|
“Yadro fizikasi”kafedrasi
|
bet | 4/6 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 414,67 Kb. | | #273919 |
Bog'liq o\'quv amaliyotidan ko\'chirma “Yadro fizikasi”kafedrasi
23.06.2022-yil.kuni “Yadro fizikasi” kafedrasi haqida malumot berildi. 1956 yilda S.A. Azimov harakatlari bilan Orta Osiyo davlat universitetida modda tuzilishi kafedrasi tashkil qilindi. Bu erda birinchi bolib yadro fizikasi va kosmik nurlar sohasi boyicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. 1957 yilda kafedra qoshida yadro fizikasi va kosmik nurlar muammolari laboratoriyasi tashkil etildi.Uch yil ichida mazkur laboratoriyada 25 MeV energiyali betatron ishga tushildi va bunda gamma-kvantlar bilan turli yadrolar ozaro tasirlashish kesimini aniqlash boyicha tadqiqotlar olib borildi. Shuningdek, Qumbel tog
tepasida, dengiz sathidan 3160 m balandlikda stantsiya qurilib, unda yadrolarning ozaro tasiri va elektromagnit kaskadlar tavsiflari osha davrda 1011-1012 eV gateng energiyalar sohasidagi eng zamonaviy usullar orqali organila boshlandi (Yu.P. Kratenko).
Yangi tashkil etilgan Yadro fizikasi instituti uchun ilmiy xodimlar tayyorlash maqsadida modda tuzilishi kafedrasidan maxsus radiatsion fizika kafedrasi ajralib chiqdi. Modda tuzilishi kafedrasi esa yadro fizikasi va kosmik nurlar kafedrasi deb qayta nomlandi. Endi bu kafedrada quyi energiyalar yadro fizikasi sohasigina emas, yuqori energiyalar fizikasi va kosmik nurlar fizikasi sohasining ham mutaxassislarini tayyorlash boshlandi.
Kafedraning muammolar laboratoriyasidagi fundamental ilmiy tadqiqotlar bilan bir vaqtda Ozbekiston yadro fizikasi boyicha keng doiradagi amaliy ishlar ham olib borildi. 70-yillarda kafedraning betatron laboratoriyasi qurila boshlandi. Unda 50 MeV energiyali betatron ornatilishi kerak edi. Keyinchalik bu qurilma ornatildi va uning negizida ToshDUning Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi. Ushbu institutga uzoq yillar davomida akademik T.M.Mominov rahbarlik qilgan. Yarim asr davomida kafedrada yadro fizikasi boyicha 15 ming nafardan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Bulardan 300 dan ortigi ilmiy darajaga ega bolgan. Shulardan 30 nafari fan doktoridir. Ular Ozbekistondagina emas, sobiq ittifoq tarkibida bolgan boshqa davlatlarda ham ishlamoqdalar. U.G.Gulomov, A.A.Abdurazzoqov, R.B.Bekjonov, B.S.Yoldoshev kabi taniqli olimlar ham kafedrada faoliyat yuritgan.
Turli davrlarda kafedra mudiri lavozimida quyidagilar faoliyat korsatgan: akademiklar S.A.Azimov, A.A.Abdurazaqov, R.B.Bekjonov, B.S.Yuldashev, T.S.Yuldashbaev, professor A.M.Muxamedjanov, K.R.Nasriddinov, A.A.Abdumalikov, dotsent Z.Kanokov.
2005 yilda Yadro fizikasi va Nazariy fizika kafedralari qoshilib, yangi Yadro va nazariy fizika kafedrasi tashkil qilindi. 2016 yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “Ozbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi 2527-sonli qaroriga asosan yangi “Quyi energiyalar fizikasi” kafedrasi tashkil etilgan. 2017 yil 25 oktyabrdagi universitetning 3-sonli Kengashida “Quyi energiyalar fizikasi” kafedrasi nomi “Yadro fizikasi”ga ozgartirildi. Mazkur kafedraga tanlov asosida dotsent S.R. Polvonov tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada bir nafar akademik, 2 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 5A140205 - “Atom yadrosi va elementar zarralarcha fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” magistratura mutaxassisligi mavjud. Kafedra professor-oqituvchilari “Noyob ob`ektlar” majmuasi xodimlari bilan hamkorlikda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ikkita fundamental va ikkita amaliy grantlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.
|
| |