• 2.2. Tadqiqot obyektlari.
  • 2.3. Tadqiqot uslublari.
  • 3. TADQIQOT NATIJALARI 3.1. Tuproq mikrobiologik faolligiga o’g’itlarning tasiri
  • Bakteriyalar soni (GPA) mln/g tuproqda
  • Zamburug’lar (Chapek muhiti) ming/g tuproqda
  • Aktinomitsetlar mln/g tuproqda
  • 3.2. Tuproqning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati
  • Organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’ini qo’llashning tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatiga ta’siri (1 g quruq tuproqda ming/dona),(N.Sohadinova,2013)
  • 3.3.Tuproqdagi gumus muvozanatini saqlab turish va miqdorini oshirish
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI




    Download 0,58 Mb.
    bet4/26
    Sana24.03.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #1657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    2. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI

    2.1. Tadqiqot sharoitlari. Samarqand viloyati kontinental iqlimga ega, quyosh radiatsiyasining kuchliligi, sutkalik va mavsumiy o’zgarib turishi, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yoz mavsumi hamda bir muncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. Tabiiy sharoitning o’ziga xos omillaridan tekisliklarning pastligi, okean va dengizlardan uzoqligi bilan ajralib turadi. Relefning bunday murakkab va notekisligi sababli har bir hudud o’ziga xos tabiiy sharoitga ega. Quyosh radiatsiyasi barcha tabiiy jarayonlarning negizi hisoblanadi. Quyosh yiliga o’rta hisobda 2889 soat nur sochib turadi.

    Yog’ingarchilik miqdori oylar o’rtasida ham keskin farq qiladi. Ma’lum qonuniyatga ko’ra tog’ oldi tekisliklarining pastliklarida yog’ingarchilik tog’li mintaqalarga qaraganda ancha kam yog’adi. Samarqand viloyatida o’rtacha yillik yomg’ir miqdori 345 mm atrofida bo’ladi (Baratov, 1996). Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatsiyasi davrida yog’ingarchilikning eng kam bo’lishi asosan iyun-avgust oylariga to’g’ri keladi. Vegetatsiya davri davomiyligi 230-240 kunga cho’ziladi (Pardayev, 1976; Petrov, 1982). Umumiy yog’in miqdorining 30-50% bahorga, 25-40% qishga, 10-12% kuzga, 1-10% yozga to’g’ri keladi.

    Madaniy o’simliklarning yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqishda havo harorati katta ahamiyatga ega. Samarqand viloyati sharoitida samarali harorat yig’indisi 3800-42000S to’g’ri keladi. Eng issiq iyul va sovuq – yanvar oylaridir.

    Iyul (lot. mensis Julius) - Grigoriy taqvimida yilning yettinchi oyi. 31 kundan iborat. Shu oyda tugʻilgan Yuliy Sezar sharafiga nomlangan.
    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).
    Bu davrlarda yozda havo harorati 42, 430S gacha ko’tarilishi, qishda esa –22-230S gacha pasayishi mumkin.

    Tuproq va iqlim sharoiti dehqonchilikning eng muhim omillaridan hisoblanib, hosildorlikni belgilovchi asosiy shart-sharoitlaridan biridir. Iqlim sharoiti agrotexnik sharoitlarning barcha qirralarini ochib beruvchi omillardan hisoblanadi.

    Bu hududda apreldan to oktyabrning oxirigacha kuzatiladigan iqlim sharoitlari g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi uchun qulaylik tug’diradi. Ko’p yillik ma’lumotlarga asosan, vegetatsiya davrida havoning o’rtacha harorati 19,6-21,8 0S ga to’g’ri keladi. Ammo bu muddatlarda har bir oyning iqlim sharoiti bir-biridan farq qiladi. Asosiy ekin sifatida g’o’zani aprelda yekish urug’larning unishi va o’sish jarayonlari uchun yeng qulay muddat hisoblanadi.

    Yoz oylari iyun-iyulda yog’ingarchilikning deyarli bo’lmasligi, havo haroratining yuqori bo’lishi va ekinlarni sug’orish uchun suv manbalarining va havo nisbiy namligining kam bo’lishi, o’z navbatida tuproq qurg’oqchiligini keltirib chiqaradi. Ko’p yillik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, avgust oyida, havo harorati yuqori va yog’ingarchilik juda kam yoki umuman bo’lmaydi. Kunduz kunlari sodir bo’ladigan maksimal harorat iyulga nisbatan kamroq bo’ladi. Iyulning ikkinchi o’n kunligidan boshlab g’o’zaning gullarining changlanishi va hosil elementlarining shakllanishi uchun qulay sharoitlar boshlanadi. Bu vaqtda sug’orish orqali tuproqning namligi ChDNS nisbatan 70-80% atrofida saqlanib turildi.

    Ko’p yillik ma’lumotlarga asosan sentyabr oyida o’simliklarning vegetatsiya jarayoni davom yetadi. Bu davrda maksimal harorat 25-300S dan oshmaydi, minimal harorat 10-120S dan pastga tushmaydi. Oktyabrdan boshlab, havo harorati keskin pasaya boshlaydi. Shuning uchun sentyabr oyining oxiri va oktyabr oyining dastlabki kunlarigacha paxtani pishib yetilishini va hosilni yig’ishtirib olishni rejalashtirish katta agrotexnik ahamiyatga ega.

    Tajriba o’tkazilgan yillardagi iqlim omillari (havo xarorati, yog’ingarchilik miqdori, havoning nisbiy namligi) 1-ilovada keltirilgan.



