• 2.Ishni tushuntirish.
  • 3.Ishni bajarish tartibi.
  • 4.Nazorat savollari.
  • ELEKTR DVIGATELLARNI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLAB SINASH




    Download 1.06 Mb.
    bet4/11
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.06 Mb.
    #1242
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    ELEKTR DVIGATELLARNI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLAB SINASH


    1. Ishdan maqsad.

    Elektrodvigatellarni konstruktsion tuzilishini uni qismlarga ajratib o’rganish. AD larini, doimiy tok dvigatellarini, sinxron dvigatellarni tuzilishidagi farqini ko’rib o’rganish.



    2.Ishni tushuntirish.
    Elektr dvigatellari o’zgarmas va o’zgaruvchan tok dvigatellariga ajraladi. O’zgarmas tok dvigatellari paralel, ketma-ket va aralash qo’zgatkichli bo’ladi. Bunday dvigatellar aylanish tezligi katta chegarada o’zgartirilishi talab qilingan ishchi mashinalarda (tramvay, traleybus, elektrovoz, elektrokaro va sh. o’.) ishlatiladi.

    Qishloq xo’jalik sharoitida o’zgaruvchan tok dvigatellari ko’proq qo’llaniladi, chunki, ularni tuzilishi nisbatan sodda, pishiq, ixcham va arzon. O’zgaruvchan tok

    dvigatellariga uch va bir fazali sinxron, asinxron dvigatellar kiradi.


    17-rasm. Doimiy tok dvigatellarini tuzilishi.
    O’zgaruvchan tok dvigatellari qo’zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok beriladi. Asinxron elektrodvigatellarni rotor chulgamlarida esa o’zgaruvchan EYUK induktsiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatelni stator chulgamlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi.

    Stator chulgamlaridan oqqan tok, xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulgamini kesib o’tib ularda EYUK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok okadi. Magnit maydonining aylanish chastotasi (n0) quyidagicha topiladi.

    bunda,

    f-o’zgaruvchan tok chastotasi, P- juft qutblar soni. Rotor chulgamlaridan oqqan tokni aylanuvchi magnit maydon bilan ta’siri natijasida rotorni aylantiruvchi kuch (moment) xosil bo’ladi. SHunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda, mexanik energiyaga aylanadi. Elektrodvigatellarni iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori, tuzilishi sodda, ixcham, bikir, yengil va nisbatan arzon. Elektrodvigatellar nominal ish rejimda ishlashga mo’ljallangan va u dvigatel pasportida ko’rsatilgan bo’ladi. Sanoatda uch xil rejimda ishlaydigan elektrodvigatellar ishlab chiqarilmoqda: davomli (S1) qisqa vaqtli (S2) va qisqa takrorlanuvchi (S3).


    3.Ishni bajarish tartibi.
    1.Doimiy tok dvigatelini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    2.Sinxron dvigatelini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    3.Asinxron dvigatelini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    4.Bajarilgan ishga xulosa va nazorat savollariga javob yoziladi.


    4.Nazorat savollari.
    1.Doimiy tok dvigatelini tuzilishi qandayq

    2.Sinxron dvigatelini tuzilishi qandayq

    3.Asinxron dvigatelini tuzilishi qandayq

    4.Dvigatellarni o’zaro o’xshashliklari bormiq



    TAJRIBA ISHI № 2.


    Download 1.06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ELEKTR DVIGATELLARNI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLAB SINASH

    Download 1.06 Mb.