• ,,Fotonika”
  • Toshkent-2023,,Umumiy fizika’’ kafedrasi




    Download 414,67 Kb.
    bet2/6
    Sana07.10.2024
    Hajmi414,67 Kb.
    #273919
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    o\'quv amaliyotidan ko\'chirma

    ,,Fotonika’’ kafedrasi


    22.06.2022-yil kuni “Fotonika” kafedrasi haqida ma’lumotlar berildi. Universitetda optika va spektroskopiya soxasidagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar XX asrning 50-yillarida prof.V.A.Kizel va dots.B.M.Nosenkolar rahbarligida asos solingan bo`lib, (1960 yildan boshlab prof.V.A.Kizel Moskva fizika texnika institutida ishlagan) muhitlardan elektromagnit to`lqinlarni qaytishi, yutilishi va lyuminestsentsiya spektrlari yordamida muxitlarni strukturasini o`rganish yo`lga qo`yildi.


    Radiofizika sohasidagi dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlari universitetda kafedra mudiri I.A.Gofman va Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofati sovrindori X.X.Xodjimuxamedovlar raxbarligida XX asrning 60-yillarida boshlangan bo`lib, radiodiapazon sohadagi elektromagnit to`lqinlarning ionosfera va turli muhitlarda tarqalishi, turli lazerlar hamda ularning parametrlarini tadqiq etishga qaratildi. Lekin shu sohaning yangi bir yo`nalishi kvant radiofizikasini prof. Agzam Turapovich Mirzaev (1943-2002yy) rivojlantirib, uni 70- yillarda ilmiy maktab darajasiga ko`tardi.
    A.T.Mirzaev 1973 yili Kiev davlat universiteti (Ukraina)da maqsadli aspiranturada tahsil olib va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, Ozbekiston Milliy universitetining radiofizika kafedrasiga ishga kelishi bilanoq, lazer fizikasi sohasidagi ilmiy izlanishlarni keng yo`lga qoydi. Bu esa tez orada kvant radiofizikasi maktabi tashkil topishiga mustahkam asos boldi. A.T.Mirzaev 1980 yildan to umrining oxirigacha (2002 y.) O`zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti kvant
    radiofizika kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. Professor A.T.Mirzaevning fizika fanidagi yirik, dolzarb y`onalishlarni oldindan ko`rish va his eta olishdek hislatlari hamda tashkilotchiligi kvant radiofizikasi ilmiy maktabi mavqeini yuksak darajaga ko`tardi. U oz ilmiy maktabiga doimo fizika fakultetini bitirgan qobiliyatli, ilmga chanqoq yoshlarni jalb qilib keldi.
    Ilmiy maktabda olingan ilmiy va amaliy natijalar koplab dunyoga taniqli mamlakatlar, chet eldagi nufuzli ilmiy maktablar tomonidan etirof etildi. Masalan, buni Rossiyaning Moskva shahridagi Astrofizika Ilmiy ishlab chiqarish birlashma (IIChB), Novosibirsk shahridagi Rossiya FA ning Lazer fizikasi ilmiy tadqiqot instituti, Tomsk Atmosfera fizikasi va optikasi ilmiy tadqiqot instituti va Ryazan shahridagi Plazma IIChB lari bilan o`zaro shartnoma asosida qo`lga kiritilgan ilmiy natijalar va shu asosda yaratilgan fizik-texnikaviy qurilmalar, xorijda faqat etirof etilib tan olinishigina emas, balki sanoatda qo`llanilganligi ham isbotlab turibdi.
    Bugungi kunda bu ilmiy maktabning ilmiy ishlari uzluksiz ravishda kogerent optika va lazer fizikasining fundamental masalalari bilan bog`liq holda rivojlanmoqda. Hozirda ilmiy maktabning asosiy ilmiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: stabil gazli lazerlarni ishlab chiqish, optik maydonlarning kogerentlik xususiyatini o`rganuvchi yuqori tartibli fotonlar korrelyatsiyasi uslublarini ishlab chiqish, lazerli o`lchov tizimlari, bir jinsli bolmagan muhitlarda lazer nurining tarqalishidagi statistik xossalari va nochiziqli dinamikasi o`rganish.
    Malumki, lazer nuri obektlar haqida malumot olish va ularni uzatishda muhim tadqiqot quroli hisoblanadi. Bunda lazer nurlanishi manbaiga nisbatan katta talablar qoyiladi. Jumladan uning nurlanish chastotasini stabilligi va energiya istemoli kopgina masalalarda ilmiy- texnik (kosmik suniy yo`ldoshlarida, kichik siljishlarda, lazerli atom sovitkichlarida va b.) ahamiyatlidir.
