• Oqdaryo tumani
  • 1.3. Oraliq ekinlar va ularning tuproq mikrobiologiyasiga ta’siri
  • Siderat yekinlarning bahorda haydash oldidan ko’k massa miqdori (t/ga),ularning tuproq agrokimyoviy holatiga va g’o’za hoslidorligiga ta’siri[Masharipov,Oripov,Toshtemirov]
  • Shudgorlash muddatlarini va oraliq ekinlarni g’o’za hosildorligiga ta’siri, gek.s.[Turopov,Oripov,2007]
  • Tipik bo’z tuproqlarning morfologik ko’rsatkichlari (Maxsudov X.M.,2010)
  • 1.3.4-jadval. Tuproqlar tarkibidagi og’ir metallar miqdori, mg/kg (metallga nisbatan hisoblanganda (Karimov H.N., 2010)
  • Tuproqdagi harakatchan fosfor




    Download 0,58 Mb.
    bet2/26
    Sana24.03.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #1657
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori,mg/kg



    Fosfor miqdori,mg/kg

    O’sish va rivojlanish fazalari

    Zarafshon vodiysida tarqalgan tuproq tiplari singdirish sig’imida Ca 2 va Mg 2 kationlarining ko’pligi va karbonatlarning miqdori yuqoriligi esa qo’llaniladigan fosforli o’g’itlarning tuproqda kimyoviy singdirilishini tezlatib, foydalanish koeffitsientining pasayishiga olib keladi.

    Fosfor (yun. phosphoros - yoruglik tashuvchi, phos - yoruglik va phoro - tashiyman, lot. Phosphorus), P - Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376.
    Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.

    Ko’plab tadqiqotlardan ma’lumki, fosforli o’g’itlardan foydalanish koeffitsienti 10-15% dan oshmaydi.Ayniqsa, bu holat tuproqdagi karbonatlar miqdori 6-9?n oshganda yaqqol namoyon bo’ladi.

    Fosforli o’g’itlar samaradorligi o’simliklarning fosforga bo’lgan talabi, tuproqdagi fosfatlar miqdori, o’g’itlardan fosfor o’zlashtirishi, tuproqdagi karbonatlar miqdori, tuproq eritmasi muhiti, organik va mineral fosforning tuproqdagi nisbati kabi bir qancha omillarga bog’liq.

    Zarafshon vodiysi tuproqlari unumdorligi va fosfat rejimiga antropogen omillarning ta’sirini o’rganish maqsadida 2007 yildan boshlab dala tajribalari olib borilmoqda.Dala tajribasi Oqdaryo tumani o’tloq tuproqlari sharoitida olib borilmoqda.

    Oqdaryo tumani Oqdaryo tumani - Samarkand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrdatashkil etilgan. Ishtixon, Pastdargʻom, Samarkand, Jomboy, Payariq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,37 ming km². Aholisi 101,7 ming kishi (2000). O.
    Tajribada fosfor saqlovchi o’g’itlardan ammofos, ammofosfat, poliammofos va Qizilqum fosforitlari asosida olingan fosfor saqlovchi o’g’itlar o’rganilmoqda.
    Qizilqum - Oʻrta Osiyodagi qumli choʻl. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shim.gʻarbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va PomirOlay togʻ tizmalari bilan chegaradosh.
    Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, o’g’isiz nazorat variantiga nisbatan qo’llash g’o’za o’suv davrida nisbatan yuqori oziqlanish rejimini hosil qilar ekan. Fosforli oziqlanishning kritik davri 4-5 chinbarg chiqarish va shonalash fazalarida tuproqda P2O5 miqdori ammofos 160 kg/ga variantida 26 mg/kg P2O5, ammofosfat qo’llanilganda 25 mg/kg P2O5 va poliammofos variant 28 mg/kg P2O5 bo’lishi kuzatilgan.O’g’it orasidagi harakatchan fosfor miqdori bo’yicha farqlar o’suv davri bo’yicha saqlanib qolib,pishish fazasida yaqqol seziladi.

    O’suv davri oxiriga kelib ammofos va ammofosfat o’g’itlari o’rtasida P2O5 miqdoriga ta’siri bo’yicha keskin farq kuzatilmasada, ammofosfat variantida biroz ustunlik kuzatiladi.