    2.2. Tadqiqot obyektlari. Samarqand viloyati tuproqlari xilma-xil bo’lib, eng katta maydonlarda (sharqiy qismida) och tusli bo’z tuproqlar keng tarqalgan. Markaziy qismlarda tipik bo’z tuproqlar, daryo atroflarida esa o’tloq, o’tloq-botqoq, bo’z-o’tloq tuproqlar mavjud. Bu tuproqlarning aksariyati eskidan sug’oriladigan, dehqonchilik qilib kelinayotgan tuproqlardir. Samarqand viloyatida avtomorf va gidromorf tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, bu tuproqlar asosan Zarafshon vodiysi allyuvial terassasida paydo bo’lgan (Kuguchov D.M., 1953). Mionqol orolining daryo qirqog’lari bo’ylab asosan o’tloq, o’tloq-bo’z, bo’z-o’tloq, o’tloq- botqoq tuproqlar tarqalgan (Kuguchov, 1956).Samarqand viloyati sug’oriladigan maydonlarining 48,6 % tuproqlari tipik bo’z, 40,4 % o’tloq-bo’z, 8,6% och tusli bo’z va 2,4% o’tloq-botqoqli tuproqlardan iborat (Sorokin, 1980).

    Dala tajribasi Oqdaryo tumanida o’tloq–bo’z tuproqda o’tkazilgan. O’tloq tuproqda gumus miqdori 1.08 foiz , yalpi azot 0.19 foiz , yalpi fosfor 0.22 foiz , yalpi kaliy 2.5 foiz, ammoniy shaklidagi azot 21.65 mg/kg almashuvchan kaliy 250 mg/kg ni tashkil yetadi. O’tloq bo’z tuproq tarkibida 1.02 % gumus, 0.13% yalpi azot, 0.235 % yalpi fosfor, 2.6 % yalpi kaliy, 17.5 mg/kg N-NH4, 28.3 mg/kg N-NO3, 32.5 mg/kg harakatchan fosfor, 270 mg/kg almashuvchan kaliy borligi aniqlandi. Tajribada Oqdaryo tumanida g’o’zaning “Oqdaryo–6” ekildi. Tajriba 4 qaytariqda, 2 yarusda o’tkazildi. Bitta paykalning yeni 4.8 m, uzunligi 50 m, umumiy maydoni 240 m2. Bitta paykalda 8 ta qator bo’lib shundan o’rtadagi 4 ta qator kuzatuv qatori, ikki chetdagi ikkitadan 4 ta qator himoya qatori hisoblanadi.



    2.3. Tadqiqot uslublari. Dala tajribasi O’z PITI va TAITI metodikalari asosida o’tkazildi. Mikroorganizmlar soni tuproq eritmalari tayyorlanib ularni suyultirish yo’li bilan aniqlandi. Zamburug’lar to’rtinchi suyultirishda, bakteriyalar, aktinomisitlar, amonifikatorlar, denitrifikatorlar, azotfiksatorlar beshinchi oltinchi suyultirishda hisoblandi. Bakteriya va ammonifikatorlar go’sht peptonli agarga (GPA), zamburug’lar Chapek muhitiga, aktinomisitlar kraxmal – ammiakli agarga, denitrifikatorlar Giltay muhitiga, azotfiksatorlar Eshbi muhitiga ekildi.Tuproqning fizik xossalari: a) tuproqning mexanik tarkibi – Kachinskiy buyicha pipetka usulida; b) tuproqning solishtirma massasi–piknometr usulida; v) Tuproqning hajmiy massasi-silindr usulida; g) tuproqning kovakligi – hisob-kitob yo’li bilan.

    3. TADQIQOT NATIJALARI

    3.1. Tuproq mikrobiologik faolligiga o’g’itlarning tasiri

    Tuproq mikrobiologik faolligi uning unumdorligida muhim o’rin tutadi. Chunki tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar gumifikasiya–degumifikasiya xarakterini, tuproqni harakatchan oziq moddalar bilan ta’minlanganligini belgilaydi. Ular o’z navbatida tuproqning boshqa agrokimyoviy va agrofizik xossalariga tasir ko’rsatadi. Shuning uchun tuproq mikrobiologik faolligini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun dala tajribasida Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida o’tloq va o’tloq bo’z tuproqlarining mikrobiologik faoliyatiga mineral va organik o’g’itlarning tasirini o’rganilgan.

    Ishtixon - Samarkand viloyati, Ishtixon tumanidats shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Samarkand sh. dan 68 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi - Katta-qoʻrgʻon (22 km). Aholisi 12,3 ming kishi (2001). Shaharda tuman hokimligi binosi, aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, pedagogika va tibbiyot kollejlari, kutubxona, dehqon bo-zori, "Shahidlar" yodgorligi majmui, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.

    Oqdaryo tumanida nazoratda GPA da o’sadigan bakteriyalar soni g’o’za o’suv davri jadallashishi bilan ortib boradi. Mineral va organik o’g’itlar qo’llanilishi bakteriyalar sonini oshirdi. Mineral o’g’itlar dozasini ortib borishi bilan bakteriyalar soni ham ortib bordi.

    3.1.1-jadval



    Bakteriyalar soni (GPA) mln/g tuproqda

    (N.Sohadinova, 2013)



    Variant

    1.05

    1.06

    1.07

    1.08

    1.09

    1.10

    1.

    7.5

    8.3

    6.5

    6.3

    8.0

    9.2

    2.

    8.8

    9.7

    9.8

    9.5

    10.0

    11.5

    3.

    10.2

    10.5

    10.0

    9.8

    11.2

    13.0

    4.

