27
nam havo kirib keladi. YOg'in miqdori 400-800 mm ga yetadi va asosan qishga
to'g'ri keladi. O'sha tog' yon bag'irlaridan ko'plab daryolar boshlanadi. Bu
daryolarning bir qismi janubga qarab oqadi shimolga oquvchi daryolar markaziy va
o'rta Osiyoning berk havzalariga kiradi. Kunlun bu tog'
sistemasi ikki qator
tizmalardan iborat bo'lib bu tizmalar g'arbda bir biri bilan tutashgan. Shimoliy
tarmog'i Chechen daryosi vodiysidan sharqdagi tarmog'i nanshan nomi bilan
yuritiladi. Kunmun tog'larining o'zi Torim soyligini janubi g'arbga tomon o'rab
kenglikka yaqin yo'nalishda Tibet tog'lgining shimoliy chekkasi bilan cho'zilgan.
Butun tog' sistemasi uchun poleozoy burmali strukturasilarining
yangi tektonik
harakatlar natijasida balandga ko'tarilib qolganligi va keskin alp tipli rel'f hususiyati
hosdir.
O'lkaning shimoliy g'arbiy qismida katta tog' massivlari Ko'ng'ir 7719 m va
Muztog'ota 7546 m ko'tarilib turadi. Saydam soyligining shimorliy chegarasini
balandligi 5000 m dan ortiq bo'lgan Oltintog' tizmasi tashkil etadi. Soylikning
janubiy chekkasi bo'ylab muzliklar bilan qoplangan
baland prejevalskiy tizmasi
ko'tarilgan. Kunlunaning eng baland cho'qqisi 7723 m shu tizma joylashgan kunlun
tog'laridagi qirg'oqchilik g'arbdan sharqqa tomon kuchayib borib o'rta qismida
maksimum darajaga yetadi va sharqqa toomn yumsham boradi. Tibet tog'ligi tabiiy
sharoiti juda o'ziga hos bo'lgan tabiiy geografik o'lkadir.
Tabiatning bir butunligi
avvalo orografik yahlitligiga bog'liq. Tibet daryodagi eng katta va eng baland tog'lik
bo'lib uni baland tizma tog'lar o'rab va Osiyoning boshqa qismlarini ajratib turadi
Tog'likning shimoliy chegarasi kanlun sistemasiga kiruvchi tog' tizmalarining etagi
hisoblanadi. Janubda va janubiy g'arbda tog'likning chegarasi Ximolay tog'larining
shimoliy etagi bo'ylab o'tadi. Shimoliy g'arbda tog'likni Pomir Qoraqurum tog'
tuguni o'rab turadi. Bu katta hududning hamma
qismi uchun katta absolyut
balandlik va tog' cho'l hamda tog' chala cho'l landshaftlarining eng keng
tarqalganligi hosdir. O'lkaning hozirgi rel'fning vujudga kelishida ko'tarilishi va u
bilan birga ro'y bergan yorilishlar bilan birgalikda errozio jarayonlar va undan
keyin iqlimning qurg'oq chilishib borishi bilan cho'l
sharoitidagi nurash shamol
ishi katta rol o'ynagan.
Tibet tog'ligi struktura tuzilishi va rel'figa ko'ra ichki tarovutlarga ega.
Markaziy va g'arbiy Tibet o'rta hisobda 4500-5000 m dagi bir hil balanlikka
ko'tarilgan bo'lib silmiqlanib qolgan tog' tizmalari va tektonik botiqlardan iborat.
Parellel joylashgan tog' tizmalarini juda katta doirasimon vodiylar bir biridan ajralib
turadi. Bu vodiylarda materikning eng katta daryolari Xuanxe yanszi mekong oqadi.
Sharqiy Tibet uchun geyzerlar va qaynar buloqlar shimolda esa so'nmagan vulkanlar
harakterlidir