|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 163/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaMustaqil ish uchun topshiriqlar
1- topshiriq: “Mustaqil O`zbekistonda o`qituvchi shaxsiga e’tiborning kuchayishi”, “O`qituvchining mas`uliyati va unga qo`yilayotgan talablar” mavzularidagi munozaraga tayyorlanish
2– topshiriq. SHarq mutafakkirlaridan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, az-Zamaxshariy, Sa’diy SHeroziy, Zarnudjiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy va boshqalarning mudarrsilar va ularni tanlash, ularga qo’yilgan talablar, ustoz-shogirdlik munosabati, muomala madaniyati haqidagi qarashlarini konspektlashtirish va ularni Klaster usuli asosida o’rganish.
3- topshiriq: A.Komenskiy, A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy va hozirgi kun pedagoglarining pedagogik mahorat va texnika haqidagi qarashlarini T-chizma usuli bilan tahliliy o’rganish.
4- topshiriq: Muommali vaziyatni yeching:
Bo’lajak o’qituvchilar o’rtasida «Qanday qilib mohir o’qituvchi bo’lib etishish mumkin» degan mavzuda bahs ketmoqda.
- Buning uchun pedagog bo’lib tug’ilish kerak, - dedi bir talaba.
Ba’zilar uning fikriga qo’shilishmadi. Birinchi talaba o’z fikrini shunday asoslashga harakat qildi:
- Pedagogik qalb va mahorat, bolalarga muhabbat bilan tug’ilmagan kishini 5 yil emas, 20 yil institutda o’qitsa ham, undan haqiqiy o’qituvchi yetishib chiqmaydi.
- Mening fikrimcha,- dedi boshqa bir talaba,- pedagog bo’lib tug’ilishgina emas, balki pedagog bo’lib tarbiyalanish ham kerak. CHunki o’qituvchilikka qiziqmay, tasodifiy insitutga kirib qolgan ba’zi talabalar ham o’qish davrida bu kasbga mehr qo’yib, mohir o’qituvchi bo’lib yetishishlari mumkin.
Bu bahsni Siz davom ettiring. Mohir o’qituvchi bo’lib yetishishning yo’llari nimada?
5-topshiriq: Siz o’qituvchi kasbini tanladingiz. Retrospektiv tahlil yordamida eslashga harakat qiling: Birinchi marta qachon o’qituvchi kasbini tanlash haqida o’yladingiz? Nima uchun? YOqtirgan kasbingizni egallash uchun nima ishlar qildingiz? O’z sinfingizda kasb tanlash ishini qanday baholaysiz? Qanday yutuqlarga erishdingiz? Sinf rahbarining kasb tanlash bo’yicha ishiga qanday tuzatishlar kiritgan bo’lar edingiz?
|
| |