15
Kontaktsiz usul esa ob’ektning haroratini ma’lum bir masofadan o‘lchash
usuli hisoblanadi. Kontaktsiz usul nurlanuvchi orqali beriladigan va tadqiq
etilayotgan ob’ektdan bir qancha masofadan qabul qilinadigan issiqlik
energiyasini qabul qilishga asoslangan. Bu usul kontakt usulga qaraganda
sezuvchanligi kamroq hisoblanadi. Haroratni o‘lchash muhim darajada
foydalanishdagi darajalashtirish sharoitlarini barpo etish bilan bog‘liq, aks holda
axamiyatga molik xatoliklar paydo bo‘ladi. Haroratni uning biror bir parametrini
o‘zgarishi asosida (hajm, bosim, elektr yurituvchi kuch, qarshilik yoki solishtirma
qarshilik va hokazolar) yoki uzatilayotgan signalni o‘lchashga xizmat qiluvchi
qurilma termometr deb ataladi (GOST 13417-76). Quyida biz ishlab chiqarish
jarayonlarida asosiy qo‘llaniladigan haroratni o‘lchash usullari bilan tanishtiramiz.