|
“Yarimoʼtkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi
|
bet | 5/6 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 414,67 Kb. | | #273919 |
Bog'liq o\'quv amaliyotidan ko\'chirma “Yarimoʼtkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi
27.06.2022-yil kunni “Yarimo`tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi haqda malumotlar berildi. Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti fizika fakulьtetida 2011 yil dekabrida “Yarimoʼtkazgichlar va dielektriklar” kafedrasi va “Polimerlar fizikasi” kafedrasi birlashtirilib, “Yarimoʼtkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi nomi beriladi. Ushbu kafedra tarkibiga 2014 yilda “Fizikaviy elektronika” kafedrasi qoʼshiladi va fakulьtetning yirik va yetakchi kafedralaridan biriga aylanadi. “Аmmo ularning har biri alohida ham boy tarixi va anʼanalariga ega.
“Yarimoʼtkazgichlar va dielektriklar” kafedrasiga 1970 yili prof. А.T. Teshaboev asoschiligida “Yarimoʼtkazgichlar va dielektriklar
fizikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Uni 1970-1981 yillari prof. А.T. Teshaboev, 1981-1996 yillari prof. S. Zaynobidinovlar boshqardilar. Kafedrani 1996 yildan hozirgacha prof. S.I. Vlasov boshqarib qelgan.
“Polimerlar fizikasi” kafedrasi 1994 yili akad. S.Sh. Rashidova tashabbusi bilan tashkil topgan “Polimerlar fizikasi” kafedrasi ushbu soha mutaxassisligi boʼyicha kadrlar tayyorlash sohasida Markaziy Osiyoda yagonadir. Kafedrani 1994-1996 yillarda akad. S.Sh. Rashidova, 1996-2006 yillarda prof. T.I. Usmanov va 2006- 2010 yildan akad. S.Sh. Rashidova boshqarib kelgan. 2010-2011 yillarda f.m.f.d. А.Xolmuminov mudirlik qilgan
Bilashgandan soʼng, Yarimoʼtkazgichlar va polimerlar kafedrasini 2012-2017 yillarda f.-m.f.n. dots D.E.Nazirov , 2017-2019 f.-m.f.n. dots А.А.Nasirov va 2019-yildan beri f.m.f.d. prof А.А. Xolmuminov mudirlik qilmoqda.kelmoqda.
XX asrning 60-yillariga kelib jahon boʼylab keza boshlagan elektronika sanoati inqilobining shamoli Oʼzbekistonda ham bir qator elektron asbobsozligiga oid zavod va korxonalar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlarda tashkil topishi va rivojlanishi yarimoʼtkazgichlar fizikasi boʼyicha ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirish zaruratini yaratdi va bu hol ushbu soha yoʼnalishlari uchun yarimoʼtkazgichlar fizikasi kabi talim yoʼnalishlarini tamomlagan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasini dolzarb qilib qoʼydi. Respublika hukumatining oliy talim tizimi oldiga qoʼygan ushbu oʼta masul topshirigʼini Oʼrta Osiyo davlat universiteti rahbariyati (hozirda Oʼzbekiston Milliy universiteti)
oʼz zimmasiga oldi va 1960 yilda fizika fakultetining nazariy fizika kafedrasi bazasida yarimoʼtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ilmiy yoʼnalishi va mutaxassisligining poydevoriga dastlabki “gʼisht”ni ushbu kafedra va uning qoshidagi yarimoʼtkazgichlar muammolari laboratoriyasi mudiri, f.-m.f.d., prof. G.M. Аvakyants qoʼydi va yarimoʼtkazgichlar fizikasi boʼyicha dastlabki mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Аvakyants G.M. 1966 yili Аrmaniston FА muxbir-aʼzosi etib saylandi va Аrmaniston hukumatining taklifi asosida Yerevanga koʼchib ketdi va uning shogirdi, ushbu sohaning ilk mutaxassislaridan dots. А.T. Teshaboev yarimoʼtkazgichlar muammolari laboratoriyasining va ixtisoslikning rahbari etib tayinlandi va 1966-1981 yillarda bu ilmiy yoʼnalish va ixtisoslikka koʼplab iqtidorli mahalliy yoshlar jalb etildi. 1960-1970 yillarda nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyidagi mavzular boʼyicha oʼtkazildi: yarimoʼtkazgich asboblarning reaktiv; diodlarda oʼta yuqori chastotali toklarning oʼtish xususiyatlari; diodlarda differensial qarshilikning paydo boʼlish shartlari ; yarimoʼtkazgichlar asosida fotooʼzgartirgichlar yaratish, organik yarimoʼtkazgichlar.
|
| |