12
1) Laboratoriya ishining raqami, nomi;
2) apparaturalar ro‘yhati va uni texnik ma’lumotlari;
3) ishning qisqacha bayoni;
4) biriktirish sxemalari;
5) tajriba va hisoblash ma’lumotlari berilgan jadval (eslatmada esa “doimiy”
asboblar yoziladi);
6) hisoblash olib borilgan formulalar;
7) o‘lchamlari 10x10 sm bo‘lgan 8 ta chizmani egri chiziqlari (chizmalar
millimetrli qog‘ozda yoki masshtablangan to‘rli qog‘ozda bo‘lishi kerak).
Koordinata o‘qlariga o‘lchash birliklari albatta ko‘rsatiladigan kattaliklarni
nomi so‘zlar bilan yoziladi. Chizmalar ostiga qurilgan egri chiziqlarni nomi
beriladi, unda eksperement va hisoblash natijalarida olingan nuqtalar albatta
ko‘rsatiladi.
8) hisobotda o‘quv qo‘llanmadan yoki maxsus adabiyotlardan nazariy
materiallar asosida bayon etilishi lozim.
9) Ish haqida xulosa.
16. Talabani familiyasi, ismi-sharifi, talaba guruhini raqamlari keltirilgan
laboratoriya daftari, laboratoriyaga keyingi tashrifda rahbarga tekshirish uchun
topshiriladi, va talaba navbatdagi ishni bajargandan so‘ng qaytarib beriladi.
17) Avvalgi ishlar haqida hisobot topshirmagan talabalar, keyingi
mashg‘ulotlarni bajarish uchun qo‘yilmaydi; o‘tkazib yuborilgan laboratoriya
mashg‘ulotlari talabalar tomonidan laboratoriya praktikumini o‘tib bo‘lgandan
so‘ng, qo‘shimcha vaqtda bajariladi.
18. Laboratroiyadagi boshqa stendlar oldida bo‘lish, shitlarda qandaydir
yoqib-o‘chirgichlarni ishlatish, rubilnikni yoqish ta’qiqlanadi.
19. Laboratoriyada ustki kiyim-boshda bo‘lish, chekish, qattiq ovozda
so‘zlashish qati’yan ma’n etiladi.
20. Laboratoriyaga kelgan barcha talabalar texnika xavfsizligi qoidalari
bilan tanishishlari va ularni qat’iy bajarishlarga majburdirlar.
21. Qoidani buzgan talabalar laboratoriyadan chiqarib yuboriladi.