80
Uchinchidan, ta‘limiy mobil ilovalar ishtirokidagi ta‘lim jarayonining barcha
bosqichlarida o‗quv va kognitiv faoliyatni faollashtirish zarurligini hisobga olish
kerak.
To‗rtinchidan, o‗quv materialini tizimlashtirish, uni mantiqiy tugallangan
didaktik birliklar, bloklar, modullarga bo‗lish zarur [79].
Mobil ilovalarning sifati undan foydalanuvchilar uchun foydalanish
qulayligini va dasturning maqsadli auditoriyasi orasida mashhurligini, reytingini,
o‗rnatishlar soni, sharhlarni belgilaydi.
Mobil ilovani yaratishdan oldin dasturchi ikkita asosiy jihatdan kelib chiqadi:
1) Ilovaning maqsadli auditoriyasi (jinsi, yoshi, faoliyat sohasi);
2) Mobil ilovani yaratish maqsadi.
Mobil ilova maqsadli auditoriya uchun qulay bo‗lishi va u yaratilgach
qo‗yilgan maqsadni bajarishi kerak. Ushbu asosiy jihatlarga qo‗shimcha ravishda,
mobil ilova yuqori sifatli bo‗lishi va raqobatchilarning ilovalaridan yaxshiroq
bo‗lishi kerak. Sifatni baholash eng yaxshi aniq belgilangan beshta mezonlarga
muvofiq amalga oshiriladi.