|
-расм.АбигалFA-870 F1
Abigal FA-870F
|
bet | 85/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka12-расм.АбигалFA-870 F1
Abigal FA-870F1– isroilning «Xazera» firmasi yaratgan, 2005 yildan boshlab O‘zbekiston-da tumanlashtirilgan. Duragayning o‘suv davri 115-120 kun. O‘simliklari baquvvatligi o‘rtacha. Mevalari tekis dumaloq, zich, qipqizil rangli, o‘rta-cha vazni 160-220 g, ta’mi yaxshi, yangiligicha iste’mol qilishga mo‘ljallangan. Yuqori hosilli, uzoq masofaga tashishga yaroqli, kasalliklar va yuqori haroratga chidamli (12-rasm).
Sharlotta FA-1402 F1 – isroilning «Xazera» firmasi yaratgan, O‘zbekiston-da 2005 yildan tumanlashtirilgan. O‘suv davri 120 kun. O‘simligi o‘rtacha baquv-vat. Mevalari dumaloq tekis, qattiq, ravshan qizil rangli, vazni 160-220 g, mazali, yangiligicha iste’mol qilishga mo‘ljallangan. Yuqori hosilli, uzoq masofaga olib borishga yaroqli, kasalliklar va yuqori haroratga chidamli (13-rasm).
14-расм.АстонаF1
Astona F1 – ochiq va himoyalangan yerlarning barcha mavsumlari uchun indeterminant ertapishar duragay. Mevalari uzoq muddat saqlanishga yaroq-li, yassidumaloq shakli, bir xil, ichki va tashqi rangi chiroyli, yorilishga chidamli, vazni 170-190 g, O‘simligi baland bo‘yli, baquvvat, orasidan havo yaxshi o‘tadi, yuqori hosilli. Past haroratga chidamli, sovuq sharoitda mevalarini yaxshi tugadi. VTM, vertitsillez va fuariozga chidamli (14-rasm).
So‘nggi yillarda ayrim issiqxonalar oz miq-dorda cherri tipidagi shingilli pomidorni yetish-tirmoqdalar (78-rasm).
15-rasm.Cherri tipidagi shingilli pomidorlar
Bu navlar yuqori hosildorlikka ega, shu bilan birga ular kichik o‘lchamli (15-25 g) va butunligicha iste’mol qlinishi mumkin bo‘lgani uchun tashqi bozorda yuqori baholanadi. Ularni terish va qadoqlash juda qulay (juda oson). O‘zbekistonda shingilli pomidorga mavqei yuqori restoranlarda talab ortib bormoqda. Niderlandiyaning Yenza Zaden firmasi O‘zbekistonga cherri tipidagi pomidor urug‘ini olib kelmoqda. Salomi, Sakura, Nektar duragaylari shular jumlasidan. Ular rayonlashtirilmagan, ammo sinovdan o‘tmoqda.
|
| |