    Poliammofos variantida o’suv davri oxiriga kelib tuproqdagi harakatchan fosforning miqdori,dastlabki ko’rsatkichdan ko’p bo’lishi kuzatilgan.

    Polifosfat tipidagi o’g’itlarning tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ta’siri bo’yicha an’anaviy o’g’it ammofosdan ustun kelishi ushbu turdagi o’g’itlar fosfat komponentining tuproq kalsitlari bilan hosil qilinadigan murakkab birikmalari va komplekslari bilan bog’liq.

    Zarafshon vodiysi tuproqlar sharoitida g’o’za o’simligi o’sishi va rivojlanishi uchun harakatchan fosfor miqdorini oshirishda poliammofos ammofos va ammofosfatdan ustun kelishi aniqlangan.

    1.3. Oraliq ekinlar va ularning tuproq mikrobiologiyasiga ta’siri

    Yerlardan samarali foydalanish,ularning unumdorligini saqlash va oshirish doimo dolzarb muammolardan hisoblangan.Ma’lumki Respublikamizning tabiiy- iqlimi sharoitlari,kuzgi – qishki va erta bahorgi davrda 50C dan yuqori bo’lgan 15000C haroratni to’plashga imkon beradi.

    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
    Ushbu qulay sharoitda oraliq ekinlarni o’stirib, bahorda haydash orqali tuproqni organik o’g’itlar bilan boyitish hamda chorva uchun mo’l shirali ko’k oziqa yetishtirish vazifalari ham amalga oshiriladi.Yuqoridagilarni hisobga olib Samarqand viloyati sharoitida eng maqbul bo’lgan oraliq ekinlarni tanlash va ularning tuproq unumdorligiga va g’o’za hosildorligiga ta’sirini o’rganish maqsadida dala tajribalari o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan, shunday tajriba O’zPITI Samarqand tarmog’ida o’tloq-bo’z tuproq sharoitida olib borildi.Tajriba dalasining tuprog’i eskidan sug’orilib g’o’za o’stirib kelingan yer bo’lib, tajriba qo’yishdan oldin tuproqning haydov qatlamida (0-30 sm) chirindi miqdori 1,21 %,umumiy azot 0,124 % va yalpi fosfor 0,184 % ni, haydov osti qatlamida (30-50 sm) esa, yuqoridagilarga mos ravishda 0,920:0,082 va 0,121 % ni tashkil etdi[27].



    1.3.1-jadval

    Siderat yekinlarning bahorda haydash oldidan ko’k massa miqdori (t/ga),ularning tuproq agrokimyoviy holatiga va g’o’za hoslidorligiga ta’siri[Masharipov,Oripov,Toshtemirov]

    T/r

    Tajriba variantlari

    Sideratlarning massasi

    Tuproqning 0-30 sm qatlamida oziqa elementlari miqdori,mg/kg

    G’o’-za hosil-dorligi

    Yer ustki qismi

    Yer ostki qismi

    Jami

    Nitrat

    Harakatchan fosfor

    Haydash oldidan

    G’o’zaning shonalash davrida

    Haydash oldidan

    G’o’zaning shonalash davrida

    1.

    Kuzgi shudgor

    -

    -

    -

    3,8

    11,2

    22,9

    30,2

    31,1

    2.

    Arpa

    26,51

    3,75

    30,20

    3,2

    21,5

    24,8

    36,2

    31,1

    3.

    Javdar

    25,31

    3,92

    29,23

    3,1

    20,7

    24,3

    35,8

    33,4

    4.

    Arpa ko’k no’xat

    25,82

    3,32

    29,14

    6,2

    30,3

    26,2

    39,2

    33,6

    5.

    Raps

    30,37

    3,27

    33,64

    3,8

    22,6

    25,8

    36,3

    33,8

    6.

