• Iqtisodiy ta’lim
  • Iqtisodiy bilim asoslari
  • Ekologik tarbiyaning mohiyati, darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya.
  • Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni




    Download 3,04 Mb.
    bet58/190
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #228471
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   190
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika

    Iqtisodiy tarbiya - jamiyatning shaxsga mustaqil faoliyatida samarali ko’rsatkichlarni ta’minlovchi aniq iqtisodiy tushunchalar iqtisodga bog’langan. Siyosat, qonunlar, qonuniyat asoslari va va ularning amalda foydalanishi yo’l- yo’riqlarning yig’indisini o’zlashtirishga imkon beruvchi izchil maqsadga muvofiq ta’siridir.
    Iqtisodiy ta’lim - ijodkor shaxsining shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy bilimlar, ko’nikma, malaka yig’indisi, uzluksiz izchil maqsadga ko’ra shaxsning ehtiyoj imkoniyatlarini hisobga olib, turli uslub, aniq dasturlar, metodikalar bilan yetkazish jarayonidir.
    Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, bolalar «mendan ketguncha egasiga yetguncha», «Moling sara bo’lmasa, bozoring sara bo’lmas» maqollar ma’nosini tushinib oladilar.Ular o’zlari bajarayetgan ishning chiroyli ,ozoda qilib bajarilishiga e’tibor berishadi.
    Boshlang’ich sinflarga "Iqtisod alifbosi " fani o’qitilmokda. Kitob rasmlardan iborat, chunki o’quvchi xali harf tanimaydi.
    YUqori sinflarda "Iqtisodiy bilim asoslari" degan dars o’tilmokda. "Bozor", "Ishlab chiqarish texnologiyasini o’stirish" ,"Maxsulotlarni tan- narxi", "tovarlarni chet ellar bilan turli yo’llar orqali ayriboshlash” kabi mavzulardagi mashg’ulotlar xayotiy tusda o’tkazilsa o’quvchi ongida chuqur iz qoldiradi.
    Ekologik tarbiyaning mohiyati, darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya.
    Tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ma’lum qoidalarga bo’ysungan holda boradi.Bu qonunlarni buzilishi ertami kechmi ekologik xalokatga olib keladi. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolar umumijtimoiy masalalarning ajralmas qismi hisoblanib,keng jamoatchilik oldidagi xal etilishi zarur bo’lgan masalalardan biridir.Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib ,1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib ,uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muxit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. Ekologik ta’lim va tarbiyani bog’chadan hamda umumta’lim maktablarining 1- sinfidan boshlash kerak. Ekologik tarbiya insonning tabiatiga, biosferaga bo’lgan yangicha munosabatlarni shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi.Ekologik tarbiya atrof muhitga ,olamga ,xayvonot va o’simlik dunyosiga muxabbat va extiyotkorona munosabatlarni shakllantirish jarayonidir.
    Ajdodlarimiz bu masalaga aloxida e’tibor bilan qaraganlar . Bolalar go’daklik chog’laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muxabbat atrof muxitga xurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish hissi shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga "Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Birni kessang, o’nni ek" kabi o’git, nasixat qilganlar. Hozirda umumta’lim maktablarining 5 - sinflaridan boshlab, e k o l o g i ya fani o’qitila boshlanadi.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   190




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni

    Download 3,04 Mb.