    Ilmiy maktab vakillari professor M.M.Mirinoyatov, fizika- matematika fanlari nomzodlari I.A.Solovev, Z.I.Imonqulovlar He-Ne, SO2-lazerlarining kam shovqinli, stabil, kam energiya sarflovchi turkum modellarini yaratib amaliyotga tadbiq etdilar. Bular kvant radiofizikasi sohasi taraqqiyotiga katta hissa qoshgan boldilar. O`ta yuqori chastota ko`ndalang razryadli Ne-Ne faol muhitining elektr, optik va generatsiya xususiyatlarini organish natijasida o`ta quvvatli yakka chastotali va kam shovqinli, hamda past kuchlanishlarda ishlovchi Ne-Ne lazeri yaratilib, ilmiy-amaliyotga tadbiq etildi. Yakka chastotatali OYuChKR He-Ne (geliy-neon) lazerini yaratish, Yakka chastotatali OYuChKR CO2 lazerini yaratish mavzuidagi ilmiy natijalari Rossiya Fanlar akademiyasi Lazer fizikasi instituti (Novosibirsk shahri) va Moskva viloyati Jukovsk shahri Aviatsiya birlashmasi, shuningdek Ryazan ilmiy-tekshirish institutlarida keng qollanildi. Dotsentlar E.O.Sagatov hamda M.Sh.Shoraximovlar qattiq jismli va quvvatli lazerlarni yaratish boyicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishgan.
    Turli nurlanish manbalari va bir jinsli bolmagan muhitlarda lazer nurining tarqalishidagi statistik xossalari ilmiy maktabning fundamental mavzusi hisoblanadi. A.T.Mirzaev raxbarligida Lebedev nomidagi FIAN (Rossiya) bilan Foton sanoqlar usulining lazerli distantsion
    zondlash uchun tadbiqi mavzusi tasdiqlanib, uning asosiy ijrochisi R.R.Vildanov bo`lgan. Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida osha davr uchun noyob qurilma optik signallarni qayd etuvchi va qayta ishlovchi fotonlar korrelyatori ishlab chiqildi. Uning kelajagdagi qollanilishi MDUning tolqinli jarayonlar kafedrasi va Proxorov nomidagi IOFAN (Rossiya) da muhokama qilindi. Mustaqillik yillari Ilmiy maktabning ushbu yonalishdagi ishlarini davom ettirib dotsent R.R.Vildanov rahbarligida Davlat dasturlari asosida quyidagi: Zondlash obektlari nurlanishlarining fazo vaqt boyicha xarakteristikalarini aniqlash uchun yuqori fotonlar korrelyatsiyasi usulini ishlab chiqish va tadqiq etish, "Deformatsion siljishlarni olchovchi distatsion lazer qurilmasini yaratish", "Sochuvchi muhitlar diagnostikasi uchun lazerli foton-korrelyatsion spektrometrni ishlab chiqish"mavzular bo`yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqot natijalari boyicha ilmiy gurux azosi katta o`qituvchi G’.B.Eshonqulov tomonidan dissertatsiya tayyorlandi va monografiya yozildi.
    Bugungi kunda, fizika fanida tezkor rivojlanib borayotgan yangi singulyar optika yonalishidagi dastlabki tajriba va amaliyot shu ilmiy maktabda ilk bor amalga oshirildi. Bu tanlangan ilmiy izlanishlarning ota dolbzarbligi va prof. A.T.Mirzaev ilmiy maktabining amaliy quvvati yuksak darajada ekanligidan yorqin dalolatdir. Lazer nurining bir jinsli bolmagan muhitlarda, jumladan, optik nurtolalarda tarqalishida vujudga keladigan spekl-maydon to`lqin fronti sirtidagi buramasimon faza buzilishlari-dislokatsiyalarning hosil bolishi va mavjudligi prof. S.S.Abdullaev va dots. T.Axmadjonovlar tomonidan birinchilardan bolib tajribada sinab korilib uning nazariyasi yaratildi. Olib borilgan
    tadqiqotlar asosida optik nurtolalar sindirish korsatkichining taqsimotini aniqlash usuli ishlab chiqildi.
    Ilmiy maktab faollari ozlarining dastlabki ilmiy izlanishlarida Informatsiyani uzatish va qabul qilishning optimal sistemalari mavzusi ustivor yonalish boldi. Bu davrlarda ilmiy maktab mudofaa mavzularidagi keng qamrovli Davlat topshiriqlarini bajardi, kop kanalli foton sanagichlari yaratildi. Ota sust intensivlikdagi signallar vositasida hosil boladigan ikki gradatsiyali diskret tasvirlarni qabul qilish yonalishidagi ilmiy izlanishlarga A.T.Mirzaev oz shogirdlari diqqatini jalb etdi. Buning natijasi olaroq, dotsentlar As.T.Mirzaev, T.Axmadjonov, A.K.Kasimov, M.Mamatqulov va t.f.n. I.Rasulovlar tomonidan turbulent atmosfera va optik nurtola kanallarida ota sust intensivlikdagi binar tasvirlarni uzatish va qabul qilish sistemasi yaratildi.
