|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 81/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka66-rasm.Pomidorning superdeterminant (a), determinant (b) va yarimdetermi-nant (v) navlari bosh poyasida barg va gulshodalarini joylashish sxemasi
1.Superdeterminantlilar – asosiy poyasida 2-3 to‘p gullarni hosil qilgan-idan so‘ng o‘sishdan to‘xtaydi. Birinchi to‘p guli 6-7 bargdan so‘ng, qolganlari esa 1-2 bargdan keyin yoki ustma-ust hosil bo‘ladi.
2.Determinantlilar – 4-6 gulshoda hosil qilganidan keyin o‘sishni cheklaydi. Birinchi gulshoda 8-9 bargdan so‘ng, keyingilari 1-2 barg paydo bo‘lgandan so‘ng hosil bo‘ladi. O‘simliklari superdeterminantlilarga nisbatan baland bo‘yli, shu sababli ularga shakl berish o‘ng‘ay. Mahalliy «Subxidam» va «Gulqand» issiqxona navlari bu guruhga mansubdir.
3.Yarimdeterminantlilar – bosh poyasini o‘sishini 7-8 gulshoda hosil qilinganidan so‘ng cheklaydilar. Birinchi to‘p gullari 9-11 bargdan keyin, navbatdagilari esa 2-3 barg hosil bo‘lganidan so‘ng paydo bo‘ladi. O‘simliklari bo‘y-chanligi jihatidan indeterminantlilardan kam farq qiladi. Ularga Rossiyaning tumanlashtirilgan Gamayun navi mansub.
Pomidorni indetenrminant navlar bosh poyasi surunkali va chegaralanmagan holda o‘sib, balandligi 1,5-5 m gacha bo‘lgan baquvvat tup hosil qiladi. Ularni butun o‘suv davri mobaynida gullashi va meva berish, ularni ajralib turadigan xususiyati hisoblanadi. Odatda bular o‘rtagi kechki va kechpishar navlardir. Ularni afzalligi yuqori va bir tekis hosil berishi, osonlik bilan bir poyali shakl berish mumkinligidadir. Indeterminant navlar orasidan tezpisharligi va qanday maqsadda foydalanishiga ko‘ra farqlanuvchi bir necha guruhlarni ajratib olish mumkin. Inderterminant navlar qatoriga mahalliy Ava-Mariya issiqxona navi ham kiradi. O‘zbekistonda tumanlashtirilgan chet el issiqxona duragaylarining ko‘pchiligi indeterminantdir.
Pomidorning determinant navlarida 3-5 dona gulshoda hosil qilganidan va poyasining uchida so‘nggi gulshoda shakllantirganidan so‘ng bosh poyasi o‘sishdan to‘xtaydi. Determinant navlar tuplari – kichik yoki o‘rta bo‘yli (40-80 sm) bo‘ladi. Bu navlar nisbatan tezpishar, hosilni tekis berishi bilan ajralib turadi.
Determinant duragaylar bir qator afzalliklarga ega, xususan qisqa aylanishda. Birinchidan, birinichi to‘p gullarning o‘simlikni pastki qismida hosil bo‘lishi sababli biologik jihatidan (nihollar hosil bo‘lganidan birinchi mevasini pishguniga ketgan kun) tezpishar bo‘lishligi, shuningdek poyalarda gul shingillarini zich joylashishi tufayli (hosil berish davrining birinchi oyida) xo‘jalik jihatidan ahamiyatlidir. Ikkinchidan, poya uzunligi birligida 2-3 barobarga ko‘p to‘p gullari hosil qilishi, shuningdek oziqaga boy fonda juda kam g‘ovlashi tufayli issiqxona hajmidan samarali foydalanishga imkon beradi. Bulardan tashqarilar, noqulay sharoit va kasalliklarga chidamlidir. Determinant navlari va duragaylarining populyatsiyalari hosilni shakllantirish va mevalarini o‘lchami bo‘yicha bir tekis emasligi, ularni kamchiligi hisoblanadi.
Pomidorni indeterminant va yarimindeterminant navlari asosan issiq-xonalarda o‘stiriladi, determinant navlari esa odatda plyonkali qoplmalar osti-da yetishtiriladi.
Barcha aylanishlar uchun nav va duragaylarning kasallikka chidamliligi muhim belgi hisoblanadi. Jahon sabzavotchiligi amaliyotida duragaylarni kasallikka chidamligini quyidagi indekslar bilan belgilash qabul qilingan: Tm – tamaki mozaika virusi (TMV); S1, S2, S3 – barglarning qo‘ngir dog‘lanishi (raqam-lar qo‘zg‘atuvchining irqiy tartibini bildiradi); V – vertitsilloz; F1, F2 – fuzarioz (1 va 2 irq); N – melidogenez (galovaya (qo‘ng‘ir) nematoda); R – ildizlarni po‘kaklanishi; W – uchini oqarib qolishi (silvering); B – bakterial so‘lish.
Urug‘chilik firmalari qadoqlarda duragay urug‘ nomidan oldin F1 belgisini qo‘yadi, bu duragayni birinchi avlodga mansub ekanligini bildiradi, so‘ng duragay qaysi kasalliklarga chidamli bo‘lsa yuqorida ko‘rsatilgan indekslar ko‘rsatiladi. Duragaylarni tanlashda xo‘jalikda eng ko‘p tarqalgan kasalliklarga chidamliligi bo‘yicha ajralib turadigan duragaylarga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Nav va duragaylarni tanlashda ularning serhosilligi, tezpisharligi, kasallikga chidamligi, mevasining sifati kabi ko‘rsatkichlardan tashqari boshqa xususiyatlari ham hisobga olinishi kerak. Masalan, mevasi kuzgi-qishki aylanishda mevalari sekin-asta pishib yetiladigan xususiyatlarga ega bo‘lgan nav va duragaylar ko‘proq qiziqtiradi, bu terim sonini kamaytirishga, tashishni yaxshilashga va mevalarni 1,5 oygacha sifatlarini saqlab turishga imkoniyat beradi.
Pomidor nav va duragaylari gulshodalarini qisqa, ingichka, sinmaydigan bandli xususiyatiga ega bo‘lishi xo‘jalikni katta e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Bunda gulshodalarni kanop bilan bog‘lash yoki maxsus plastik tutqichlardan (klipslardan) foydalanishga zaruriyat qolmaydi. Gulshodalar g‘uj bo‘lishi va chegaralanishga muxtoj bo‘lmasligi kerak.
|
| |