(1998) va boshqa ko’plab asarlarida ma’naviyat va axloqiy tarbiyaga oid g’oyalar keng yoritilgan.
Kelajagi buyuk bo’lgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlatni barpo etish ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok qilib tarbiyalangan yoshlar qo’lida bo’ladi. Shunday ekan yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma’naviy sohada quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozimligi yurtboshimiz tomonidan ham ta’kidlanadi:
Insonparvarlik g’oyalariga sodiqlik;
Milliy-istiqlol g’oyasiga sodiqlik;
Ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash;
Qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san’atni bilish hamda ko’paytirish;
Hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;
Ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish;
Xalqimizning milliy, tarixiy va madaniy an’analarini, ma’naviy tajribasini ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritish;
Ijodning barcha turlarini rivojlantirish.
Prezidentimiz ma’naviyatni aql-axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanishi va rivojlanishini ta’kidlab «Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak»15-deb uqtiradi.
Yurtboshimiz ma’naviyatni jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi kuch deb biladi. U o’zining «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarida shunday deydi: «Sir emaski, har bir davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’anviyati bilan kuchlidir»16.
Mamlakatimizda mafkuraviy mo’ljallarning tubdan yangilanishi , milliy istiqlol g’oyasini kichik maktab yoshidagi o’quvchilardan boshlash zarurligini ko’rsatmoqda. Bu esa talim-tarbiya tizimida yangicha metodologik yendashuvlarni yuzaga keltirayotir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan uslubiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish ishlari Respublikamizda kizg’in olib borilmokda»1. Bu ishlarni amalga oshirishda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarining salmoqli mehnatlari xam sezilib turadi.
Istiqlol mafkurasi ko’p millatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu - intilishlari hayotiy ideallarini o’zida aks ettiradi.
Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodani, tugal namunasi hali hanuz yaratilmagan tushunchalarni o’zimizga tasavvur qilishimiz kerak. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma’no - mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt - saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g’oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no - mazmunini belgilaydi.
Shunday ekan milliy istiqlol mafkurasida fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi qay tarzda talqin etiladi?
Endi Vatan, fuqaro, huquq, axloq, burch, majburiyat tushunchalariga sinkveyn tuzing.
(Sinkveyn tuzish qoidalari oldingi mavzularda keltirilgan )
Yosh avlodga yagona pedagogik jarayonda axloqiy tarbiya malakasini singdirishda avvalo fuqaroviylik yo’nalishini berish muhim masala sifatida qaralmog’i lozim. Zero ta’lim tizimida yoshlar ongida fuqaroviylik tushunchasini hosil qilish vatanparvarlik g’oyalari asosida shakllanadi. Shuning uchun ham fuqaroviylik tarbiyasi vatanparvarlik tarbiyasi bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirilaadi.
O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning «Men nechun sevaman O’zbekistonni» she’rini o’qing (yod ayting) va mushohada qiling.
Vatan - insonning kindik qoni to’kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma’no - mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan - ota - bobolarimizning xoki poylari jo bo’lgan, vaqti - soati yetib har birimiz bosh qo’yadigan muqaddas zamindir.
Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini, jamiyat munfaatlari va aholi xavfsizligining muhofazasini kafolatlovchi huquqiy davlatni barpo etish yo’lidan borayotgan ekanmiz, biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasiga, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi.
Vatanparvarlik haqida gapirganda ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi yo’lida g’amxurlik qilish tushuniladi.
Millatimizning vatanparvarligi- bu xalqimizning qoniga singib ketgan iymon va isnof, mehr-muhabbat, vijdon va andisha, or-nomus, ona yurtga, elatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi g’oya va qarashlari yig’indisidir.
|
| |