|
-rasm. Pomidor gullari:
kam bo‘lakli
|
bet | 80/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka20-rasm. Pomidor gullari:
kam bo‘lakli – besh bo‘lakli (1, 3, 7), ko‘p-ko‘p bo‘lakli – besh bo‘lakdan ko‘p (2, 4, 5, 6, 8), sariq (1, 2, 4, 5, 6, 7), to‘q sariq (3, 8), mayda (1, 3, 6, 7), yiriklar (2, 4, 5, 8), tuklilar (1, 2, 3, 4, 5, 8) va tuksizlar (6, 7)
Pomidor mevasi – ko‘p uyali, ko‘p urug‘li, etli rezavor. Mevalari vazni jihat-idan har xil bo‘lib: 20-50 g dan 500-800 g gacha bo‘ladi. Vazni 70 g gachasi mayda, 70-100 g – o‘rtacha, 100 g dan og‘iri – yirik hisoblanadi. Pomidor mevalari shakli bo‘yicha yassi, yassi dumaloq, dumaloq, ovalsimon, noksimon, cho‘ziq silindrsimon va boshqacha bo‘ladi.
Meva o‘lchami va shakli nafaqat naviga ko‘ra farq qiladi, balki yetishtirish sharoitiga ham bog‘liqdir. Ular o‘numdor va nam yerlarda, o‘numdorligi va namligi yetarli bo‘lmagan yerlardagiga nisbatan yirikroq va qattiq (tig‘iz) bo‘ladilar.
Ochiq maydon sharoitida turli xil pomidor navlarining nihollari hosil bo‘lganidan birinchi mevasini pishgunicha o‘suv davri: erta pisharlarda – 85-100 kun, o‘rtagi ertagilarda – 101-110 kun, o‘rta pisharlarida – 110-115 kun, o‘rtagi kechpisharlarida – 116-120 kun va kechpisharlarida esa – 120 va undan ko‘p kunni tashqil etadi. Ko‘rsatilgan muddatlar taxminiy bo‘lib, yetishtirish sharoitiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Gulshodasini yuqorida hosil qiladigan himoyalangan yerlarda foydalaniladigan indeterminant navlarning o‘suv davri davomiyligi 2-3 haftaga ko‘pdir. Himoyalangan yerda pomidorlar odatda qisqa aylanishda 2-3 oy, o‘tuvchan mavsumda esa 6-7 oy mobaynida meva tugadi.
Tashqi muhit omillariga talablar. Pomidor tomatdoshlar oilasiga mansub. Pomidor yorug‘lik va harorat omillariga talabchan o‘simlikdir. Ular yuqori jadallikdagi yorug‘likni talab etadigan qisqa kun o‘simliklardir. Pomidor O‘zbekiston sharoitida yil mobaynida o‘sib hosil berish xususiyatiga ega. Ammo dekabr – yanvar oylarida bulutli kunlarni ko‘p bo‘lishi pomidorni gullashini susaytiradi, ayrim hollarda o‘sish va rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadi. Shuning uchun bu vaqtda ko‘chat yetishtirilganda o‘nga qo‘shimcha elektr yoritgichlarni qo‘llash foydali bo‘ladi.
Issiqxonalarda pomidordan yuqori hosil olishda nav va duragaylarni to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Pomidorning issiqxona nav va duragaylariga ma’lum darajada o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Ular sermahsul, ertapishar va kasalliklarga chidamli bo‘lishi kerak. Ularni mevalari kam yorug‘lik sharoitida yaxshi hosil beradigan, tovarlik sifat ko‘rsatkichi yuqori (vazni 80-100 va undan yuqori), kattaligi va shakli gulshodasi ichida, shuningdek o‘simlikda bir tekis, bir xil rangli, meva bandi birikkan qismida ko‘kimtir tavonsiz, uzoq masofaga olib borishga chidamli va yaxshi mazaga ega bo‘lishi kerak. Bunday talablarga Subxidam, Gulqand va Ava-Mariya mahalliy issiqxona navlari javob beradi. Ular o‘rniga yuqori mahsuldor, uzoq masofaga olib borishga yaraydigan va kasalliklarga chidamli chet el seleksiyasining birinchi avlod duragaylari kirib keldi
Turli aylanishlar uchun nav va duragaylar tanlashda tuplarining tipi va determinantliligi muhim ko‘rsatkichdir. Uzoq muddatli aylanishlar (o‘tuvchan) hamda qishki-bahorgi aylanishlar uchun indeterminant nav va duragaylar afzaldir, ular uzoq o‘stirilganda 20-25 tagacha gulshoda hosil qilishi mumkin. Indeterminant duragaylar O‘zbekistonda kuzgi-qishki aylanishda ham foydalaniladi. Bahorgi isitilmaydigan issiqxonalarda, qisqa muddatda hosil olish uchun determinant nav va duragaylardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Determinant navlar va durgaylar uch guruhga: superdeterminantlilar, determinantlillar va yarimdeterminatlilarga bo‘lanadi (66-rasm).
|
| |