    Raps ko’k no’xat

    34,72

    3,76

    34,48

    5,9

    28,7

    25,8

    38,7

    34,4

    E=0,54 s/ga

    P=1,6 %


    1.3.1-jadval ma’lumotlariga ko’ra oraliq ekinlarning jami to’plagan ko’k massasi har gektar maydon hisobiga 27,72 tonnadan 38,5 tonnagacha bo’lib, eng ko’p biomassa bergan ekinlar yakka holda ekilgan oraliq ekinlarga nisbatan raps ko’k no’xat qo’shib ekilgan variantlarda kuzatildi.Yashil massa hosildorligi har gektar maydon hisobiga eng yuqori ko’rsatkich 38,48 tonnagacha bo’lganligi hisobga olindi.Ushbu to’plangan biomassa haydalgan bo’lakchalarda oraliq ekinlarning turlariga qarab nitratlar 1 kg tuproqda g’o’zaning shonalash davriga kelib 20,7 dan 34,1 mg gacha nazorat variantlarida esa kamroq ya’ni 11,2-12,3 mg bo’lganligi aniqlandi.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Nitratlar, metall nitratlari - nitrat kislota HNO3 tuzlari. Rangsiz kristallar; oddiy sharoitda barqaror. Yuqori temperaturada kislorod ajratib chiqarib parchalanadi. N. parchalanganida tarkibidagi metallning faolligiga qarab turlicha maqsulotlar hosil boʻladi.
    Harakatchan fosfor miqdorining o’zgarishda ham shunday ijobiy ma’lumotlar olindi. Yashil o’g’it sifatida Siderat ekinlarning to’plagan ko’k massasini haydalishi natijasida tuproqning agrofizik, agrokimyoviy xossalarini yaxshilanishi hamda tuproqning organik moddalar bilan boyitilishi sababli, ularning o’rnida parvarish qilingan g’o’zalarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligining oshishiga samarali ta’siri kuzatildi.

    Jadval ma’lumotlari tahlil etilganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, oraliq ekinlarning ta’sirida g’o’za hosildorligi yillar davomida nazorat variantlariga nisbatan o’rtacha 2,3-3,3 sentnergacha yuqori bo’lishi hisobga olindi.Ayniqsa siderat ekinlarni yakka holda yemas, balki aralashma holda ekilganda ularning samaradorligi yanada yuqori bo’lishi e’tiborga molikdir.

    Ma’lumki, keying yillarda ekinlar strukturasida boshoqli don o’simliklarini salmoqli o’rinni egallab keng maydonlarda ekilganligi sababli, almashlab ekish tizimida ham, katta o’zgarishlar yuz bermoqda, ya’ni beda-g’o’za almashlab ekish o’rniga qisqa rotasiyali navbatlab ekish keng maydonlarga joriy etilmoqda.Shuni ye’tiborga olib tuproqlarda organik moddalarni to’planishning zarur choralaridan hisoblangan usullari-asosiy ekin yig’ib olingandan so’ng, ularni o’rniga dukkakli takroriy ekinlar ekish, oraliq ekinlarni parvarish qilib “ko’k” o’g’it sifatida foydalanish tuproq unumdorligini oshirishda shu kunning ustuvor zaruriy tadbirlaridan hisoblanadi.

    Yuqorilardagiga asoslanib O’zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot Institutining Samarqand filialida ushbu mavzu bo’yicha dala tajribalari olib borilgan.

    Tajriba filialining №2 brigadasida o’tloq-bo’z tuproq sharotida bajarilgan [36].

    Tajribada oraliq ekin sifatida: javdar, perko, ko’k no’xat (gorox), raps ekinlari ekilib ularning o’sishi, rivojlanishi va ko’k massa (biomassa) to’planishi qiyosiy o’rganildi.Oraliq ekinlar to’plangan biomassa bahorda dalaga g’o’za parvarish qilindi va oraliq ekin turlarining paxta hosildorligiga ta’siri o’rganildi.

    Shuning bilan birga tajriba dalasida kuzgi va bahorgi muddatlarda shudgorlash ham bir-biriga solishtirib nazorat variant tariqasida o’rganildi.

    Tajriba dalasiga kuzda paxta hosili yig’ib olingandan so’ng, (oktabrni birinchi dekadasida) KPX – 4 rusumli kultivator yordamida g’o’za qator oralari yumshatilinib oraliq ekinlarining urug’lari ekildi va sug’orish joylari olinib sug’orildi.