    10.5

    11.7

    11.2

    11.0

    12.0

    14.2

    Masalan, 1.05 sanasida nazoratda tuproq haydov qatlamida 1 gramm tuproqda bakteriyal soni 7.5 mln bo’lgan bo’lsa, N200P140K100 variantida bu ko’rsatkich 8.8 mln, N350P245K175 variantida 10.2 mln ni tashkil etdi. Go’ng 20 va 40 t/ga me’yorida qo’llanilganda bakteriyalr soni nazoratga nisbatan orti. Go’ng meyorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish bakteriyalar soniga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu holat butun o’suv davri davomida kuzatildi. Mineral o’g’itlar ichida azotli o’g’itlar bakteriyalar soniga kuchliroq ta’sir ko’rsatdi. Mineral va organik o’g’itlarni birgalikda qo’llash tuproq haydov qatlamida bakteriyalar sonini tajriba bo’yicha eng yuqori bo’lishini ta’minladi. Bunda bakteriyalar soni N250P175K125 40 t/ga go’ng variantida eng yuqori bo’ldi. Masalan bakteriyalar soni 20 t/ga go’ng variantida 1.06 sanasida 8.3 mln / g tuproqda bo’lgan bo’lsa 40 t/ga go’ng variantida bu ko’rsatkich 9.7 mln / g tuproqda, N250P175K125 20 t/ga go’ng variantida 10.5 mln, N250P175K125 40 t/ga go’ng variantida 11.7 mln / ga, N200P140K100 20 t/ga go’ng variantida 19.3 mln /g tuproqda tashkil etdi. Demak mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda bakteriyalar soni eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ldi xuddi shunga o’xshash ma’lumotlar Oqdaryo tumanida o’tloq – bo’z tuproqlarda ham olindi.

    Mikroorganizmlarning taksonomik guruhlaridan biri zamburug’lar hisoblanadi. Zamburug’lar soni bakteriyalar sonidan bir necha pog’onaga kam bo’lishi aniqlandi. O’simlik o’suv davrida zamburug’lar soni ortdi. Bu holat ildiz ajratmalari bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida zamburug’lar soni ortdi. Bunda mineral o’g’itlar me’yorini ortishi bilan tuproqda zamburug’lar soni ham ortib bordi. Masalan, 1.05 sanada haydov qatlamida 1 gr tuproqda nazoratda 30000 zamburug’ bo’lgan bo’lsa, N200P140K100 variantida bu ko’rsatkich 35000, N250P175K125 variantida 40000, N300P210K150 variantida 43000, N350P245K175 variantida 45000 donani tashkil etdi. Organik o’g’itlar mineral o’g’itlarga nisbatan zamburug’lar soniga kuchliroq ta’sir ko’rsatdi. Go’ng dozasini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish zamburug’lar sonini yanada ortishiga olib keldi.

    Mineral va organik o’g’itlarni birgalikda qo’llash tuproqda zamburug’lar sonini eng yuqori bo’lishini ta’minladi. Zamburug’lar bakteriyalarga nisbatan organik o’g’itlarga yuqoriroq darajada bog’liq bo’lishi aniqlandi. Tajribada aktinomisitlar soni ham g’o’za o’suv davri avj olishi bilan ortib bordi. Mineral o’g’itlar qo’llanishi natijasida aktimnomitsitlar

    3.1.2-jadval



    Zamburug’lar (Chapek muhiti) ming/g tuproqda

    (N.Sohadinova, 2013)



    Variant

    1.05

    1.06

    1.07

    1.08

    1.09

    1.10

    1.

    30

    35

    31

    25

    33

    37

    2.

    35

    46

    37

    40

    47

    55

    3.

    40

    50

    42

    43

    50

    60

    4.

    43

    53

    44

    47

    52

    65

    soni sezilarli ortdi. Mineral o’g’itlar me’yorini oshirib borish ham aktinomitsitlar sonini ortishiga olib keladi. Bu qonuniyat o’tloq tuproqlarda ham, o’tloq – bo’z tuproqlarda kuzatiladi. Masalan, 1.05 sanada o’g’itsiz nazorat variantda o’tloq tuproqning 1 gr da 5.5 mln dona aktinomisit bo’lgan bo’lsa, N200P140K100 variqantida 8.8 mln , N250P175K125 variantida 9.0 mln, N300P210K150 variantida 10.1 mln, N350P245K175 variantida 10.5 mln donani tashkil etdi. Organik o’g’it qo’llanilganda aktinomisitlar soni nazoratga nisbattan barqaror ravishda ortdi . Lekin organik o’g’itlarning aktinomisitlar soniga ta’siri mineral o’g’itlarnikidan kuchsizroq bo’ldi. Organik o’g’itlarning me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish aktinomisitlar sonini oshirdi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda aktinomisitlar soni eng yuqori bo’ldi. Bu ayniqsa mineral va organik o’g’itlarning meyori yuqori bo’lgan N250P175K125 40t/ga go’ng variantida yaqqol ko’rindi.

    3.1.3-jadval



    Aktinomitsetlar mln/g tuproqda

    (N.Sohadinova, 2013)



    Variant

    1.05

    1.06

    1.07

    1.08

    1.09

    1.

    5.5

    6.6

    6.2

    7.0

    7.3

    2.

    8.8

    9.5

    9.3

    10.3

    10.7

    3.

    9.0

    10.0

    9.7

    11.0

    11.5

    4.

    10.1

    10.5

    10.2

    11.8

    12.3

    Demak, mikroorganizmlarning taksonomik guruhlari vakillari soniga mineral va organik o’g’itlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi mineral o’g’itlar bakteriyalar va aktinomitsitlar soniga ko’proq ta’sir ko’rsatsa , organik o’g’itlar zamburug’lar soniga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.

    Har yili yuqori dozadagi go’ngni qo’llash go’sh peptonli agarda, kraxmal amiakli agarda rivojlanadigan mikroorganizmlar sonini oshirdi. Shu bilan birga tuproqning amonifikasiyalovchi, nitrifikasiyalovchi va selyuloza parchalovchi faolligi ortdi hamda mineralizasion jarayonlar kuchaydi.

