88
Ta’limning an'anaviy modeli - o‗tmish va hozirgi madaniyatning
umuminsoniy elementlarini yosh avlodga yetkazish usuli sifatidagi tizimli
akademik ta‘lim modelidir. Unda
talaba umumlashtirilgan bilim, ko‗nikma va
malakalar tizimini o‗tkazish zarur bo‗lgan ob'yekt sifatida qaraladi. O‗rganish,
birinchi navbatda, o‗quvchilarning tafakkuriga emas, balki xotira mexanizmlariga
ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday ta‘limning maqsadi oldindan belgilangan xususiyatlarga
ega shaxsni shakllantirishdir. Natijalar shaxsning tayyorgarligi
va ijtimoiylashuvi
darajasida ifodalanadi.
Ta’limning ratsional modeli asosiy vazifa sifatida ta‘lim mazmunini emas,
balki o‗quvchilar tomonidan bilimlarni o‗zlashtirishning samarali usullarini
qo‗yadi. Ta‘limning zamonaviy ratsiоnalistik
mоdeli mafkurasi xulq-atvor
konsepsiyasiga asoslangan. Ushbu model о‗quvchilarga nisbatan passiv rоlni
belgilaydi. Ratsiоnalistik modelda ijodkorlik, mustaqillik, mas‘uliyat, individuallik
kabi hodisalar deyarli hisobga olinmaydi. Ta‘limning ratsionalistik modeli birinchi
navbatda, yosh avlodning mavjud jamiyat va ishlab chiqarishga amaliy
moslashishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, har qanday ta‘lim
dasturi bilim,
ko‗nikma va malakalarning "xulq-atvor" tomonini ta`minlashga qaratilgan bo‗lishi
kerak.
Ta’limning gumanistik (fenomenologik) modeli o‗quv jarayonining markazida
o‗quvchi shaxsi va uning rivojlanishini hayotning sub'ekti sifatida qo‗yadi. U
о‗quvchining ichki dunyosini rivojlantirishga, shaxslararo muloqotga, shaxsiy
о‗sishda psixоlоgik va pedagоgik yordamga qaratilgan.
Ushbu model
о‗quvchilarning individual psixologik jihatlarini, ularning qiziqishlari va
ehtiyоjlarini hisobga оlgan hоlda о‗qitishning shaxsiy xarakterini о‗z ichiga oladi.
Uning vakillari tа‘lim muassasasiga ―tа‘lim konveyeri‖ sifatidagi qarashni inkor
etadilar. Gumanistik yо‗nalish о‗quvchilar (talabalar) va о‗qituvchilarning erkinligi
va
ijodkorligini, shuningdek, shaxsning rivojlanish avtonomiyasiga bо‗lgan
huquqini va о‗z tа‘lim yо‗lini nazarda tutadi.
Institutsiоnal bо‘lmagan ta’lim mоdeli oliy ta‘lim muassasalaridan tashqarida,
alohida tashkil etiladi. Ushbu model parallel maktablar sharoitida, internet
89
tizimidan foydalanish, masofaviy ta‘lim, "ochiq maktablar", "ochiq universitetlar"
va boshqalarni o‗zida mujassamlashtiradi. Uni tashkil
etishda kommunikatsion
texnologiyalar va boshqa axborot vositalaridan foydalanish ta‘lim jarayoni
samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ammo ko‗plab o‗qituvchilar ushbu
vositalardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak,
deb hisoblashadi, chunki
ular ta‘lim va jonli muloqotda almashtirib bo‗lmaydigan insoniy aloqalarni ortga
suradi.
2.3-jadval