    Erta bahorda har gektar maydon hisobiga 70 kg me’yorda azot o’g’iti berilib sug’orildi.

    O’tgan yillarda bahor faslining ancha iliq kelganligi sababli, oraliq ekinlarni jadal o’sishi kuzatildi.Natijada aprel oyining ikkinchi dekadasida (17-aprelda) oraliq ekinlar tomonidan to’plangan ”biomassa” KIR-1,5 agregati yordamida maydalanib, yerga sochilib, so’ngra qo’sh yarusli plug yordamida haydalib yerga ko’mildi.

    Aprel (lot. Aprilis) - Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. 30 kundan iborat.

    Tajribada o’rganilgan oraliq ekinlarning to’plangan biomassasi ularni haydash oldidan aniqlangandi.Ma’lum bo’lishicha javdar o’simligi ekilgan variantda har gektar maydon hisobiga yer ustki qismi 338 sentner, raps bilan perko o’simliklari massasi 322-324 sentner, ko’k no’xatni to’plagan massasi 303 sentnerni tashkil qildi.

    O’tkazilgan tajribalardan olingan ma’lumotlarni ko’rsatishicha, shudgorlash turli muddatlar o’tkazilganda va har xil oraliq ekinlar kuzda ekilib ularning to’plagan biomassasi ko’k o’g’it sifatida foydalanilgandan so’ng ularning o’rniga g’o’za o’stirilganda paxta hosilini miqdoriga ijobiy ta’siri borligi aniqlandi (1.3.2-jadval). Jadval ma’lumotlarini ko’rsatishicha, g’o’zalarning nihol qalinligi kuzda va bahorda shudgorlangan variantlarda oraliq ekinlarning biomassasi haydalgan variantlarga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi aniqlandi.Bunga sabab,bizlarni kuzatuvimizni ko’rsatishicha, oraliq ekinlarning biomassa haydalgan variantlarda ularning jadal tarzda parchalanishi sababli ayrim o’simliklarni nobud bo’lishidir.

    Tajriba dalasida paxta hosili kuzda shudgorlangan dalada o’rtacha har gektar maydon hisobiga 30,2 sentnerni,bahorda shudgorlangan dalada 28,3 sentnerni tashkil etdi.

    1.3.2-jadval



    Shudgorlash muddatlarini va oraliq ekinlarni g’o’za hosildorligiga ta’siri, gek.s.[Turopov,Oripov,2007]

    T.r

    Tajribada o’rganilgan variantlar

    Nihol qalinligi,gek.ming dona

    Hosil terib olingan sanalar

    Jami hosil

    23.09

    06.10

    14.10

    1.

    Kuzgi shudgor

    94,7

    20,1

    5,9

    4,2

    30,

    2.

    Bahorgi shudgor

    92,3

    19,2

    4,4

    4,7

    28,3

    3.

    Javdar

    90,5

    20,5

    8,8

    3,6

    32,9

    4.

    Perko

    91,4

    18,7

    9,4

    3,6

    31,7

    5.

    Ko’k no’xat (gorox)

    90,2

    22,4

    8,7

    3,0

    34,1

    6.

    Raps

    89,7

    19,8

    9,5

    3,7

    33,0

    Eslatma:ma’danli o’g’itlarning me’yori SX=0,34 s/ga

    Har gektar hidobiga: N200 P2O5 140 K2O100 SX %=1,08

    Oraliq ekinlar o’stirilib ularning biomassasi “ko’k o’g’it” sifatida foydalangan variantlarda paxta hosili o’rtacha 31,7-34,1 sentnerni tashkil qilib, eng yuqori hosil ko’k no’xat (gorox) ekilib uning to’plagan biomassasi haydalgan 5- variantda (34,1 s/ga) hisobiga olindi. Shuningdek raps ekilgan variantda ham, paxta hosili o’rtacha 33,0 sentnerni tashkil qilib nazorat variantlariga nisbatan yuqori hosildorlikni ta’minladi.

    Dehqonchilik madaniyatini yuqori pog’onalarga ko’tarish,sug’oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va ularni unumdorligini oshirish, fan va texnika yutuqlarini hamda ilg’orlar tajribalarini amaliyotda qo’llash ko’p jihatdan chora tadbirlarni amaliyotda qo’llash ko’p jihatdan chora tadbirlarni to’g’ri joriy qilishga bog’liq.Ilmiy jihatdan asoslangan va xo’jaliklarning tuproqlariga mos keladigan chora tadbirlarni joriy qilish, ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish, uning samaradorligini oshirish imkonini beradi[25].

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    1.3.3-jadval

    Tipik bo’z tuproqlarning morfologik ko’rsatkichlari

    (Maxsudov X.M.,2010)

    Kesmalar raqami.

    Qiyalik va ekspozitsiyalar

    Gumus qatlamining qalinligi,sm. (A B1B2)

    Karbonatlarning yuqori chegarasi,sm

    Gips to’plangan chegarasi,sm

    Haydalma qatlamning rangi

    Psevdomiseliy

    Konkresiya

    Lyossimon yotqiziqlarda tashkil topgan tipik bo’z tuproqlar, tog’oldi to’lqinsimon tepalikli relef

    K.1.

    Suv ayirgich,kuchsiz eroziyalangan






    56

    22

    31-56

    Yo’q

    Bo’z

    K.2.

    Qiyalikning o’rta qismi, kuchsiz eroziyalangan.



    Shimoliy ekspozisiya,60

    52

    0-19

    -

    -

    Bo’z kulrangda tuslanadi

    K.3.

    Qiyalikning o’rta qismi, o’rtacha eroziyalangan.



    Janubiy ekspozisiya,4,5-50

    41

    -

    8

    -

    Bo’z kulrangda tuslanadi

    Insoniyatning biosferaga ta’siri global xarakterga ega bo’lib, har doim ham ijobiy tasir korsatmaydi,Akademik Vernadskiy “Noosfera” atamasini geokimyoviy nuqtai nazaridan o’rganib chiqib: “bu insonlar tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda kimyoviy keskin o’zgaruvchi biosferadir...”, deb yozgan [4].

    Tuproq tarkibidagi og’ir metallarning bo’lishi o’simliklar uchun kerakli elementlar bo’lsa (temir, marganes , molibden, mis , rux, kobalt) ba’zi bir elementlar (simob, qo’rg’oshin, mishyak, nikel, xrom) tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarga hamda o’simliklarga toksik ta’sir etadi.

    Mishyak (rus. mish - sichqon, yad - zahar) - q. Margimush.
    Molibden (yun. molibdos - qoʻrgʻoshin; lot. Molybdaenum), Mo - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi. Tartib rakami 42, atom massasi 95,94. Molibdenni 1778 yil molibdat kislotasi va uning tuzlari sifatida Molibden Sheyele ochgan, 1790 yil Molibden Gyelm ajratib olgan metall holdagi Molibden namunasi tarkibida uglerod va Molibden karbidi boʻlgan.
    Kobalt (Cobaltum), Co - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan.

    Zarafshon vohasi tuproqlarida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning tuproq tarkibidagi og’ir metallarning to’planishi bo’yicha bir qancha ishlar bajarganligi bizga ma’lum.

    Zarafshon vohasidagi sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda batafsil o’rganish bo’yicha olimlardan X.T. Risqiyeva (2005) , O.Fayzullayev (2000), M.K. Abduraximov (2002), S.K.Rasulov (2002), A.Radjabov, B.Bozorovlar (2002) malumotlarida tuproqlar tarkibini ifloslantiruvchi bir qancha kimyoviy zaxarli toksikantlar bilan ifloslanishi aytib o’rganilgan.

    Tuproq tarkibini aniqlash bo’yicha bajarilgan kimyoviy tahlillar tuproqshunoslikda umumqabul qilingan uslublardan foydalanildi.