    Mineral va organik o’g’itlar alohida qo’llanilganda ham, birgalikda qo’llanilganda ham mikroorganizmlarning fizioologik guruhlari vakillari soniga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Amonifikatorlar ham go’sht-peptonli agarda aniqlanib, bakteriyalar bilan bir xil ko’rsatkichga ega bo’ldi. Bu qonuniyatlar yuqorida ta’kidlangan edi. Denitrifikatorlar tuproqda azot aylanishida muhim vazifani bajaradi. Lekin shu

    3.1.1-rasm. Tuproqning mikrobiologik faolligini aniqlash uchun tuproq tahlili

    bilan birga agronomik jihatdan denitrifikasiya zarar keltiradigan jarayon hisoblanadi. Chunki bunda mineral va organik o’g’itlar bilan tuproqqa tushgan azotning bir qismi atmosferaga molekulyar azot va azot oksidlari ko’rinishida uchib ketadi. Denitrifikatorlar soni ham o’suv davri avj olishiga qarab ko’payib bordi. Mineral o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar qo’llanilishi bilan denitrifikatorlarning soni keskin ortdi. Azotli o’g’itlar me’yorini har 50 kg / ga va shunga mos ravishda fosforli va kaliyli o’g’itlarning me’yorini oshirilishi denitrifikatorlar sonini sezilarli oshirdi. Masalan, 4.07 sanada nazoratda denitrifikatorlarm soni o’tloq tuproqning 1 gr da 8 mln dona bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich N200P140K100 variantida 14.8 mln, N250P175K125 variantida 17.3 mln, N300P210K150 variantida 19.6 mln, N350P245K175 variantida 21.5 mln donani tashkil etdi. Organik o’g’itlar ham denitrifikatorlar sonini nazoratga nisbatan sezilarli oshirdi. Organik o’g’itlar me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish denitrifikatorlar sonini ortishiga olib keldi. Lekin mineral o’g’itlarning denitrifikatorlar soniga tasiri organik o’g’itlarnikidan ancha yuqoribo’ldi. Mineral va organik o’g’tilarni birgalikda qo’llash tajribada denitrifikatorlar sonini maksimal darajada bo’lishini ta’minladi. Bunda mineral o’g’itlar organik o’g’itlar fonida denitrifikatorlar sonini yanada oshirdi, yani organik o’g’itlar mineral o’g’itlarning tasiri uchun yaxshi fon yaratib berdi. Bu holatlar o’tloq – bo’z tuproqda ham kuzatildi.

    Mikroorganizmlarning fiziologik guruhlaridan azot fiksatorlar ham muhim rol o’ynaydi ular tabiatda azotning aylanishida faol ishtirok etadi. Shuning uchun tuproqda ular miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha o’tloq tuproqda Eshbi muhitida o‘suvchi azotfiksatorlar soni g’oza o’suv davri davomida ortib boradi va iyul, avgust va sentabr oyining boshlarida nisbatan yuqori bo’ldi. O’tloq bo’z tuproqda bu holat kuchsizroq namoyon bo’ladi. Mineral o’gitlarni qo’llash natijasida tuproqda azotfiksatorlar soni ortib boradi va mineral o’g’itlarning eng yuqori dozasida maksimal ko’rsatkichga ega bo’ladi. Masalan, o’tloq tuproqda 7.07 sanada nazoratda 1 gr tuproqda azotfiksatorlar soni 7.2 mln dona bo’lgan bolsa, N200P140K100 variantida 12.6 mln, N250P175K125 variantida 14.5 mln, N300P210K150 variantida 16.3 mln, N350P245K175 variantida 17.9 mln donani tashkil etdi. Organik o’g’itlar alohida qo’llanilganda ham tuproqda azotfiksatorlar sonini oshirdi. Organik o’g’itlar me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish azotfiksatorlar sonini butun o’suv davri davomida barqaror lashishini ta’minladi.Lekin organik o’g’itlarning azot fiksatorlar soniga ta’sir mineral o’g’itlarnikidan kuchsizroq bo’ladi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda azotfiksatorlar soni eng yuqori darajada bo’ldi. Bu ayniqsa N250P175K125 40 t/ga go’ng variqntida yaqqol kuzatildi. Azotfiksatorlarning sonini ortishida azotli o’g’itlar sezilarli rol o’ynaydi. Demak, mineral va organik o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar tuproqda mikroorganizmlarning fizziologik guruhlari sonini sezilarli ravishda oshirdi. Bunday qonuniyatlar o’tloq va o’tloq bo’z tuproqlar mikrobiologik faolligiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, ulardagi mikroorganizmlarning taksonomik va fiziologik guruhlari vakillari sonini ishonarli oshirdi.



    3.2. Tuproqning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati

    Dehqonchilikda organik o’g’itlarning qishloq xo’jaligi ekinlari o’sib rivojlanishi va tuproq xususiyatlariga tasiri ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan, biroq ularning ba’zi mikroorganizmlar, jumladan, trixoderma lignorum zamburug’i bilan uyg’unlashgan holdagi ta’siri yetarlicha o’rganilmagandir. Shu maqsadda ularning qishloq xo’jaligi ekinlar, jumladan, g’o’zaning o’sib rivojlanishi va tuproq ekologiyasiga ta’sirini o’rganish ilmiy kuzatishlarimizning asosi qilib olindi. Tajribalarda 6 ta variant o’rganildi. 1. Nazorat 2. Nazorat trixoderma 3. Go’ng 30 t/ga 4. Go’ng 30 t/ga trixoderma 5. Siderat 375 s/ga 6.Siderat 375 s/ga trixoderma.Tajribaning birinchi yilida sanoat asosida yetishtirilgan trixoderma lignorum 19 zamburug’i (titr 1g/da 1mln dan ortiqroq spora,70 kg/ga) yekish bilan birgalikda chigit ostiga 5-6 sm chuqurlikka berildi.

    Tajribalar Pastdarg’om tumanining “Toshquvvat bobo” fermer xo’jaligi dalalarida olib borildi va mavsum davrida xo’jalikdagi mavjud agrotexnikaga amal qilindi.

    Tajriba variantlarida organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’i ta’sirida tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati va ularning organik o’g’itlar chiritish dinamikasi bo’z gazmolining tuproqdagi chirishi uslubi asosida o’rganildi.

    Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki,bo’z gazmolining chirish tezligi 30 kunda organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’I uyg’unlashgan holda qo’llanilgan variantlarda jadal kechib gazmolning chirishi 95,5-98,0 % ni tashkil etdi. Organik o’g’itlar qo’llanilgan variantning dastlabki 10 va 20 kunlarida gazmolning chirishi sekin bordi. Bu tuproqdagi haroratning va organik o’g’itlarning chirishining pastligi bilan tushuniladi. Shuningdek, mavsumning boshi, o’rtasi va oxirida tuproqdagi mavjud mikroorganizmlar va ular sonining dinamik o’zgarishi doimiy kuzatildi (3.2.1- jadval).

    3.2.1-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, nazorat variantda mavsum oxirida trixoderma lignorum sonida sezilarli o’zgarish kuzatilmaydi. Biroq qolgan variantlarda trixoderma sonining oshishi kuzatiladi, ayniqsa, organik o’g’itlar berilgan variantlarda yaqqol ko’rinadi.



    3.2.1-jadval

    Organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’ini qo’llashning tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatiga ta’siri (1 g quruq tuproqda ming/dona),(N.Sohadinova,2013)

    Tajriba variantlari

    Bakteriyalar

    Zamburug’lar

    Aktinomtisitlar

    Chigit ekish oldidan 20.IV

    Mavsum oxirida 20.IX

    Chigit ekish oldidan 20.IX

    Mavsum oxirida 20.IX

    Chigit ekish oldidan 20.IX

    Mavsum oxirida 20.IX

    Kuzgi shudgor nazorat

    1800

    9500

    35,0

    29,9

    340

    900

    Kuzgi shudgor trixoderma

    1900

    9800

    34,2

    37,4

    180

    1700

    Shudgor go’ng

    3100

    22500

    39,0

    37,6

    540

    2030

    Shuagor go’ng trixoderma

    3000

    32200

    30,4

    41,8

    570

    2300

    Siderat

    5500

    44200

    48,0

    49,3

    1010

    2560

    Siderat trixoderma

    5700

    46100

    50,0

    60,4

    1030

    3450

    Masalan, siderat o’g’iti tuproqqa haydalgan va trixoderma lignorum berilgan variantlarda mavsum oxirida 1 g quruq tupoqdagi trixoderma miqdori 10,8 ming donani tashkil etgan bo’lsa, go’ng va trixoderma berilgan variantda 8,8 ming dona nazorat variantda esa bor yo’g’i 2,6 ming donani tashkil etdi. Trixoderma sonining mavsum oxirida kamaymay oshib borishi quyidagicha mulohaza qilinadi.Tuproqda yetarlicha organik o’g’itning bo’lishi trixoderma zamburug’i faoliyatini jadallashtiradi. Natijada tuproqdagi V.dahliaye zamburug’ining

    faoliyatini susaytirib g’o’zada so’lish kasalligining paydo bo’lishini bir muncha muddatga kechiktiradi. Bu davrda esa g’o’za yetarlicha hosil to’plab olgan bo’ladi. Variantlar bo’yicha mikroorganizmlar faoliyatining jadal ortishi tuproqning agrofizik agroximiyaviy holatining yaxshilanishiga imkon yaratadi. Haydov qatlamidagi gumus miqdori mavsum oxirida 0,07-0,05 %, tuproq tarkibidagi azot,fosfor va kaliy miqdorining ham sezilarli oshishi kuzatiladi.

    Tuproqda o’simlik uchun ozuqa rejimining yaxshilanishi g’o’zaning o’sib rivojlanishidagi ijobiy farqlarga sabab bo’ladi. Nazorat variantda bosh poyaning balandligi 82,3 sm bo’lgan bo’lsa, organik o’g’itlar va trixoderma uyg’unlashgan holda berilgan variantlarda85,6-85,9 sm ekanligi qayd etildi. Xuddi shunday qonuniyat simpodial shox soni va meva elementlari hosil bo’lishida ham kuzatiladi.

    Tajribaning barcha variantlarida g’o’zaning hosildorligi, nazorat variantga nisbatan sezilarli oshganligi qayd etildi. Eng yuqori hosildorlik organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’i uyg’unlashgan holda berilgan variantlardan olindi. Bu variantlardan olingan qo’shimcha hosil nazorat variantga nisbatan 0.50 - 0.54 tonnani, iqtisodiy samara esa 170 – 180 % ni tashkil etdi.



    3.3.Tuproqdagi gumus muvozanatini saqlab turish va miqdorini oshirish

    Tabiiy ekotizimning asosiy tashkil etuvchi komponentlaridan biri bo’lgan tuproqning unumdorlik darajasini belgilovchisi gumus miqdoridir. Har xil genezisga ega bo’lgan tuproqlarda u har xil ko’rsatkichga ega bo’ladi. Bunday gumus miqdori va sifat tarkibi nisbatan doimiy va o’zgarmas bo’ladi. Tabiiy sharoitda hoil bo’lgan tuproqlarning unumdorlik darajasi gumus miqdoriga va boshqa bir qator muhim ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Ma’lumki tuproqda gumus hosil bo’lishi asosan undagi o’simlik va hayvonot qoldiqlaridan iborat bo’lgan organik massaning gumufikatsiyasi va mineralizatsiyasi jarayonlarining pirovard natijasidir. Tabiiy ekologik muhitda mazkur jarayonlar natijasi deyarli o’zgarmas (stabil) kattalikka ega bo’lishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy hosil bo’lgan qora tuproq (gumusi 5-20%), podzol tuprog’i(1,5-2%), bo’z tuproqlar (1,5-4%), taqirlar va taqirli tuproqlar(0,5-1,5%), o’tloqli tuprolar (2-2,5%) va hokazolar. Bu tuproqlarda gumus hosil bo’lishi muayyan mintaqaviy tuproq hosil bo’lish jarayoni qonuniyati ta’sirida ro’y beradi hamda bundan tashqari tabiiy gumus hosil bo’lishida kichik biologik moddalarning aylanish qonuni ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.Bu hodisalarni umumlashtirib ko’rsatadigan bo’lsak, tabiiy moddalarning (gumus va boshqa moddalarning) biokimyoviy aylanishi doimiy muvozanatga kelgan bo’ladi.

    Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan yerlardagi tuproqlarda-agrogeosenozlarda esa, tabiiy tuproq hosil bo’lish sharoitiga juda katta o’zgarishlar kiritiladi yoki butunlay boshqa sun’iy (tabiiy sharoitning ham ta’siri bo’lgani holda) sharoit vujudga keladi.Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarni boshqacha qilib aytilganda, gumus va boshqa moddalarning biogeokimyoviy aylanishi ma’lum muvozanatga kelishi yoki bu moddalarni ortib borishi tendensiyasi ro’y berishi kuzatilishi kerak. Chunki sun’iy hosil qilingan optimal yoki maksimal sharoitda (yuqori unumdorlikda olingan hosilga ko’ra)fotosintez mahsuldorligi (mineralizasiyadan yangi hosil bo’ladigan CO2 hisobiga) yoki ekinlar hosilini oshib borishi tuproq unumdorligini albatta ortishiga olib keladi.

    Umuman olganda, yuqorida aytib o’tilgan hodisalarni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:

    -tabiiy ekotizim-beogeosenozda tuproq o’simlik mikro va makrofauna-mikroorganizmlarning o’zaro ta’sirida nisbatan stabil kattalikka va sifat ko’rsatkichlarida ega bo’lgan gumus hosil bo’ladi;

    -antropogen (sun’iy) ekotzim agroekotizim agrogeosenozda esa, tuproq o’simlik (har xil tur va navdagi yekinlar)- mikro va makrofauna (chorva mollari) mikroorganizmlarning muvofiqlashtirilgan o’zaro ta’sirida miqdor jihatdan o’sib boruvchi kattalikka va yo’naltirilgan sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan gumus hosil bo’lishi mumkin (yoki aksincha).

    Ko’pgina izlanishlar natijalariga asosan aytish mumkinki, bo’z tuproqlar mintaqasi sug’oriladigan tuproqlari, dehqonchilik yuqori madaniy darajada olib borilganda, qo’riq tuproqlardan gumus holati bo’yicha keskin farqlanadi; bunda undagi gumusni miqdori bir qancha ortishi bilan birga, sifat tarkibi ham yaxshilanishi kuzatiladi (Ziyamuhamedov, Rijov, 1975; Rijov, Toshqo’ziyev 1976; Sattorov, Valiyev,1990). Uzoq muddat davomida yuqori miqdorda go’ng qo’llanilib (40-80 t/ga) dehqonchilik yuritilgan tipik bo’z tuproqlarda (xususiy tomorqa yerlarida) gumusning umumiy miqdori 4% ga yetishi kuzatilgan, uning tarkibida gumin kislotasi miqdori fulvokislotadan ko’paygan, ya’ni qora tuproqlardagi nisbatga tomon yo’nalgan.

    Bizning izlanishlarimiz natijasiga ko’ra, Oq-Qovoq tajriba markazidagi uzoq muddatli takriba dalalaridan olib, gumusni fraksiya va guruhli tarkibi o’rganilganda, oradan 55 yil o’tgach, uzoq muddat o’g’it qo’llanilmasdan paxta yetishtirilganda tuproqda gumus miqdori 39,4 foizga, azot miqdori 24foizga kamaygani aniqlandi. Har yili o’rtacha miqdorda mineral o’g’itlar qo’llanilib kelinganda (N-150, P2O5-100, K2O-50-70 kg/ga) tuproqdagi gumus va azot miqdori mutanosib ravishda 23,3 va 18,3 foizga kamayganligi kuzatildi, bu esa nazorat variantidagidan birmuncha kam. Tuproqqa har yili 30 t/ga miqdorida go’ng solinganda, gumusning miqdori 1,75 foizga yetdi va dastlabkisidan 33,5 foizga, azotning miqdori 25 foizga ortganligi aniqlandi. Paxta-beda almashlab ekishning 45 yilida yuqoridagi miqdorda mineral o’g’itlar qo’llanilganda tuproqda gumusning miqdori 10 foiz, azot esa 11,8 foizga ortdi. Gumusning tarkibi analizga ko’ra, go’ng qo’llanilgan hamda almashlab ekish joriy etilgan variantlarda gumin kislotasining miqdori nazoratga nisbatan 4,5-8 foizga ortgan, bu esa gumusning sifati ham yaxshilanib borayotganligini ko’rsatadi.



