|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 161/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaPedagogiklik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o’zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.
Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish.
Pedagogik faliyatlar kishini o’ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umulashtirish tajribasi bilan boytadi.
Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko’nikmalarni faoliyatning ma’lum turini eegallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
O’qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi:
a) amaliy konstruktiv malakalar:
Amaliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish faoliyatining eng muhim qoidalarini tanlay bilish.
har bir o’quvchiga nisbatan uni jamoa sharoitida tarbiyalashning individual rejasini amalga oshira bilish.
O’quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga nisbatan individual munosabatni amalga oshira bilish.
b) Tashkilotchilik malakalar:
O’quvchilar orasidagi aktiv bolalarni aniqlay bilish, tanlay bilish, ularni idora qilish.
O’quvchilarning turli xildagi jamoa individual holatini uyushtira bilish, ularni ijtimoiy aktivliklarini bilish.
O’quvchilarga berilgan jamoa ijtimoiy topshiriqlarni berilishi yuzasidan nazorat o’rnatish va ularga zarur vaqtda amaliyo yordam berish.
O’zi rahbarlik qilgan sinfda amaliy ishlarni boshqarish.
Ota- onalar va keng jamoatchilik o’rtasida ishlar tashkil eta bilishi, maktab rejimi shunday tuzilishi kerakki: bola maktabda yaxshi o’qisin, samarali xizmat qilsin, yaxshi dam olsin, hamma vaqt foydali va qiziqarli mashg’ulot bilan band bo’lsin, bunday faoliyatni uyushtirishga doir pedagogik talablar qo’yiladi.
O’qituvchi oldiga qo’yiladigan talablar:
Faoliyatdan kutilgan maqsadni o’quvchilar jamoasi ham alohida o’quvchi ham aniq his qilsin. (Masalan: metallom yig’ish bunga o’z xoxishlari bilan kirishishlari lozim.)
Faoliyatni tashkil etish o’quvchilar tashabbusi va ijobiy faollikka suyanish lozim. Ishni taqsimlash, rejalashtirish, hisobga olish, natija chiqarish kabilarni o’quvchilarning o’zlariga havola qilish kerak.
O’qituvchi faolyaitiga pedagogik rahnamolik qiladi.
Faoliyat jarayonida har bir bola sohibkorlik va ijrochilik malakalarini egllab borishi.
Ish natijasini muhokama qilish, ishtirokchilarni rag’batlantirish.
Xush pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topgan?
Bu fahm farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarining yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat mujassmdir.
Ped mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Har bir mohir pedagogning shunday zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lib, mazkur masalalarni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch - g’ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi kollektivga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to’g’rilik va halollikni, o’tkir aql - idrokni bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko’rish malakasini talab qiladi.
A.S.Makarenko aytganidek, "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, agar u bolalar muhitidagi ilg’or kuchlarga ayana olmas ekan, ularning o’stirishini rag’batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta’sir ko’rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya’ni o’ziga eng oson yulni tanlaydi.
Chinakam mahorat bilan obrutalablik bir biri bilan sig’isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar sistemasi bolalarning ijodiy kamolatiga yordam berishi lozimligini o’ylasa obrutalab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so’zsiz qo’loq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko’maklashadi".
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi - tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o’zi kasbining chinkakam ustasi bo’la olmaydi.
Zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ularni o’sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlanish yo’llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarining o’zaro bir - biriga o’tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir.
a) o’qituvchi faoliyatining insonparvarlik yunalishi;
b) ixtisosga doir bilimlar mutaxasislik fanini, uni o’qitish metodikasini pedagogika va psixologiyani chuqur bilish;
v) pedagogik qobiliyat (bilish, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, obru orttira olish, to’g’ri muomala qila olish, kelajakni ko’ra bilish, diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari va pedagogik nazokat odob - axloq);
g) pedagogik texnika (nutq malakasi, mimik pontamimik ifodaliligi, o’z hissiy holatini boshqarishi.)
"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokt, yo saodat, yo falokat masalasidir", - degan edi milliy tarbiyamiz daxolaridan biri A.Avloniy. hayot, najot, saodatga eltuvchi ish, tarbiyani amalga oshiruvchi zot - o’qituvchidir.
Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinma va holatigina emas, balki pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv, asosiy rag’bat bo’lishi kerak. Bolalarga yaxshilik qilishimiz va mehribonligimiz, ular bilan qo’pol muomalada bo’lishimizga, ularning nafsoniyatini va qadr - qimmatini siqishtirishga, ularga baqirish va ularni qo’rqitishag, ulardan har birining qayg’u alamini sezmaslikka va har biri erishgan yutug’idan xursand bo’lmaslikka ularga yordamga kelmasligimizga ishonchsizlik ko’rsatishimizga yo’l qo’ymaydi. Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehri daryo pedagog ko’proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi.
Insonparvar pedagog bolalarni bilim bilan tanishtirayotganda ayni vaqtda ularga o’z xarakterini bera oladi, ularga odamiylik namunasi bo’lib ko’rinadi. Bola uchun o’qituvchisiz bilim yo’q.
Shuning uchun bola o’qituvchisini yaxshi ko’rib qolsa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o’qituvchining zarur ishi, faqat o’z o’qituvchisini yaxshi ko’rgan bola bilimlar olamiga kirib boradi. Jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarni o’zlashtira boradi.
Ta’lim va tarbiya metodlari, usullari, formalri pelagogning bolalarga mehr muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to’la qalbidan o’tib takomillashadi.
O’qituvchining o’zi bir shaxsiyat bo’lishi kerak, negaki shaxsiyatni faqat shaxsiyatgina tarbiyalab berishi kerak. Insonparvarlikni faqat qalb mehrigina berishi mumkin. U albatta keng ma’lumotli ijodiy kishi bo’lishi kerak, negaki bilim ishtiyoqini faqat shu ishtiyoqda yongan kishiga yoqshi mumkin.
Bizning jamiyatda o’qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan ruhlantirishga kelajak ideallarini hozirdan mustahkamlashni ularga o’rgatish, kelajak bolalr qoshiga kelgan kishidir.
|
| |