    2003 yil kuzgi kuzatuvlar natijalariga ko’ra ko’pgina tuproqlardagi qo’rg’oshin, xrom va nikel miqdori chegaraviy ruhsat etilgan miqdorlardan kam bo’lib umuman olganda tuproq biotasi va uni o’rab turgan muhitga zaxarli ta’sir ko’rsatmaydi. (1.3.4-jadval)

    Urgut va Pastdarg’om tumanlari tuproqlarida qo’rg’oshin miqdori 0.5-0.9 mlg / kg atrofida bo’lib elementning tuproq kesimi bo’ylab tarqalishi deyarli bir tekis , bazi hollarda uning miqdorini kesma bo’ylab pastga qarab sezilarsiz kamayishi aniqlangan (kesma 1:6) , bazan uning 100-130 sm li qatlamda to’planishi kuzatiladi (kesma1:2).

    Ishtixon tumani tuproqlari tarkibidagi qo’rg’oshin miqdori boshqa o’rganilgan obektlarga nisbatan yuqoriroq bo’lib 0.5-6.8 mlgr/kg atrofida o’zgaradi. Kuchsiz sho’rlangan, og’ir qumoqli qadimdan sug’oriladigan o’tloq allyuvial tuproqlarda (kesma 25) metallning 55-145 sm li qatlamda to’planishi aniqlangan, uning miqdori 55-80 sm li qatlamda eng yuqori ko’rsatkichga yetadi (6.8 mlgr/kg).

    Shu bilan birga metal ehtimol , tuproqlarning loyli minerallari tomonidan singdirilgan , shu sababli tuproqda uning harakatchan shakllari topilmagan.

    O’rganilgan hududlar tuproqlaridagi xrom miqdori juda kam miqdorlarda uchraydi. Ularning kimyoviy va biologik xossalariga sezilarli ta’sir ko’rsata olmaydi.

    Xromning tuproq kesmasi bo’ylab tarqalish xarakteri qo’rg’oshinning tarqalishiga mos keladi va deyarli bir tekis buladi.



    Sug’orish, oqqava va sizot suvlari tarkibidagi nikel va xromning miqdorini miqdoriy aniqlashning ko’rsatishicha ulardagi metallar miqdor ruhsat yetilgan miqdorlardan bir necha barobar yuqori bo’lib, suv-o’simlik-hayvon-odam trofik zanjiri

    1.3.4-jadval. Tuproqlar tarkibidagi og’ir metallar miqdori, mg/kg (metallga nisbatan hisoblanganda (Karimov H.N., 2010)