    XULOSALAR

    1.Tuproq mikrobiologik faolligi uning unumdorligida muhim o’rin tutadi. Mikroorganizmlarning fiziologik guruhlaridan azot fiksatorlar ham muhim rol o’ynaydi ular tabiatda azotning aylanishida faol ishtirok etadi. Shuning uchun tuproqda ular miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

    2.O’rganilgan barcha variantlarida g’o’zaning hosildorligi, nazorat variantga nisbatan sezilarli oshganligi qayd etildi. Eng yuqori hosildorlik organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’i uyg’unlashgan holda berilgan variantlardan olindi. Bu variantlardan olingan qo’shimcha hosil nazorat variantga nisbatan 0.50 - 0.54 tonnani, iqtisodiy samara esa 170 – 180 % ni tashkil etdi.

    3.Tuproqqa har yili 30 t/ga miqdorida go’ng solinganda, gumusning miqdori 1,75 foizga yetdi va dastlabkisidan 33,5 foizga, azotning miqdori 25 foizga ortganligi aniqlandi.Paxta-beda almashlab ekishning 4-5 yilida yuqoridagi miqdorda mineral o’g’itlar qo’llanilganda tuproqda gumusning miqdori 10 foiz, azot esa 11,8 foizga ortdi.

    4. Oraliq yekinlarning ta’sirida g’o’za hosildorligi yillar davomida nazorat variantlariga nisbatan o’rtacha 2,3-3,3 sentnergacha yuqori bo’lihi hisobga olindi.

    5.Olib borilgan kuzatishlarimiz asosida shunday xulosalar qilishimiz mumkinki, organik o’g’itlar (go’ng va siderat)ni alohida trixoderma bilan uyg’unlashgan holda qo’llaganimizda tuproqning ekologik holati yaxshilanadi. Tuproqning oziqa tartibotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib tuproqning biologik va agrofizik xususiyatlarining yaxshilanishiga olib keladi.



    TAVSIYALAR

    Organik o’g’itlar me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish azotfiksatorlar sonini butun o’suv davri davomida barqarorlashishini ta’minlaydi. Mineral va organik o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar tuproqda mikroorganizmlarning fiziologik guruhlari sonini sezilarli ravishda oshiradi. Bunday qonuniyatlar o’tloq va o’tloq bo’z tuproqlar mikrobiologik faolligiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, ulardagi mikroorganizmlarning taksonomik va fiziologik guruhlari vakillari sonini ishonarli oshiradi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda azotfiksatorlar soni eng yuqori darajada bo’ladi. Buni ayniqsa N250P175K125 40 t/ga go’ng variqntida yaqqol kuzatishimiz mumkin va ushbu variantni ishlab chiqarish sharoitiga tavsiya qilish mumkin.



    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

    1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf yetishning yo’llari va choralari.–Toshkent: O’zbekiston. 2009. -56 b.

    2. Аксел М.Ю.,Чихаева О.В.,Рыыс О.О.,Лий Я.Г.,Раяве Л.И.Влияние возрастающих доз азотных удобрений на микрофлору почвы културного луга//Микробиологические процессы в почвах и урожайност селскохозяйственных култур.Материалы конференсии”Пути повышения эффективности факторов интенсификасии селскохозяйственного производства”,11-12 июня 1986 г.Велнюс,1986.С.6-7.

    3. Арлаускене Е.-А.Б.Влияние минералных и органических удобрений на биологическую активност почв разной кислотности//Микробиологические просессы в почвах и урожайност селскохозяйственных култур.Материалы конференции”Пути повышения эффективности факторов интенсификасии селскохозяйственного производства”,11-12 июня 1986 г.Велнюс,1986.С.29-30.



    1. Вернадский В.И.Очерки геохимии. 7-е/4-е русское/ Изд.М.:”Наука”,1983г.

    5. Владимирова А.И. Экология нефтегазового комплекса: Нижний Новгород, ”Вектор ТиС”, 2007.523с.

    6. Гаузе Г.Ф.,Преобреженская Т.Л. и др.Определител актиномисетов.Изд-во “Наука” 1983 г.

    7. Марфенина О.Е.Микологический мониторинг почв: возможности и перспективы//Почвоведение.1994.№1.С.75-80.


    1. Давыдова С.Л.,Тагасова В.И.Тяжелые металлы как супер токсиканты ХХИ века.М.:”РУДН”,2002.-140 с.

    2. Мишустин Е.Н.Микроорганизмы и плодородие почвы.М.,Изд-во АНСССР.1953 г.

    3. Красилников Н.А. Лучистые грибки. М.1970 г.

    11. Рискиева Х.Т. Токсикологические состояние и екологические функсии почв орошаемых ландшафтов.Мат-лы ИВ сезда Общества почвоведов и агрохимиков Узбекистана,9-10 сентябр 2005г.

    12. Рискиева Х.Т.,Касимова Х.,Мирсодиков М.Изменение комплекса почвенных микроорганизмов на фоне хлорорганических пестисидов.Мат-лы ИВ сезда Общества почвоведов и агрохимиков Узбекистана,9-10 сентябр 2005 г.

    13. Рискиева Х.Т., Мирсодиков М.,Каримов Х.Н., Касимова С. Микробиологическое состояние орошаемых почвы среднего и нижнего течения реки Зарафшан. ТошДАУ.2008.С.43-45.

    14. Рискиева Х.Т., Мирсодиков М.,Каримов Х.Н. Пути восстановления экологических функсие антропогенно загрязненных почв. ТошДАУ.2008.С.150-152.



    1. Тарарико Н.Н.,Сыганкова Н.М.,Малиенко А.М.Влияние удобрений и различных способов обработки дерново-подзолистой супесчаной почвы на биологическую активност и накопление гумуса// Макробиологические факторы трансформасии органического вещества и плодородие почвы.Труды ВНИИ селскохозяйственной микробиологии.Том 58.Ленинград,1998.С.81-88.

    2. Торопкина А.Л. Жизнедеятелност микрофлоры в сероземах в зависимости от агротехники возделывания хлопчатника.Ташкент,”Узбекистан”,1971.239 с.

