2.14-rasm. Mobil ilova sifatini baholash mezonlari. 1. Grafik dizayn. Mobil ilovalar dizayniga qo‗yiladigan talablar doimiy
ravishda o‗sib bormoqda. Hozirda mashhur dizayn tendentsiyalari mavjud va buni
ishlab chiqishda hisobga olish kerak, lekin shu bilan birga, dasturning
foydalanuvchi tajribasi yomonlashmasligi kerak. Dizayn dasturning maqsadli
auditoriyasiga mos kelishi kerak.
2. Foydalanuvchi uchun qulaylilik. Mobil ilovada bir-biriga ulangan
ko‗plab ekranlar bo‗lishi mumkin. Foydalanuvchi mobil ilovaning mantig‗ini
tushunishi uchun ekranlar orasidagi o‗tishlarni to‗g‗ri tashkil etish juda muhimdir.
MOBIL ILOVA SIFATINI BAHOLASH MEZONLARI DIZAYN
QULAYLILIK
FUNKTSIONALLIK
TA`SIRLILIK
BARQARORLIK
81
Foydalanish qulayligi tugmalar yoki piktogrammalar kabi faol boshqaruv
elementlarining muvaffaqiyatli joylashishiga ta‘sir qiladi.
3. Funksionallik.Funksionallikni baholashda, birinchi navbatda, nosozliklar
yo‗qligiga e‘tibor berish kerak. Mobil ilovaning ma‘lum bir funksiyasini amalga
oshirishda foydalanuvchi xatoga yo‗l qo‗yganini bildirish lozim.
4. Foydalanuvchiga nisbatan ta‘sir darajasi. Ilovaning salbiy ta‘siri
foydalanuvchiga ortiqcha talablar bilan ifodalanishi mumkin, bu esa
foydalanuvchini keraksiz ravishda zo‗riqtirishi yoki muhim bo‗lmagan harakatlarni
bajarishga majbur qilishi mumkin.
5. Barqarorlik. Mobil ilovaning ishlash tezligi ham juda muhim. Ekranlarni
yuklash uchun juda uzoq vaqt sarflashi, ilovaning barqarorligi bilan bog‗liq
muammolar mavjudligini bildiradi.
Mobil ta‘limni oqilona tahlil qilishga asoslangan FRAME (The framework for
the Rational Analysis of Mobile Education) modeli dastlab masofaviy ta‘lim uchun
mobil qurilmalar samaradorligini baholash uchun asos sifatida ishlab chiqilgan.
FRAME modeli mobil ta‘limni mobil texnologiyalar, insonlarning ta‘lim
imkoniyatlari va ijtimoiy o‗zaro ta‘sirlarning konvergentsiyasi natijasida yuzaga
keladigan jarayon sifatida tavsiflovchi birinchi keng qamrovli nazariy modeldir. U
keng qamrovli axborotni yuklash, bilimlarni navigatsiya qilish va hamkorlikda
o‗rganishning zamonaviy pedagogik muammolarini hal qiladi. Ushbu model
kelajakdagi mobil qurilmalar va mobil ta‘lim uchun mo‗ljallangan o‗quv
materiallarini ishlab chiqish hamda mobil ta‘lim uchun o‗qitish strategiyalarini
aniqlashtirishga yordam beradi deb umid qilinadi [37].
Ta‘limiy mobil ilovalar ishtirokidagi ta‘limni tahlil qilish uchun mobil ta‘lim
jarayonini alohida komponentlar majmuasi sifatida ko‗rib chiqadigan va ilmiy
doiralarda keng qo‗llaniladigan FRAME modeliga murojaat qilindi [36].
FRAME o‗quv jarayonida qo‗llaniladigan mobil qurilmalarning texnik jihatlarini
ham, o‗quvchilarning individual xususiyatlari bilan birgalikda ta‘limning ijtimoiy
jihatini ham hisobga oladi. Har bir jihat mobil qurilma va ilova yordamida o‗quv
82
jarayonini optimallashtirish uchun sozlanishi mumkin. Ikki asosiy turning o‗zaro
ta‘sirining turli xil variantlari bilan bir nechta kichik turlar ajratiladi: