|
Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi abdullayev o
| bet | 52/75 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 326,56 Kb. | | #126532 |
Bog'liq O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi t-fayllar.orgIchki suvlar.
Materikning yillik suv oqimi 54003 km. Umumiy hajmiga ko'ra Yevrosiyo va
janubiy Amerikadan keyin 3-o'rinda turadi. Materikning bosh suv ayirg'ichi uning
eng baland ko'tarilgan sharqiy chekkasidan o'tadi, oqimning 1G' 3 qismidan ko'prog'i
Atlantika okeaniga, 1G' 6 qismi Xind okeaniga va bundan ham kam qismi O'rta
dengizga to'g'ri keladi. Materikda oqimning 1G' 3 qismi okean va dengizlarga yetib
kelmaydi va bu ichki xavzaga kiritiladi. Materikda oqar suvlar juda noteks
taqsimlangan. Afrikada asosiy rolni yog'in suvlari tashkil etadi.
Nil daryosi : Materikda va yer yuzasida eng uzun daryo uzunligi 6671 km
xavzasining maydoni 2870 km2 . Bu daryo 2000 m2 balandlikdan boshlanadi.
Asosan sharqiy Afrika tog'laridan oqib chiqadi. Asosiy irmoqi Kagera daryosi. Nil
Viktoriya kulidan oqib chiqadi va Alberto ko'liga quyiladi. Shu masofada daryo tog'
orasidan o'tadi va ser ostona sharsharalar xosil qiladi, sharsharaning eng kattasi 40 m
balandlikdagi Merchison sharsharasi tog' orasida Bahril jabol nomi bilan chiqib
daryo sekin oqa boshlaydi va o'zandan shahobchaga ajraladi. Shu qismda daryo yirik
irmoq Bahriy g'azal va Sobat daryosiga quyiladi va Oq nil nomini oladi. Hartum
shahri yaqinida Oq nil Ko'k nil bilan qo'shiladi va shu yerda Nil nomini oladi. Ko'k
nil Oq nilga nisbatan ancha qisqadir. Daryo delta xosil qilishi bilan tugaydi va
deltaning maydoni 24000 km2 ni tashkil etadi. Daryoda doimiy ravishda suv bo'lib
turadi. Daryoga bir nechta to'g'on va suv omborlari qurilgan.
Kongo daryosi : Daryo Afrika daryolari ichida uzunligi jixatidan 2 chi o'rinda
turadi, lekin xavzasining maydoni va sersuvligi jixatdan 1 chi o'rinda, dunyoda 2 chi
o'rinda turadi. Lualobe Kongoning boshlanish qismi xisoblanadi. Daryoning uzunligi
4320 km, xavzasining maydoni esa 3,7 mln km2 Kongo daryosi dunyoda yagona
ekvatorni 2 marta kesib o'tuvchi oqimidagi o'zani 20 km gacha yetadi. Daryoda
32 ta sharsharalari bor. Daryo sohili buyi tekisligiga kengayadi va o'zan chuqurligi
70 km gacha yetadi. Kuyulishda u tarmoqlarga bo'linadi.
Niger daryosi: Daryo uzunligi, maydoni jixatidan Kongo va Nil daryosidan
keyin turadi. Uzunligi 4060 km, xavzasining maydoni 2 mln km2 o'rtacha yillik suv
satxi 12 ming m3 daryo shimoliy Gveniyadan boshlab, dastlab shimoliy sharqqa,
sungra Saxroi Kabir chegarasida janubi sharq tomon suriladi. Yirik irmog'i Benue
xisoblanadi. Quyilishida yirik delta xosil qiladi.
Zambezi daryosi: Janubiy Afrikada eng va Xind okeaniga quyiladigan
daryolarning eng yirik, uzunligi 2260 km xavzasining maydoni 1330 ming km2 .
O'rtacha yillik suv satxi caput ming m3 sekund, Zambeziya Kongo Zambeziya suv
ayirg'ichida 1000 km dan balandroqda boshlanadi. Daryoning eng yirik sharsharasi
Viktoriya sharsharasi, balandligi 120 metr, eni 1800 metr. Bu sharshara Shire daryosi
orqali N'yasa ko'lida Zarbeziyadan suv kelib turadi. Janubiy yarimsharda yozda daryo
suvi ko'tariladi, qishda esa pasayadi.
Materikda ko'llar tizimi yaxshi rivojlangan. Shimoliy Afrikada Chad, sharqiy
Afrikada bir necha ko'llar Viktoriya, Tangalika, N'yasa kabi yirik yirik ko'llar
mavjud. Materikda bu daryolardan tashqari boshqa uncha yirik bo'lmagan daryolar
xam mavjud
|
| |