    3. Раджабов А.,Бозоров Б.Распределения микроелементов в почвах Ургуского раёна// Суғориладиган бўз тупроқлар унумдорлигини ошириш ва унинг екологик муаммолари:Конференсия материаллари.2- қисм.-Самарқанд, 2002.-Б.146-149.

    4. Расулов С.К.Некоторые биохимические особенности содержания микроелементов в почвах Зарафшанской долины //Суғориладиган бўз тупроқлар унумдорлигини ошириш ва унинг екологик муаммолари:Конференсия материаллари.2- қисм.-Самарқанд, 2002.-Б.125-128.

    5. Abdullayev B.D., Jo’rayeva M.T., Xrustaleva E.G., Zikrillayev X.X. Sizot suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishidan himoyalanish darajasidan aeratsiya zonasi jinslarining litologik tarkibini ta’siri.-T.:2001.-34s.-“O’ZBEKGIDROGEOLOGIYA”hisoboti.

    6. Abdurahimov M.K.Zarafshon vohasi tuproqlarida mikroelementlarni tarqalishi// Orol dengizi havzasining sahrolanish jarayonida tuproq unumdorligini tiklash,oshirish va ular melioratsiyasining dolzarb muammolari:O’zbekiston tuproqshunoslari va agrokimyogarlari ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalar to’plami.
      Orol dengizi Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.
      -Toshkent,2002.-B.248-250.

    7. Fayzullayev O.F. Tuproq tarkibidagi og’ir metallarni aniqlash//Sug’oriladigan bo’z tuproqlar unumdorligini oshirish va uning ekologik muammolari: Konferensiya materiallari.1- qism.Samarqand,2000.-B.63-65.

    22.JabborovZ.A., Muxtarov D.T., Abdraxmonova M.T., Abdullayeva Y.Tuproqlarni neft,neft mahsulotlari tarkibidagi og’ir metallar bilan ifloslanishi va ularning o’rganilishi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent sh.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    23.Karimov H.N. Samarqand vohasi tuproqlarida ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi.Tuproqshunoslik va agrokimyo ITDI,Toshkent sh.

    24.Karimov X.Bo’z mintaqasi tuproqlarining mikrobiologik holati.

    25.Maxsudov X.M.Tuproq morfologiyasiga sug’orish eroziyasining ta’siri.Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat institute,Toshkent,O’zbekiston Respublikasi. 26.Maxsudova M.,Hayitov M.Tuproq unumdorligiga va fosfat rejimiga antropogen omillarning ta’siri. Agrar fon yutuqlarida talabalarning ishtiroki.Samarqand. 2010. –B.4-5

    27. Masharipov U.,Oripov R.,Toshtemirov A.Oraliq ekinlardan “Yashil o’g’it”sifatida foydalanilganda g’o’za hosildorligi. Agrar fon yutuqlarida talabalarning ishtiroki.Samarqand. 2010. –B.5-7.

    28. Niyozaliyev B.I.,Ibrohimov N.,Haitboyev X.Organik-mineral kompostlarni tayyorlash va g’o’za ekinida qo’llash. Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. – T.: 2000 – B.130-131.

    29. Niyozaliyev B.I.,Ibrohimov N.M.Haitboyev X.X. Organik-mineral kompostlarni tayyorlash va g’o’za ekinida qo’llash.O’zPITI,2000.

    30. Ortiqov T.Q.,Zarafshon vohasi tuproqlarida gumus miqdori. Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. – T.: 2000 – B.182-183.

    31. Ortiqov T.Q. Zarafshon vohasi bo’z tuproqlarida gumus miqdori.SamDU,2000.

    32. Ortiqov T.Q.,G’oziyev T.Ch. Tuproq mikrobiologik faolligiga o’g’itlarning ta’siri.Samarqand qishloq xo’jalik instituti,2010.

    33. Qo’ziyev R.Q. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat institutida olib borilayotgan tadqiqotlar va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari.Tuproqshunoslik va agrokimyo ITDI,Toshkent sh.

    34. Toshqo’ziyev M.M.,Ziyamuhamedov.Tuproqdagi gumus muvozanatini saqlab turish va miqdorini oshirish.TAITDI,2000.

    35. Toshqo’ziyev M.M.,Ziyomuhammedov.Tuproqdagi gumus muvozanatini saqlab turish va miqdorini oshirish.Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar III qurultoyida ma’ruzalari va tezislari. – T.: 2000 – B.185-187.

    36. Turopov S,Oripov R.Oraliq ekinlar va g’o’za hosildorligi. O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli.Samarqand. 2007. – B.63-65.

    37. Xolmonov N.T. Tuproqlarning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati. Sug’oriladigan bo’z tuproqlar unumdorligini oshirish va uning ekologik muammolari.Konferensiya materiallari 2-qism.-Samarqand, 2002. - B.35-40.

    38. Xolmonov N.T. Tuproq ekologik muvozanatini saqlashning muhim tomonlari.Tuproq unumaorligini oshiruvchi yangi texnologiyalar professor M.U.Umarov tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-konferensiya materiallari to’plami.T.: 2004. – B.227-229.

    39. O’rolov M.U.Ksenobiotiklar,ularning biogeosenozda tarqalishida tuproq va tuproq faunasining ahamiyati.Sug’oriladigan bo’z tuproqlar unumdorligini oshirish va uning ekologik muammolari.Konferensiya materiallari 2-qism.-Samarqand, 2002. - B.26-29.

    40. O’zbekiston Respublikasida atrof muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to’g’risida Milliy ma’ruza-2008.(1988-2007 yillar bo’yicha retrospektiov tahlil).O’zRTMQDQ, Toshkent.2008.288-bet.



    ILOVALAR

    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 0,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI

    Download 0,58 Mb.