    Kvant radiofizikasi ilmiy maktabi tadqiqotchilari Ne-Ne lazer nurida ishlovchi Ota kichik silkinish siljishlarni qayd etuvchi lazerli tizim (deformograf) ni yaratishga muvaffaq boldi. Bunday ota sezgir geterodinli lazer komplekslarini yaratish va ularni geofizik olchashlarda qollash uchun, atmosfera orqali otayotgan yoruglik maydonlar xarakteristikalarini qayta tiklash muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yer silkinishlarini oldindan aniqlash bashorat qilish dunyo fanidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Tyan-Shan tog` oldida D.A.Talipov, Sh.Zokirov R.Shayaxovalar ishtirokida Radiofizik poligonga asos solindi va ishlab chiqilgan qurilmalar sinovdan o`tkazildi. Usulning asosi lazerli
    geterodinlash f.-m.f.d. A.N.Yakubov tomonidan rivojlantirildi. Ukrainalik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy grant ishlari olib borildi.
    Kvant radiofizikasi ilmiy maktabi doirasida olib borilgan ilmiy ishlarning natijasi asosida 4 ta doktorlik, 17 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi va 10 ta davlat patentlari olindi.
    Yuqori ilmiy quvvat va salohiyatga ega bu maktabning tarkibidagi olimlar bugungi kunda ham katta ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda yosh mutaxassislarni tayyorlash yo`lida ham o`zlarining salmoqli hissalarini qo`shib kelmoqdalar. Bunday malakali mutaxassislarga tayangan holda, Optika va Lazerli fizika kafedrasida Lazerli fizika, Radiofizika mutaxassisliklari bo`yicha magistratraturalar, hamda Lazerli texnika va lazerli texnologiyalar yo`nalishida bakalavriyat ochilgan. Professor M.M.Mirinoyatov tomonidan lazerlar fizikasi yo`nalishida katta hajmdagi xo`jalik shartnomalari asosida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Optikadan oquv laboratoriyalari majmuasi yaratilib, shuning uchun O`zbekiston davlat patenti olindi.
    Ilmiy maktabda O`zFAning Ion plazma va lazerli texnologiyalar institutlari bilan birgalikda oliy ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash yolga qoyilgan. Shuningdek ilmiy maktab faollari hozirda Moskva Davlat universitetining Umumiy fizika va tolqinli jarayonlar kafedrasi, Rossiya FA ning Lazer fizikasi instituti (Novosibirsk), Ryazan Davlat Pedagogika universiteti, Ryazan Plazma IIChB, Kiev Milliy universitetining Radiofizika fakultetlari bilan hamkorlikda keng miqyosda xalqaro ilm-fan ahamiyatiga molik ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
    Keyingi yillarda kafedraning professorlari U. V. Valiev va B.Yu.Sokolovlar rahbarligida magnit materiallarining optikasi va magnitooptikasi sohasida olib borilayotgan fundamental ilmiy izlanishlar natijasida juda muhim natijalar olindi.2005-yilda optika va kvant radiofizikasi kafedralari negizida Optika va lazerli fizika kafedrasi tashkil etildi.2005-2012 yillarda prof. Sh.Otajonov, 2012-2016 yillarda dots.T.Axmadjanov, 2016- yilda prof.I.A. Raxmatullaev kafedra mudiri lavozimida ishladilar. 2016 yil may oyidan boshlab kafedraga Fotonika nomi berildi. Hozirgi kunda kafedra mudiri dots.T.Axmadjanov .
    Ustorning bergan ma’lumotlarini tinglab, bizda ,,Fotonika” kafedrasi to`g`risida keng qamrovli tushunchalarga ega bo`ldik. Shuningdek, kafedra ha’qida to’liq ma’lumotga ega bo’lib kafedraga tegishli laboratoriya xonlari bilan tanishib chiqdik.

    Download 414,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 414,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent-2023,,Umumiy fizika’’ kafedrasi

    Download 414,67 Kb.