• Musulmon olamida Qur’oni Karim va Hadisi Sharif xuquqiy munosabtalarni tashkil etish manbai bo’lib kelganligini siz qanday tushunasiz
  • O’zbekistonda mustaqil demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borilayotganligini qanday asoslab berish mumkin
  • «Vatanparvarlik bu-...» mavzusida esse yozing




    Download 3,04 Mb.
    bet63/190
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #228471
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika

    «Vatanparvarlik bu-...» mavzusida esse yozing.
    (Esse kichik guruhlarda muhokama qilinadi va umumlashtirilgan holda guruh nomidan taqdim etiladi.)
    Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’p muhim masalalardan iborat. Misol uchun Vatan tuyg’usini olaylik. Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi, ya’ni inson o’zligini anglagani, nasl - nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi.
    Musulmon olamida Qur’oni Karim va Hadisi Sharif xuquqiy munosabtalarni tashkil etish manbai bo’lib kelganligini siz qanday tushunasiz?
    Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambar alayhissalom vafotlaridan so’ng islom olamida yangi qonun va qoidalarning paydo bo’lish jarayoni to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda va Payg’ambar Alayhssalom sunnatlarida ko’rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo’ldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hodisalarni jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al Marg’iloniy Qur’oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab fiqh- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan "Al-Hidoya" asarini 573 yil (milodiy 1170yil)da yozgan. "Al-Hidoya" bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo’ldi.
    O’zbekistonda mustaqil demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borilayotganligini qanday asoslab berish mumkin?
    Buni avvalo Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etishi va ulardan oziqlanishida ham ko’rish mumkin:

    • qonun ustuvorligi;

    • inson haq - huquqlari va hurfikrlilik;

    • turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;

    • diniy bag’rikenglik;

    • dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik;

    • o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish va hakozo.

    O’zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqil bo’lishi munosabati bilan maktablardagi ta’lim - tarbiya ishlari rivojlanib takomillashib borayotir. Mamlakatimizda juda katta o’zgarishlar ro’y berganligi yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq tartibotini yana da mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Vatanparvarlik bu-...» mavzusida esse yozing

    Download 3,04 Mb.