|
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni
|
bet | 160/190 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #228471 |
Bog'liq Umumiy pedagogikaNAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim yo’nalishlari qanday belgilangan?
AQSHda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?
YAponiya ta’lim tizimi haqida gapirib bering.
Janubiy Koreyada ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?
Fransiyadagi ta’lim tizimini so’zlab bering.
Germaniya ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?
O’zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan qanday foydalanish mumkin?
31-mavzu:
PEDAGOGIK MAHORAT VA MADANIYAT. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida va respublikamizning ta’lim to’g’risidagi qonunida o’qituvchi va o’quvchi shaxsiga qo’yilgan talablar.
O’qituvchi kasbining tarixan taraqqiyoti, uning jamiyatda tutgan o’rni.
Pedagogik faoliyat va uning o’ziga xosligi.
Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan davrda o’qituvchi - ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni masalalari.
SHarq mutafakkirlari ijodida o’qituvchi, ustoz - shogird munosabatlari, jamiyatda o’qituvchi o’rni masalalarining yoritilishi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o’z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir.
Prezidentimiz o’zining qator nutqlari va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga to’xtalganda, o’qituvchini e’tibordan chetda qoldirmaydi.
I.A.Karimov Oliy Majlis IX sessiyasida so’zlagan "Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzuidagi nutqida jamiyatimizda ta’lim berish tizimi, yangilanish jarayoni talablari bilan yaqindan bog’lanmaganligi sabablaridan biri o’qituvchiga borib taqalishini aytib o’tadi: "Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy ta’lim berish ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz.
Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak.
Bundan ko’rinadiki, o’qituvchi avvalo zamonaviy bilim bilan qurollangan bo’lishi lozim.
Eski ta’lim tizimzning yana bir qusuri, boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganligimizdadir, - deydi prezidentimiz: "Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar birinchi sinfda dars beraveradi.
Boshlang’ich ta’limga past nazar bilan qaralishining isboti shuki, sobiq SSSRda butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1-4 sinf o’quvchilarni o’qitadigan muallimlar tayyorlar edi.
Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar berkitib qo’yilishi oddiy mantiqning o’zi talab etadi.
Prezidentimiz qo’yayotgan yana bir talab demak, boshlang’ich sinflarga eng yetuk, tajribali o’qituvchilarni qo’yish.
I.A.Karimov o’zining qator asarlarida ta’lim - tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazumuni erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishini ta’kidlab o’tadi. Bu jarayonda o’qituvchi - o’quvchi munosabatini o’zgartirish talab etiladi. Yurtboshimiz: "Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak" - deyish bilan maktablarda mustaqil fikrlashag o’rgatilmayotganligiga ham to’xtalib o’tadi.
Maboda biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: "Mening aytganim aytgan deganim - degan".
O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
O’qituvchiga qo’yiladigan yana bir muhim talab, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur tushunib yetib va bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdan iborat.
Prezidentimiz Oliy Majlis XI sessiyasida so’zlagan "Konstitusiyamiz inson manfaati uchun xizmat qilsin" nutqida tarbiyachi va o’qituvchilarni O’zbekistonda bo’layotgan turli xavflrdan yoshlarni himoya qiluvchi bo’lib maydonga chiqishga chaqiradi: "Olimlarimiz, ta’lim tarbiya dargohlarining tarbiyachilari, o’qituvchilari O’zbekistonga bo’lgan xavf va tahdidlarni to’g’ri tahlil qilib, bolalarimiz taqdiri uchun birinchi navbatda yonib harakat qilishi, bolalarimizni bunday yovuz xavfdan himoya qilish zarur". (Barkamol avlod orzusi 77-bet).
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 5-moddasida tegishli ma’lumoti "kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega" ekanligi ta’kidlanadi.
Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kunimiz talabi bo’yicha o’qituvchiga qo’yilgan talablar ham kengayib, murakkablashib bormoqda.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etiladi. O’qituvchining yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun hozirgi kun o’qituvchisi:
pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;
milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol;
O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan, e’tiqodli fuqaro;
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
o’qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’quvchi ulg’ayib, yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan;
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i darkor.
Davlatimiz xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayogan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. hozirgi kunda ta’lim - tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o’quvchilarning xilma -xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli barkamol inson qlib o’stirish o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
Har bir jamiyatda, oldingi tuzumlarda ham o’qituvchi ustoz muallim oldiga eng muhim vazifa jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo’yilgan.
Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar.
Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Gretsiyada bolalarni o’qitadigan kishini didaskal ("o’qitaman", "o’rgataman") deb ataganlar. O’g’il bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan, bunday qul pedagog (("paye") bola, "agogayin" yetaklab bormoq) deb atalgan.
Bu tushunchalar hozirda ham o’qituvchiga nisbatan ishlatilib kelinadi. Lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.
Har bir jamiyatda ham pedagoglarga o’qituvchi tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan.
Ayniqsa bizning mustaqil O’zbekistonimizda o’qituvchiga hurmat e’tibor va unga qo’yiladigan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda.
hozirgi kunda o’zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo’shayotgan ijodkor o’qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Mohir o’qituvchilarni aniqlash uchun o’tkazilayotgan tanlovlar ana shu yutuqlarga omil bo’lmoqda. Maktablarda metodist o’qituvchi, katta o’qituvchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, O’zbekiston xalq o’qituvchisi unvonlariga sazovor bo’lgan o’qituvchilar soni ko’paymoqda.
1997 yil 6 oktyabrda Prezidentimizning "Ta’lim - tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida"gi Farmoni e’lon qilinib, bunda shunday deyiladi: "Ta’lim muassasalarida birinchi navbatda Oliy ta’lim muassasalari professor - pedagogik xodimlar safidan yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarini o’rganishi o’qitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini ta’minlash maqsadida "Ustoz" respublika jamg’armasi tashkil etilsin".
O’qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’maklashish, ixtidorli, yosh pedagoglarni aniqlash, ularning iqtidori kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarni yetuk o’quv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirishga ko’maklashish maqsadida bu jamg’arma tuzilgan edi.
Umuman o’qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markazida turibdi. O’qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi mushohadali bo’lishlariga e’tibor berilayotir.
Bu g’amxo’rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko’p jihatdan o’qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog’liqdir.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida davlat oldida javob beradigan bolalarga ta’lim tarbiya berish maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o’qituvchilarning faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir bola o’z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o’zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar ana shunday xususiyatlarni bilishi lozim. O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari professiogrammasida ifodalanadi, professiogramma quyidagi-larni o’z ichiga oladi:
1. O’qituvchi shaxsining xususiyatlari.
2. O’qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga quyiladigan talablar.
3. Maxsus tayyorgarlikni hajmi va mazmuni.
4. Ixtisosga oid umumiy tayyorgarlikning mazmuni.
O’qituvchi shaxsining xususiyatlari:
G`oyaviy sohada: Ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollik.
|
| |