    № t.r

    Tuproqlar

    Kesma №

    Chuqurlik,sm

    Harakatchan shakli,mg/kg

    Umumiy shakl, mg/kg




    Pb

    Cb

    Cr Ni

    Pb

    Cd

    Cr

    Ni

    Samarqand viloyat Urgut tumani Ibn Sino nomli xo’jalik



    Namunalar olish muddati 27.07.03 y

    1

    Qadimdan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar, bug’doy




    0,33

    0,02

    Yo’q

    Yo’q 7,1

    0,58

    0,023

    3,9

    22,0

    2

    1

    33,58

    0,01

    Yo’q

    0,1 5,1

    0,51

    0,046

    2,7

    23,5

    3

    58,85

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 2,2

    0,48

    0,325

    3,3

    22,0

    4

    85,130

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 2,3

    0,53

    Yo’q

    2,9

    18,5

    5

    130,-165

    Yo’q

    Yo’q

    0,3 1,8

    0,52

    0,015

    3,1

    17,7

    6

    165,205

    Yo’q

    Yo’q

    3,01, 1,1

    0,49

    0,049

    2,2

    18,2

    7

    20,250

    0,002

    Yo’q

    2,5 20,3

    0,46

    0,183

    2,3

    24,3

    8

    Qadimdan sug’oriladigan o’tloqi,bug’doy

    6

    0-34

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 20,3

    0,77

    0,132

    4,6

    27,7

    9

    34-58

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 9,3

    0,55

    0,087

    4,3

    26,2

    10

    58-90

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 7,1

    0,51

    0,093

    2,1

    24,7

    11

    121-90

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 12,3

    5,2

    0,002

    4,0




    12

    90,121

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 5,9

    0,49

    0,102

    0,7

    23,8

    13

    121-152

    Yo’q

    Yo’q

    3,1 5,3

    0,63

    0,110

    0,3

    28,2

    14

    Yangidan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar beda

    12

    152-176

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 12,8

    0,57

    0482

    1,2

    24,6

    15

    0,37

    Yo’q

    Yo’q

    0,02 9,6

    0,76

    0,277

    3,2

    28,3

    16

    37-70

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 10,3

    0,78

    0,328

    4,1

    27,5

    17

    70-100

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 7,8

    0,99

    0,218

    3,6

    23,6

    18

    100-130

    Yo’q

    Yo’q

    0,1 9,4

    1,25

    0,123

    5,5

    26,0

    19

    Qadimdan sug’oriladigan o’tloq allyuvial, paxta.

    25

    0-30

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 9,2

    0,37

    0,248

    2,3

    25,9

    20

    30-55

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 5,3

    1,23

    0,337

    0,9

    19,0

    21

    55-80

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 1,6

    1,27

    0279

    1,0

    24,5

    22

    80-110

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 17,5

    6,8

    0,436

    1,3

    24,1

    23

    110-145

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q 12,3

    6,5

    0,356

    1,5

    22,6

    bo’ylab harakat qilib , ekologik muvozanatning buzilishiga olib keluvchi kuchli salbiy omil bo’lib xizmat qiladi (1.3.4-jadval)

    Aynan metallarning suvlar tarkibida mavjudligi bilan tuproq kesimidagi nikel va xrom miqdoridagi sezilarli oshishini tushuntirish mumkin. Mintaqa tuproqlarining nisbatan og’ir mexanik tarkibi, ular tarkibida ilsimon fraksiyalarning mavjudligi tuproqlar tomonidan sug’orish suvlari va bug’lanish natijasida sizot suvlari bilan tuproq kesimi bo’ylab harakatlanuvchi metallarni singdirishni kuchayishiga yordam beradi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
    Ehtimol, og’ir metallarni atrof muhit obektlariga va birinchi navbatda yer usti va sizot suvlariga qo’shilishida Zarafshon daryosi suvlari depo vazifasini bajaradi.

    Sug’oriladigan suvlar tarkibidagi nikel miqdori ayrim hollarda 0.02 mlgr /l dan oshadi o’rganilayotgan hudud suvlarida esa bu ko’rsatkich 10 va undan ko’p marta oshadi(Alekseyev Yu.V.,1987).

    Hududning dengiz sathidan mutloq balandligining pasayishi, cho’l mintaqa tuproqlariga o’tishi va sanoat shahri- Navoiyning yaqinligi munosabati bilan , tuproqlardagi og’ir metallar miqdori sezilarli oshadi va tuproqlarni bazi joylarda nikel bilan ifloslanishini va barcha joylardagi tuproqlar kesimining quyi qatlamlarida to’planish tendensiyasi bo’lgan xromning toksik yuqori miqdorlari mavjudligi qayd etilgan.

    Zarafshon daryosi o’rta va quyi oqimi turli geomorfologik mintaqa tuproqlari va suvlaridagi zaharli birikmalarning miqdori, o’rta oqim tuproqlarining og’ir metallar bilan kuchsiz ifloslanganligini, ularning yil mavsumlari bo’yicha yuqori dinamikasi mavjudligini takidlash imkonini beradi.

    Tuproqlarning zaharliligini pasaytirish , o’simliklarni o’rab turgan atrof muhitning ekologik holatini yaxshilash yo’llarini izlash , tuproqlarga har qanday ta’sir minimum qonuniyatiga bo’ysinishi lozim, yani eng kam miqdorda bo’lgan omil yoki elementni to’ldirish kerak degan xulosaga kelish imkonini berdi. Tuproqlarga zaharli kimyoviy birikmalarning va og’ir metallarning zaxarli ta’sirini kamaytirish , shuningdek ularning suvlarga migratsiyasini va trofik zanjirga ko’chishini organik og’it (go’ng) qo’llash yo’li bilan pasaytirish mumkin. Uning me’yori qat’iy belgilangan bo’lishi lozim, chunki organik moddaning yuqori miqdorlari qo’llanilishi pollutantlarning atrof



    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 0,58 Mb.