• Reja: Issiqxonalarda pomidor o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
  • O‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet79/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Nazorat savollari:
    1. Chuchuk qalampirni oziqalik ahamiyati qanday?
    2. Chuchuk qalampirni morfologik tasnifi qanday?
    3. Chuchuk qalampirni yorug‘likka va haroratga talabi qanday?
    4. Tuproq va havoning namligiga chuchuk qalampirni talabi qanday?
    5. Chuchuk qalampir navlariga qanday talablar qo‘yiladi?
    6. O‘zbekistonda chuchuk qalampir qaysi aylanishlarda yetishtiriladi?

    17-Mavzu. Issiqxonalarda yetishtirishga tavsiya etilgan pomidorni duragaylarini tanlash


    Reja:



    1. Issiqxonalarda pomidor o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.

    2. O‘zbekiston issiqxonalarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan nav va duragaylar.

    Pomidor (Lycopeicon esculentum Mill) mevalari yil mobaynida iste’mol qilinadigan to‘yimli va qimmatbaho sabzavotlar qatoriga kiradi. U jahondagi oynavand va plyonkali issiqxonalarning 60% ga yaqin maydonini egalaydi. Bolgariya, Ruminiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar issiqxona maydonlarining 70-90% da pomidor yetishtiriladi. Boltiqbo‘yi mamlakatlari yirik issiqxona kombinatlarining – 30-40% maydonini pomidor egallaydi. Rossiyaning shimoliy va markaziy mintaqalarida – 25-30%, janubiy mintaqalarda esa – 80% gacha pomidor tashqil qiladi.
    O‘zbekistonda pomidor issiqxonaning asosiy ekini hisoblanadi. U ayniqsa, kuzgi – qishki va o‘tuvchan aylanishlarda (mavsumda) ko‘proq eqiladi.
    O‘sish va rivojlanish xususiyatlari. Pomidor tabiatan ko‘p yillik o‘sim-lik, ammo u ekin sifatida yetishtirilganda bir yillikdir. Agar u sovuqdan saq-lansa bir yildan ko‘p o‘sishi mumkin. Uning mevalari navi, yetishtirish uslubi va o‘sitirish sharoitiga ko‘ra niholari hosil bo‘lganidan 80-160 kundan so‘ng pishaboshlaydi.
    Pomidor urug‘i uchburchaksimon-buyraksimon shaklda bo‘lib, yassi, tukli, qo‘lrang-sarg‘imtir rangli. 1000 dona urug‘ining vazni – 2,5-4 g. Urug‘lari o‘nuvchanligi 4-6 yil mobaynida saqlanadi.
    Pomidor ildzi tizimi yetishtirish uslubi va naviga bog‘liq bo‘ladi. Ochiq maydonda ko‘chatsiz urug‘idan yetishtirilsa o‘qildizli bo‘lib, tuproqning 1,2-1,4 m chuqurligigacha o‘sib kiradi va tarqalish diametri 1,5-2 m bo‘ladi. Ko‘chat orqali o‘sitirilsa popuk ildizli bo‘lib, tuproqning v 0,3-0,5 m qatalamigacha kirib boradi. Himoyalangan yerda ildiz tizimi qalinligi 30 sm dan oshmaydigan substratda joylashadi. Pomidor asosiy va yon ildizlardan tashqari, poyalarini biror qismi nam tuproq bilan ko‘mib qo‘yilsa, shu yeridan qo‘shimcha (adventiv) ildiz chiqarish xususiyatiga ega. Bu zaruriyat bo‘lganda poyaning biron bir qismini va bachki shoxchasini ildizlatib o‘simlikni tezda ko‘paytirishga imkon beradi.
    Pomidorni katta yoshdagi tupi bir yoki birnecha poyalar, ularga joylashgan barglar va gullar to‘plamidan iborat.
    Bargi poyada spiralsimon joylashgan bo‘lib, uzuq-uzuq-toq patsimon. Barglari poyaga nisbatan tik (vertikal), gorizantal va yerga egilgan holatda birikkan bo‘ladi.
    Pomidor bargi bo‘lak, bo‘laklar va bo‘lakchalardan iborat. Soni va qirqilish darajasiga ko‘ra bo‘laklari yaxlit, kam va ko‘p qirqilgan, yirik bo‘lakli kartoshkanikiga o‘xshash bo‘laksiz cheti tekis bo‘lishi mumkin. Shtamb (tik o‘suvchi) navlar barglari oddiy va kartoshkakiga o‘xshash bo‘lib, g‘uj joylashgan, barg bandi qisqa va barg yuzasi juda burmali bo‘ladi (61-rasm).

    21-rasm. Pomidor barglari tuplari: 1 – oddiy, 2 – shtambali, 3 – yirik bo‘lakli
    Barg shakli, o‘lchami va rangi yoshiga, nav va o‘stirish sharoitiga ko‘ra juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bargi poya va ildizga nisbatan yashash davrining qisqaligi (3-4 oy) bilan farq qiladi.
    Pomidor gullari 2-3 kun ochilib turadi. Gullarni changlanishi uchun haro-ratni 24-32S, havoning nisbiy namligini – 70-80% bo‘lishi eng qulay hisobla-nadi. Pomidor – o‘z-o‘zidan changlanadigan o‘simlik. Urug‘siz meva hosil qiladigan navlari ham bor. Gullaganidan mevasini pishgunicha 35-60 kun o‘tadi.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.