• Reja: Biologik xususiyatlari. Tayanch iboralar
  • Nav va duragaylar.
  • Biologik xususiyatlari.
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet86/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Nazorat savollari:
    1. Pomidor bargi qanday qismlardan tashqil topgan?
    2. Pomidor poyasi qan-day tip shoxlanadi?
    3. Indeterminant va determinant tipdagi o‘simliklar nimasi bilan farqlanadi?
    4. Pomidorni gulshodasi va gullari nimasi bilan tavsiflanadi?

    18.1-mavzu: Bodiring o’simligini biologik xususiyatlari va navlari


    Reja:

    1. Biologik xususiyatlari.


    2. Tayanch iboralar: qovoqdoshlar oilasi, haroratni keskin o’zgarishi, qisqa kunlik o’simlik, bir yillik, determinant tip, terminal gullar, simpodial shoxlanish, chettan changlanish, bir uyli.

      Nav va duragaylar.

    Bodring – himoyalangan yerlarda yetakchi (asosiy) ekin bo‘lib, u eng hosildor, ertapishar, samarali ekindir. U kam yorug‘likni talab qiluvchi bo‘lganligi uchun, barcha yorug‘lik mintaqalarida tarqalgan. Birinchi – to‘rtinchi yorug‘lik mintaqalaridagi qishki issiqxonalarda bodring ekini 70-80% ni, beshinchi – oltinchilarda – 50% gacha, bahorgi issiqxonalarda esa (ko‘chat yetishtirilgandan so‘ng) 90% gacha maydonni egallaydi. O‘zbekistonda ham bodring issiqxonalarni katta maydonini egallaydi, ayniqsa qishki-bahorgi aylanishda.


    Biologik xususiyatlari. Bodring Qovoqdoshlar oilasiga mansub. Ari bilan changlanadigan mayda mevali navlar Hindiston va Nepalni tropik mintaqalaridan, yirik mevali partenokarpiklari – Xitoydan kelib chiqqan.
    Bodring – issiqsevar o‘simlik, sovuqni ko‘taraolmaydi. Urug‘ni unib chiqishi uchun eng pastki harorat chegarasi – 12-13°S. Harorat 25-30°S da urug‘ eng tez (4-6 kundan keyin) unib chiqadi. 11-17°S haroratda nihollarni paydo bo‘lishi 7-16 kungacha cho‘ziladi. Unib chiqish – gullash davridagi kunduzgi quyoshli kunda eng maqbul harorat – 24-28°S, bulutlida 18-22°S, kechasi esa – 12-18°S. Hosil shakllanish davrida eng yaxshi harorat kunduzi 24-30°S va kechasi 16-18°S hisoblanadi. Tuproq harorati 16°S dan pastga tushmasligi kerak. Bodring haroratni keskin o‘zgarishini ko‘taraolmaydi. Har xil navlar turlicha haroratni talab qiladi.
    Bodring – qisqa kunlik o‘simlik, ammo aniq ko‘riladigan (ifodalangan) fotoperiodik reaksiya faqat tropik mintaqalardan kelib chiqqan navlarda kuzatiladi. Seleksiya yo‘li bilan uzun kunda ham mo‘l hosil beradigan navlar yaratilgan.
    Bodring tuproq va havo namligiga talabchan. Tuproqni eng maqbul namligi – 80%, havoning nisbiy namligi esa – 90%. Tuproqda namni yetishmasligi o‘sishini susaytirishga, ko‘proq erkak guli hosil bo‘lishiga, mevalarni (achchiq) taxir bo‘lishiga, xosilni pasayishiga olib keladi. Tuproqdagi ortiqcha namlik ildizlarni nobud bo‘lishiga olib keladi. Bodring hatto qisqa vaqt bo‘ktirib sug‘orishga ham juda ta’sirchan. Bodring havoning nisbiy namligini pasayishidan qattiq ta’sirlanadi.
    Bodring hosili bilan oziq elementlarni ko‘p olib ketmay-di. Ammo, ularni o‘simlik tomonidan o‘zlashtirish surati juda yuqori, bu o‘simlikni jami vaznini o‘sib borishi bilan bog‘liq. Bodringni oziqlanish xususiyatlariga uni tuproq aralashmasini konsentratsiyasiga va reaksiyasiga juda ta’sirchanligi ham kiradi (maqbul pH – 6-6,5).
    Bodring – bir yillik, o‘suv davri 40-80 kun davom etadigan o‘simlik. Ko‘pchilik navlarni shoxlanishi monopodialdir. Determinant tipda o‘suvchilari ham ma’lum, ular terminal gullarni paydo qilib, simpodial shoxlanishga o‘tishi bilan tavsiflanadi. Ammo bunday navlar himoyalangan yerlarda foydalanilmaydi. Shoxlanish turiga ko‘ra bodring navlari kuchli bachkilanuvchi (8 dan ortiq bachki poya hosil qiluvchi), o‘rtacha bachki (5-8 dona) va kamroq shoxlanuvchi (1-4 dona) larga bo‘linadi.
    Bodring bir uyli chetdan changlanuvchan, entomofil, gullari ayrim jinsli o‘simlik. Bir o‘simlikda erkak va urg‘ochi gullari mavjud. Gullari sariq, besh gulbargli (30-rasm).


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.