40
1908-yili “Yosh turklar” partiyasidan boʻlgan zobitlar qoʻzgʻolon koʻtardi.
Yosh turklar
inqilobi nomini olgan bu inqilobiy voqealar Turkiyada feodalmustabid tuzumni agʻdarib
tashladi va konstitutsiyani tikladi. Shu tariqa 1908yilgi Turkiya inqilobi gʻalaba qozondi.
Bir necha harbiy toʻntarishlardan soʻng 1913yili hokimiyatga “Yosh turklar” parti-
yasining vakillari –
Anvar posho,
Talʼat posho va
Jamol posholardan iborat uchlik
keldi. Ular Birinchi jahon urushi arafasidagi murakkab xalqaro sharoitda Antantaga
zid ravishda Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini olib borishdi. 1914-yil avgustda
oʻta maxfiy holatda Germaniya bilan shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnomaning
imzolanishi Usmoniylar imperiyasi halokatining muhim sabablaridan bir boʻldi.
1876-yili taxtga
Abdulhamid II keldi,
Midhat posho esa bu-
yuk vazir lavozimini egalladi va boʻlgʻusi konstitutsiya loyihasini
tayyorlashga ruxsat oldi. Yosh turklarga
bunday yon berilishi
imperiyaning oʻsha davr lardagi ogʻir ahvolidan kelib chiqqan za-
rurat edi. Sulton Abdulhamid II ham shu sababli konstitutsiyani
qabul qilishga majbur boʻldi.
1876-yil dekabrda qabul qilingan
“Midhat konstitutsiya
si” Turkiyani
konstitutsion monarxiya deb eʼlon qildi. Unda
ikki palatali parlament tuzilishi ham koʻzda tutilgandi. Imperiya-
ning barcha fuqarolari
usmoniylar deb atalib, qonun
oldida teng
hisoblanadi. Bu konstitutsiya oʻzining
barcha kamchiliklariga
qaramasdan, agar hayotga tatbiq qilinganida, oʻsha davrdagi
Turkiya uchun progressiv ahamiyatga ega boʻlishi mumkin edi.